20-rasm. Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini teng muvozanatli dializ
(Kruvchinskiy) usuli bo‘yicha aniqlash
1- dializ muhit quyish uchun shisha idish; 2-termometr; 3-dializ nayi; 4-namunalarni taxlilga olish uchun pipetka; 5- yarimo‘tkazuvchan sellofan membrana
Dializ nayining va muhitining harorati 37±0,5° S, dializ muhitining hajmi esa 25 ml. Kimyoviy shisha idishga dializ muhiti solinib, unga nay 2 mm tushib turadigan qilib joylashtiriladi. Asbob 37±0,5 °S haroratli termostatga qo‘yiladi va har 0,5;1;1,5 soatda 5 ml dializatdan namunalar olinadi. Dializatning hajmi o‘zgarmasligi uchun olingan namunaga teng miqdorda suv quyilib turiladi. Namunaga 10 ml oldindan fenolftalein bo‘yicha neytrallashtirilgan glitserin qo‘shiladi va 0,01 M natriy gidroksid eritmasi bilan pushti rang hosil bo‘lguncha titrlanadi. So‘ng eritmasiga 5 ml neytrallashtirilgan glitserin qo‘shiladi va rangi o‘chib ketsa, titrlash davom etadi.SHu tartibda oxirgi 5 ml glitserin rangini o‘zgartirmaguncha titrlanadi. 1 ml 0,01 M natriy gidroksid 0,0006183 borat kislotasiga teng.
Borat kislotasining konsentratsiyasini hisoblash tenglamasi:
K x T x U1 : 25
S = ------------------------ x 100 %
U2 x a
Bunda :
K - to‘g‘rilash koeffitsenti = 1,04;
T - 0,01M NaOH eritmasi titri borat kislotasi bo‘yicha (0,0006183);
U1 - titrlashga ketgan 0,01M NaOH eritmasining hajmi, ml;
25 - dializatning umumiy hajmi, ml;
U2 - namunaga olingan dializat hajmi, ml;
a - surtmadagi ta’sir etuvchi moddaning miqdori, g.
Olingan natija bo‘yicha chizma chiziladi va asosning dorivor moddani surtmadan ajralib chiqish tezligiga ta’siri o‘rganiladi.
S,%
L t,soat
Borat kislotasini surtmadan ajralib
chiqish kinetikasining chizmasi
|