|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
|
bet | 92/125 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #106152 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeInternet saytlari
http://www.provisor.com.ua/archive/2008/N13/pediatr 138.php
2. http://razvitoy.ru/lekarstva-i-deti/
Mavzu: “Geriatriya dori turlari texnologiyasi”
Mavzuni yozishdan maqsad: geriatrik yoshidagi bemorlarga mo‘ljallangan dori turlarini yaratish zaruriyati, ularning texnologiyasini o‘ziga xosligi, geroprotektorlar ta’rifi bilan tanishtirish.
Mavzuning ahamiyati: geriatrik yoshidagi bemorlarga mo‘ljallangan dori turlari, geroprotektorlarga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish.
Mustaqil tayyorlash uchun savollar **
1. Geriatrik yoshidagi bemorlarga mo‘ljallangan dorilarni yaratish zaruriyati
2. Geriatrik yoshidagi bemorlarda dorilar farmakokinetikasining o‘ziga xosligi, asosiy qoidalar
3.Geriatrik dorilarga qo‘yilgan talablar. Geriatriyada dorilarni dozalashda asosiy yondashish
4. Geroprotektorlar ta’rifi, tasnifi, vazifalari
5. Geriatrik dorilarning ta’rifi va tasnifi
6. Geriatrik dori turlari texnologiyasining o‘ziga xos taraflari
** Mustaqil tayyorlash uchun savollar muxokamasi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ““FSMU”-uslubida olib boriladi.
“FSMU”-uslubi texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni xal etish hamda o‘quv jarayonini baxs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya o‘quvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tqazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi.Ushbu texnologiya o‘quvchilarga tarqatilgan oddiy kog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
O‘tkazilish tartibi:
Xar bir o‘quvchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi
F- fikringizni bayon eting
|
| |