• Quruq teri
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet90/517
    Sana01.07.2021
    Hajmi6,71 Mb.
    #15312
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   517
    Teri turlari

    Teri turlari: normal, quruq, yog‘li va kombinirlangan.



    Normal teri kam uchraydi. Ko‘rinishi yumshoq, elastik, teshiklari (poralari) toza, juda tarang bo‘ladi. Lekin shunday teriga ham parvarish kerak. Har xil haroratni keskin o‘zgarishdan saqlab, uni tozalash va namlash zarur. Eng muhimi to‘g‘ri yuvinish, keyin silab, engil massaj qilib yuvish kerak, terini qon aylanishi va modda almashinuvi kuchayadi — yuvinish uchun yumshoq suv bo‘ladi (40 minut tindirish kerak yoki 1 litr suvga 1-2 choy qoshiq osh sodasi solinadi). Suv juda sovuq yoki o‘ta issiq bo‘lmasligi kerak, kuniga 2 marta iliq suv bilan yuvish kifoya. Sochiq bilan engil suvni shimdirilgandan keyin quyidagi tarkibni paxta tamponi bilan surtib qo‘yish mumkin: jo‘ka gulining 1 osh qoshig‘i 150 ml qaynab turgan suvga solinib, 20 minut damlanadi, suzgandan so‘ng 1-2 choy qoshiq asal qo‘shiladi — yuz terisi tarang, nafis bo‘lib, ortiqcha ko‘chmaydi. Damlamani ikki kun muzlatkichda saqlash mumkin. Bu terini jonlantiruvchi eng yaxshi vosita sanaladi.

    Quruq teri — tekis, nozik, baxmal kabi silliq bo‘ladi. Bunday teriga tashqi muhitning ta’siri tez seziladi. Vaqtli ajin tushadi. Quruq teri yuvilgandan so‘ng tortishadi, tirishadi. Yumshoq suv bo‘lishi kerak — 1 litr suvga 1 choy qoshiq ichimlik soda yoki bura qo‘shiladi yoki suv 10-15 minut qaynatib olinadi.

    Quruq terida teshiklari ko‘rinmaydi, lekin mayda ajinlar ham ko‘zga tashlanadi. Los’on, spirtlar surtilmaydi, chunki terining kislota-ishqor balansi buziladi.




    Download 6,71 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   517




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.