|
Dori moddani qayta kristallab tozalash
|
bet | 63/125 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #106152 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeDori moddani qayta kristallab tozalash. Bu usulni “In’eksiya uchun yaroqli” talabiga javob bermaydigan (aminlar, ammoniy tuzlari, paraform kabi qo‘shimchalar saqlovchi) geksametilentetramin uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Geksametilentetraminni qayta kristallash quyidagicha olib boriladi: preparatni qaynoq etil spirtida eritib to‘yingan eritma olinadi. Uni filtrlab, so‘ng sovutiladi. Bunda kristall cho‘kma xosil bo‘ladi. CHo‘kmani filtrlab ajratib olinadi va quritiladi. Farmakopeya maqolasi bo‘yicha taxlil qilinib, agar natija ijobiy chiqsa, preparat in’eksion eritma tayyorlash uchun ishlatiladi. Lekin dorixona sharoitida bu jarayonni amalga oshirish qiyin.
Adsorbent qo‘shib qo‘shimchalardan tozalash. Dori preparatini uning tarkibiga kiruvchi qo‘shimchalardan tozalash uchun adsorbsiya usulini ham qo‘llash mumkin. A markali faollashgan ko‘mir adsorbent vazifasini bajaradi. U eritmani nafaqat quyi molekulali moddalardan (kalsiy laktatda kalsiy oksalatdan), balki YUMBlar xususan, pirogen moddalardan ham tozalaydi (glyukoza eritmasida). Bu maqsadda kraxmal kleysteri qo‘shib nam granullash usulida olingan tabletka –karbolenni qo‘llash mutlaqo yaramaydi.
Zamonaviy texnologik usullarni qo‘llash (pokrыtie obolochkami, mikrokapsulirovanie, kapsulirovanie i t.d.)
Poroshoklar (bitta doazali jihozda)
1.Dispers sistemalarni turg‘unlashtirish ( emulsion va suspenzion);
A. Maxsus yordamchi moddalar bilan dori turlarini (dispers sistemalarni) turg‘unligi ta’minlash
Dorilarni dispers sistema sifatida turg‘unligi ta’minlash maqsadida turli stabilizatorlar qo‘llaniladi. Dispers sistemalarning turg‘unligini ta’minlashda asosiy e’tibor geterogen sistemalar( emulsion va suspenzion sistemalar) ga beriladi. Bunga erishish uchun zamonaviy turg‘unlashtiruvchilar qo‘llaniladi. Dori turlarini turg‘unlashtiruvchilarning asosiy guruxlari bu:
sellyuloza xosilalari (MS, natriy KMS);
sorbitan xosilalari( tvinlar va spenlar);
alginatlar va pektinlar;
bentonitlar;
aerosil;
sintetik SFM (PVP, PVS, PAA);
Emulgatorlar ( T-1,T-2, N1 pentol va sh.o‘ );
Fosfolipidlar ( letsitin);
Mumlar ( asalari mumi, spermatset);
Lanolin xosilalari (polioksietillangan lanolin, vodlan )
Osilmalarni turg‘unligini oshirish zamonaviy SFM bilan ta’minlanadi. Ko‘pincha ularning turli kombinatsiyalari ( majmuasi) yaxshi natija beradi ( asosan yuqori sirt faolligi va qovushqoqligi hisobiga. Masalan: 3% norsulfazol suspenziyasini turg‘unlashtirish uchun 3% bentonitning natriyli shaklining geli va 5% MS qo‘llanilgan. 3% sulfadimezin suspenziyasi esa 1% MS xamda tvin-80 bilan turg‘unlashtirilgan. 2% sulfadimetoksin suspenziyasi 2% PVS va 0,02% tvin-80 yordamida turg‘unlashtirilgan.
Emulsiyalarni turg‘unlashtirishda zamonaviy SFM : tvin-80, sellyuloza xosilalari, letsitin, tabiiy fosfatidlar yaxshi natija beradi.
Poroshoklarni saqlashda turg‘unligini oshirish. Eng keng tarqalgan sabab – poroshok qorishmasining namliqib qolishi. Buni oldini olish uchun – har xil vlagoregulyatorlarni qo‘shish. Bulardan eng ko‘p aerosil, quritilgan kraxmal, karbonat magniya, bentonitlardan foydalaniladi.
Masalan: “Antigrippin” poroshogi
Atsetilsalitsil kislotasi 0,25
Dimedrol 0,02
Kalsiy laktat 0,05
Askorbin kislotasi 0,15
5% aerosil qo‘shilsa 2 oygacha uning turg‘unliginita’minlash mumkin
B. Dispers sistemalarni turg‘unlashtirish masalasi faqat yordamchi moddalarni qo‘shish yo‘li bilan emas balki zamonaviy texnologik usullar, asbob-uskunular ishlatish bilan ta’minlanadi.
- “Quruq osilmalar”ni amaliyotga tadbiq etish;
- Emulsiyalar va suspenziyalar olishda zamonaviy dispergatorlar va gomogenizatorlarni qo‘llash.
Ularnifizikaviy-kimyoviyxususiyatlarinie’tiborgaolganxoldajixozlash. Bundabirdozalipaketlargaaloxidae’tiborqaratiladi. (Ayniqsa bolalar amaliyotida).
Yumshoq dori turlarini( surtma va shamchalar) agregativ turg‘unligini ta’minlash uchun
- dispers sistemalarni turg‘unlashtiruvchilar kiritiladi: quyuqlashtiruvchilar va SFM lar
- quruq surtma konsentratlar ( Sinkaskol).
Sinkaskol tabletkalari:
rux oksidi – 0,5; Bentonit – 0,49; Kalsiy stearat – 0,01.
1ta tabletkaga 4ml suv. Jixozlanishi: bankalarga 25 donadan. Saqlanishi 5 yil.
- bentonit, gulxayri ildizi, fitosterin
-bo‘kadi + N2O
|
| |