|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 92/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
Kombinirlangan teri tekis, tiniq, hatto qon tomirlari ham ko‘ringan bo‘lishi mumkin. Bunday teri nam tozalanadi va yaxshi oziqlantiriladi. Demak, terini doim parvarish qilish kerak, uning uchun tozalash, oziqlantirish va himoyalash lozim.
Kislotali teri mantiyasi. Epidermisni yupqa qavat kislotali mantiya qoplaydi, chunki uni rNi 4,2-5,6 ga teng (past). Lekin qo‘ltiq tagida yoki oyoq panjalari orasida rN 7 ga teng, har bir odamda rN har xil bo‘ladi.
Kislotali mantiya — qoldiq moddalar qavati, uning fiziologik funksiyasi yo‘q. Terini griboklar va bakteriyalar bilan zararlanishining oldini oladi, degan fikrlar noto‘g‘ri ekanligi isbotlangan.
Terining pHi. Mug‘uz qavatining pHi suvda eruvchan moddalar bo‘lishiga bog‘liq. Ular: tuzlar, aminokislotalar, karbamid, sut kislotasi va uning natriyli tuzi, pirrolidonkarbon kislota, uglevodlar va polipeptidlar. Ular bufer hosil qiladi va pHni 5 atrofida saqlaydi. Terini kislota va ishqor ta’siridan asraydi.
|
| |