|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
|
bet | 62/125 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #106152 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeDorilar turg‘unligi
Fizikaviy Kimyoviy Mikrobiologik
Dorilarni turg‘unlashtirishning asosiy prinsipi dorilarni xossalarini o‘zgartiruvchi omillarni maksimal bartaraf etish.
Dori turlarini turg‘unlashtirish –kompleks ( murakkab) muammo bo‘lib, uni echilishi:
1. Dispers sistemalarni turg‘unligini ( asosan emulsion va suspenzion);
2. Dorivor moddani ( kimyoviy birikmalarni) turg‘unligini;
3. Mikrobiologik turg‘unlik masalalarini o‘rganishni talab etadi.
YUqoridagi tasnifdan kelib chiqqan xolda dorilar turg‘unligini ta’minlash masalasini echishda quyidagi usullarni belgilash mumkin:
1. Fizik usulda turg‘unlashtirish
2. Kimyoviy usullar. Maxsus yordamchi moddalarni dori shakliga kiritish ( konservantlar, antioksidantlar).
3. Kompleks usullarda.1
Fizik usulda turg‘unlashtirish- asosiy moxiyati dori turini tashqi muhitning salbiy ia’siridan ximoya qilish. Tasnifi: ( yangi qaynatilgan suvni ishlatish, liofilizatsiya usullarini qo‘llash, suvni uglerod dioksidi yoki inert gazlar bilan to‘yintirish, inert gaz oqimida dori turini germetizatsiyalash, dori moddasini qayta kristallab tozalash, eritmani adsorbent qo‘shib qo‘shimchalardan tozalash, zamonaviy texnologik jarayonlarni qo‘llash, mo‘‘tadil jihoz turini tanlash, stabilizatorlar, emulgatrlar qo‘llash.
- suvsizlantirish;
- yangi qaynatilgan suvni ishlatish;
- erituvchini inert gazlar bilan to‘yintirish;
- dori moddasini qayta kristallab tozalash.
- adsorbent qo‘shib qo‘shimchalardan tozalash.
- zamonaviy texnologik usullarni qo‘llash
- mo‘‘tadil jihoz turini tanlash,
Suvsizlantirish. Korxona sharoitida dorilarni gidrolizini oldini olish yoki sekinlashtirish suvsizlantirish yani suvdan xoli qilish yoki uning miqdorini kamaytirish (minimumgacha). SHu usulda antibiotiklarning, gormonlar, qator vitaminlarning ineksion eritmalari tayyorlanadi. Maksimal suvsizlantirish usuli bilan dorilarni turg‘unligini oshirish mumkin 10 marta va 100 marta va ularni saqlash muddatini oshirish. Masalan, benzipenitsin va oksatetratsiklin eritmalari o‘zini faolligini 1-2 sutka suvsizlantirgan xolda esa yillar davomida (liofilizatsiya usullarini qo‘llash natijasida).
Demak fizik usullarining keng qo‘llaniladigan shakli – suvsizlantirish korxona sharoitida keng ishlatiladi. O‘zining soddaligi (taminlanganligi bo‘yicha), jarayonni aniq kontrol qilish imkoniyati va gidrolitik parchalanish reaksiyalar preparatlarda keng tarqalganligi.
Xuddi shu usul faqat ineksion eritmalar uchun emas, balki boshqa dori shakllarida xam qo‘llaniladi.
Masalan, suyuq peroral dorilarda: quruq miksturalar, gurux suspenziyalar, granulalar (ko‘pincha bolalar amaliyotida). Ular ishlatishdan oldin belgilangan suvda eritiladi.
Sirtka qo‘llaniladigan dori shakllarida (surtma) suvdan xoli qilish ingidirientlarini quritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. SHunga misol sifatida quruq surma konsentratlarini keltirish mumkin.
YAna bir fizikaviy turg‘unlashtirish usuli bu suvsiz erituvchilarni qo‘llash (propilenglikol, PEG, benzil benzoat).
Ko‘pincha ularni ineksion eritmalarda qo‘llash tavsiya etiladi (ayniqsa, antibiotiklar, vitaminlar, gormonlar).
Misol – eritromitsinning PEG dagi steril eritmasi. Qo‘llashdan oldin bu preparat ineksion suvda eritiladi.
Gidrokortizon tuzi uchun xam PEG dagi eritmasi. Ineksiya qilishdan oldin natriy gidrokorbonat eritmasida eritiladi.
Oksidlanish reaksiyalar tezligini pasaytirish dispersion muxitda kisloroddan xoli qilish. Buning uchun oddiy usul – qaynatish yoki borbataj gazlar bilan (Co2, azot). Katta axamiyatga ega engil oksidlovchi moddani turg‘unlashtirishda – gazli ximoya. Moxiyati – dorilar tayyorlanishi inert gazlar oqimida amalga oshiriladi.
|
| |