|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
|
bet | 58/125 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #106152 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeKo‘z surtmalari(k.s.)
YUmshoq dori (k.s.), ko‘z kon’yuktiviga qo‘yilganda tekis silliq parda xosil qiladi.Ko‘z surtmasi: qolgan ko‘z dorilariga o‘xshash aseptik sharoitda tayyorlanishi kerak. Ko‘z surtmasiga ishlatiladigan asoslar sterillangan, neytral va ko‘z shilliq pardasida tekis taqsimlanishi lozim.
Dorivor moddalar asoslarga umumiy qo‘llaniladigan qoidalarga ko‘ra kiritilgan. Suvda eriydigan moddalar albatta oldindan sterillangan suvda eritiladi. Suvda erimaytigan yoki eriydigan moddalar /sariq simob oksidi, kseroform, streptotsid va boshqalar/ yordamida suyuqlik bilan oldin mayda poroshokka aylantirib keyin asosga qo‘shiladi.
Vrach tomonidan asos ko‘rsatilgan bo‘lsa bu xolda 10 qism suvsiz lanolin va 90 qism vazelinning qorishmasi ishlatiladi. Vazelin aloxida tozalangan “ko‘z surtmasi uchun”, degan navi bo‘lishi lozim. SHu qorishmani eritib, filtrlab issiq xavo orqali quritkich shkaflarda 1800 S 30-40 min sterillanadi.
KS rivojlanishi yangi asoslarni qo‘llash bilan bog‘liq. Xususan gel xosil qiluvchi. Hozirda ko‘z surtmasini tayyorlashda gidrofil – metilsellyuloza, kollagenli asoslari xam ishlatiladi. 1-5% li oqsil konsentratsiyasiga ega bo‘lgan kollagen eritmasining qovushqoqligi va konsistensiyasi surtma asosi uchun hosdir. Kollagen gidrofob asoslaridan farqli ravishda ko‘zning ichki qavatiga toksik ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun kollagen asosidan tayyorlangan surtmalar operatsiyalardan oldingi va keyingi bosqichlarda qo‘llaniladi. 2% kollagen asosidan sulfapiridazin Na 10% va kortizon 0,1% ko‘z surtmalari olinib, tajribada tekshirilganda, shu narsa tasdiqlanganki farmakopeyadagi ko‘z surtmalari uchun mo‘ljallangan asoslarga qaraganda kollagendan tayyorlangan surtmalarda dori moddani ajralib chiqish tezligi yuqoriroq bo‘ladi.
Kollagenning 2% li suvli gelidan tayyorlangan “Sulfakollag” ko‘z surtmasi- rogovitsani yarali qobig‘ini davolashda ishlatiladi.
Tarkibi: 0,1% gidrokortizon atsetat
10% li Na sulfapiridazin
Xozirda akril kislotaning sopolimeri- karbopol geli asosida qator yallig‘lanishga qarshi ( kortizon, deksametazon), antibiotiklar ( tetratsiklin, xlortetratsiklin) vitamin saqlovchi ( V3,V 6, V12, A, E, D). Undan tashqari zamonaviy jihoz turlari- ichki yuzasi laklangan metal tubalar va polimerlar asosida tayyorlangan jihozlar
Farmakopeyadagi ko‘z surtmalari uchun mo‘ljallangan asoslarga qaraganda bir qator ustinliklarga ega. (Vazelin: Lanolin 9:1) Vazelin gidrolin absorsion asos.
|
| |