6. Vazifa. Yumshoq dori turilarini biosamaradorligini agar-agar geliga to‘g‘ri diffuziya usuli bilan aniqlash.
5 % salitsil kislotasining surtmasi turli asoslarda tayyorlanadi:
1. Vazelin
2. Vazelin-lanolin (1:1)
3. PGS li emulsion asos
Aniqlanishi: avval 30ml 2% agar-agar geli tayyorlanadi. Buning uchun idishga 0,6 g agar-agar solinib, ustiga xona haroratidagi tozalangan suv quyiladi va 30 daqiqaga bo‘kish uchun qoldiriladi. So‘ng 1-2 daqiqa qaynatib, suv bilan hajmi 30 ml gacha etkaziladi. Sovutilgan agar geliga 1 ml 1% temir (III) xlorid indikatori solinadi, aralashtiriladi va Petri idishi yoki bir xil diametrli probirkalarga iliq xolda quyiladi. So‘ng muzlatgichga 10-15 daqiqaga qo‘yiladi va turli asoslardagi 5% salitsil kislotasi surtmalaridan 2 g dan probirkadagi 2% agar geli ustiga solinadi va 0,5; 1; 2 soat mobaynida salitsil kislotaning diffuziya tezligi millimetrli shkala yordamida bo‘yalgan maydonini o‘lchash yordamida aniqlanadi.
7. Vazifa. Petri idishiga 3-5 mm qalinlikda 2% agar geli quyiladi va sovuganidan keyin bir xil chuqurcha hosil qilib 2 g dan 5% salitsil kislotasining surtmasi solinadi va 0,5, 1, 2 soatdan so‘ng bo‘yalgan maydon hajmi o‘lchanadi. Olingan natija bo‘yicha chizma chiziladi va diffuziya koeffitsenti (K) quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:
U
K = -------- ;
X
Bunda : U - diffuziya chuqurligi mm,
X - diffuziya vaqti,soat,
K - diffuziya koeffitsenti
Ikki xil aniqlash usullari orqali olingan natijalar solishtiriladi.
|