Yog‘li terining g‘ovaklari kengaygan, yaltiraydi va limon po‘stlog‘ini eslatadi. Infeksiyalar ta’sirida yallig‘lanish, shamollash hodisalari yoki qizarishlar paydo bo‘ladi. Lekin yog‘li terining ijobiy jihatlari ham bor: tarang, elastik bo‘lib turadi, uzoq vaqt ajin tushmaydi. Borgan sari yoshiga qarab yog‘li teri yaxshilanadi.
Yuvinish: kuniga ikki marta sovun bilan yuvish, ertalab sovuqroq, kechqurun esa avval iliq, keyin sovuq suv bilan galma-gal yuvish tavsiya qilinadi.
Sovunli-tuzli yuvinish, uning uchun gubkaga (yoki paxta tampon) sovun surtib, ustidan tuz sepiladi va yuz terisini yo‘llariga ko‘ra artiladi. Qurigandan so‘ng yuvib tashlanadi. Bu esa terini tetiklantiradi, teshiklarini toraytiradi, tuz o‘rniga sepma (bura va soda teng miqdorda) olish mumkin. Losonlardan tog‘ rayhoni 20 g 200 ml suvda yoki aroqda etti kun damlanadi, suziladi, ishlatishdan avval 1:1 suv qo‘shib suyiltiriladi.
|