• Erimaydigan oftalmologik o‘rnatmalar
  • Rasm.1. Oftalmologik terapevtik sistema Okusert
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 1,8 Mb.
    bet60/125
    Sana27.11.2023
    Hajmi1,8 Mb.
    #106152
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Intraokulyar dorivor pardalar
    Ko‘z pardalarning bir turi bu-intraokulyar davolovchi pardalar (IDP) ular akril kislotaning sopolimerlar asosida tayyorlanadi va ko‘zning oldi kamerasiga xirurgik yo‘l bilan o‘rnatiladi. Ular qator afzaliklarga ega:
    -ta’siri uzaytirilganligi;
    -ko‘z to‘qimalariga yaqinligi;
    -kislorod, uglerod dioksidi, suv o‘tkazuvchanligi, sh.u. fiziologik va almashinuv jarayonlarga to‘siq bo‘lmaydi.
    Oxirgi yillarda ularni tayyorlash uchun 1-20% li kollagen eritmalarini qo‘llash tavsiya etiladi. Kollagen asosida tayyorlangan IDP lar gentamitsin sulfat va trimekain saqlaydi va 10 kun davomida sekin asta eriydi. IDP flakonlarda fiziologik eritmalarda saqlanadi. Ular gamma nurlari bilan sterillangan bo‘ladi va tarkibiga antibiotiklar, pilokarpin kiritilgan bo‘ladi. 2 oydan so‘ng IDPlar so‘rilib ketadi.
    Erimaydigan oftalmologik o‘rnatmalar
    Terapevtik oftalmologik sistemalar

    Oftalmologik terapevtik sistemalar oxirgi yillarda taklif qilingan.


    Ulardan “Okusert-20” va “Okusert-40” ajratish mumkin. Bu sistemalar vinil spirti va etilen sopolimerlari asosida olinadi va tarkibida pilokarpin saqlaydi. 7 kun davomida bir xil tezlikda sistemadan pilokarpin (20 mkg yoki 40 mkg bir soatiga) ko‘z suyuqligiga o‘tadi.
    Bir xaftadan keyin sistemadagi moddaning miqdori tugaydi va uni almashtirish lozim. Okusert sistemalarning tuzilishi rasm 1 keltirilgan.
    Ploщad membranы iz etilenvinilatsetata 5,5x 13 mm, pilokarpin rastvoryon v alginovoy kislote i vыsushen.



    Rasm.1. Oftalmologik terapevtik sistema Okusert
    a - dori moddani ajralib chiqish tezligini nazorat qiluvchi polimer
    membrana;
    b - dori moddani saqlovchi qatlam;
    v – polimer membrana;
    d – sistemani ko‘z shilliq qavatlariga o‘rnatish uchun adgeziv qatlam.


    Gidrofil kontakt linzalar
    Xozirga vaqtda gidrofil kontakt linzalar (GKL) eng rivojlanuvchi KO‘ hisoblanadi.GKL -35 dan 80 % suv saqlovchi sistemalar. Ularning afzalligi- ular ko‘zning refraksion kamchiliklarini korreksiya qilish xamda ko‘rish o‘tkirligini (kobiliyatini) yaxshilash ( uluchshayut ostrotu zreniya) xususiyatga ega. Ularni tayyorlash uchun kross-bog‘langan gidrofil polimerlar qo‘llaniladi. Kross-polimerlarda uzun polimer sepochkalari orasida ichki bog‘lamlar ( mostiki ili kross-linii) mavjud bo‘lganligi uchun bundan kross-liniyali sistemalar erimaydi, ammo suvni absorbsiya qilish xususiyatiga ega.
    Jelatina asosida kosacha shaklida tayyorlangan va dori moddalar saqlagan linzalar yaratilgan. Ularning afzalligi, ta’siri uzaytirilganligi.
    Oftalmologiyada qo‘llaniladigan DT etib o‘tish mumkin- lamellalar va mininslar.
    Lameli- bir martalik kam ishlatiladigan DSH bo‘lib kon’yuktival xaltachaga o‘rnatiladi. Asosan jelatinali oval disklar (diametri 3mm atrofida) ko‘rinishida bo‘ladi va tarkibiga turli DM lar, jelatina asosida tarqalgan xolda, kiritilgan.
    Minimslar- bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan oftalmologik DSH. Ko‘rinishi bo‘yicha –kichik hajmli (4-12 tomchi) polimer materiallardan yasalgan idishcha ( yomkost). Korxona sharoitida tayyorlanadi.
    Nazorat savollari

    1.Ko‘z dori turlarini tasnifi
    2. Ko‘z dori turlarini ta’sirini uzaytirish yo‘llari
    3. Zamonaviy ko‘z dori turlari: Okusert, PDP, linzalar
    4. Ko‘z dori turlarini zamonaviy jihoz turlari




    Download 1,8 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 1,8 Mb.