• KO‘Z O‘RNATMALARI ( VSTAVKI )- Zamonaviy ko‘z dori turlari
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 1,8 Mb.
    bet59/125
    Sana27.11.2023
    Hajmi1,8 Mb.
    #106152
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Ko‘z uchun qattiq dori turlari
    Ularga ko‘z uchun mo‘ljallangan tabletkalar, sepmalar va qalamchalar
    Ko‘z uchun tabletkalar presslash yo‘li bilan olinadi va oldindan ko‘z namlamalari, tomchilarni tayyorlash yoki qovoq ortiga o‘rnatiladi.( kon’yuktival xaltachaga). Ularga asosiy talab- qoldiqsiz erib ketishi.
    Ko‘z uchun sepmalar ko‘zga sepish uchun yuqori disperslik darajasi ega bo‘lgan DM dan tayyorlanadi aseptik sharoitda va sterillanadi.
    Ko‘z uchun qalamchalar ko‘z shilliq qavatlarini kuydirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib,tuzlarni eritib ( plavlenie) maxsus formalarga –qoliplarga quyib qotirish yo‘li bilan olinadi.Ularni yana juvalash usuli bilan xam olish mumkin. DM ni xamirsimon massa bilan aralashtirib qalamchalar juvalanib olinadi.
    Ko‘z DT rivojlanish yo‘llaridan biri bu ko‘z aerozolari va ko‘z o‘rnatmalari.
    Ko‘z spreylarida DM o‘ta maydalangan xolda shilliq qavatlarda yaxshi adsorbsiyalanadi va tez so‘riladi.
    KO‘Z O‘RNATMALARI ( VSTAVKI)- Zamonaviy ko‘z dori turlari
    Ko‘z o‘rnatmalari (KO‘)- kon’yuktival xaltachaga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan steril qattiq yoki yumshoq preparatlar. Ularning shakli va razmerlari maxsus oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallangan va asosiy vazifasi- preparatni kon’yuktivaga ta’sir etish vaqtini cho‘zish. KO‘ asosan bioeruvchan yoki ko‘z to‘qimalari bilan mos keladigan polimerlar asosida olinadi va tarkibida turli virusli, bakterial, allergik va boshq kasalliklarni davolovchi preparatlar saqlashi mumkin.
    KO‘ tasnifi
    -Eruvchan oftalmologik o‘rnatmalar:
    -ko‘z dorivor plyonkalari (KDP);
    -intraokulyar dorivor pardalar;
    - Erimaydigan oftalmologik o‘rnatmalar:
    -terapevtik oftalmologik sistemalar;
    -gidrofil kontakt linzalar
    Eruvchan oftalmologik o‘rnatmalar -ko‘z dorivor plyonkalari (KDP)
    Ko‘zga ishlatiladigan pardalar-Membranulaophtalmisa. Bu gurux o‘rnatmalari eng o‘rganilgan va birinchi yaratilgan. Ularning o‘ziga xosligi-butunlay erib ketishi ko‘z suyuqligida va ularni ko‘zdan olib tashlash zaruriyati bo‘lmaydi. Ular tabiiy polimerlar ( kollagen) yoki sintetik va yarimsintetik polimerlarda tayyorlanadi.
    So‘ngi paytda ko‘zni davolash uchun ishlatiladigan dori - darmonlar soxasida ko‘z pardalarining taklif etilishi bugungi kunda bir yutuq bo‘lib qoldi. Ko‘z shilliq pardalariga yopishtirilib, uzluksiz dorivor moddalarni etkazib turadi. Ko‘z pardalari – bu cho‘ziq gardish shaklidagi plastinkalar bo‘lib kattaligi 9,0x4,5x0,35 mmga teng va o‘rtacha og‘irligi 0,015g.
    Ko‘z tomchilariga qaraganda ko‘z pardalarning afzallik tomonlari: dorivor moddalarning aniq dozalarga bo‘linishi, nazorati bo‘lishi; sekin-asta pardalar erishi natijasida dorivor moddalar uzoq ta’sir etishi. Demak, preparatni tez-tez qabul qilishni xojati yo‘q / sutkada 1-2 marta etarli/ ishlatilishi qulay; dori moddalarning terapevtik konsentratsiyasi ko‘z to‘qimalarini oshirib, lekin xech qanday yallig‘lanishga keltirmasligi, sterilligi va boshqalar. Ko‘z pardalari kon’yuktivaga qo‘yilgandan keyin ko‘z yoshi orqali 10-15 sekund ichida namlanadi va 75-90 minutda sekin erib ta’sir kuchini ko‘rsatadi.
    Ko‘z pardalari tayyorlashda sopolimerlar: akrilamid, vinilpirolidon, kollagen, MS, NaKMS va etilakrilatlar ishlatiladi. Masalan asos sifatida quyidagilar olingan: 60 q akrilamid sopolimeri; 20 q vinilpirrolidon; 20 q etiletakrilat; 50 q plastifikator ( polietilenglikolsuksinat).
    KDP farmatsevtik sanoatda tayyorlanish jarayoni quyidagicha:

    1. Polimer eritmasini olish.

    2. Dorivor moddalarni polimer eritmasida tayyorlash. Avval 10% eritma tayyorlanib, keyin moddalar eritiladi va filtrlanadi.

    3. Ko‘z pardalarini xosil qilish. Polimer masa tekis qatlam qilib aloxida zanglamas, tekis metal yuzalarga qo‘yiladi va 20-400S quritiladi. Qolgan namligi 5-7% gacha bo‘lishi mumkin.

    4. Pardalarning olinishi. Tayyorlangan polimer plastinkasidan maxsus moslama yordamida kerakli razmerdagi pardalar olinadi. Ular keyin quritiladi.

    5. Pardalarni joylash, ularni sterillash. Oxirgi bosqichda ko‘z pardalari polivinilxlorid va ZAR (alyumin folga) dan iborat jixozga joylanadi va radiatsiya yoki gazli sterilizatsiya usuli bilan sterillizatsiya qilinadi.

    Farmatsevtika sanoati atropin sulfati, apilak gidroxlorid, dikain, neomitsin sulfat, sulfapiridazin-natriy, florenal, kanamitsin ko‘z pardalarni ishlab chiqaradi.

    Download 1,8 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 1,8 Mb.