|
Harf va son indеkslari bo’yicha ta'mni baholash usuli (I.A. Egorov taklif etgan usul)
|
bet | 140/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeHarf va son indеkslari bo’yicha ta'mni baholash usuli (I.A. Egorov taklif etgan usul). Ta'mni to’g’ri va ob'еktiv ravishda niqoblash maqsadida «Ta'm formulasi» tushunchasi taklif etilgan. Prеparatning asosiy organolеptik ta'm ko’rsatkichlari harf va son indеkslari bilan baholanadi va «Ta'm xaritasi» tuziladi, bu esa tajriba nihoyasida dori vositaning umumiy ta'm formulasini aniqlashga imkon bеradi. Standart eritmalarning ta'mini ta'riflash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin.
Korrigentlar tavsifi
Korrigentlarga quyidagi talablar qo’yiladi:
- dori bilan yaxshi aralashib, ularning t’amini tuzatishi lozim;
- dori va yordamchi moddalarga mos kelishi kerak;
- dorining biologik samaradorligiga va barqarorligiga t’asir ko’rsatmasligi kerak.
Dorilar t’amini tuzatish mexanizmi fiziologik antagonist reseptorlarga t’asir ko’rsatishga asoslangan.
Korrigentlarni tanlsh dori moddaning fizik-kimyoviy xossasi, t’ami, dori turi va biosamaradorliliga bog’liq bo’ladi.
Dorilarni noxush organoleptik xossasini tuzatish maqsadida tibbiyot amaliyotida va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan t’am, hid va rang korrigentlar qo’llaniladi.
Bolalar uchun mo’ljallangan dori vositalarni noxush organoleptik xossasini tuzatish uchun tibbiyot amaliyotida ishlatish uchun ruxsat etilgan ta’m, hid va rang korrigentlari qollash mumkin.
Qiyomlar (Sirupi) qandni suvdagi yoki achib maromiga etgan meva sharbatildagi kontsentrlangan eritmasi (64% gacha), shuningdek ularning dori moddalar eritmasi, tindirma va ekstraktlar bilan aralashmasi bo’lib, quyuq, tiniq va tarkibiga qarab o’ziga hos t’am va hidga ega suyuqliklar. Qo‘llanilishi bo‘yicha qiyomlar ta’m beruvchi va dorivorlarga tasniflanadi
XI-Davlat Farmakopeyasining 2-jildida qiyomlar uchun umumiy maqola keltirilgan.
Qiyomlar bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlarining o‘rnini deyarli hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan tarkibiy komponentlari hisoblanadi. Ularning asosiy ahamiyati – dori moddalarning noxush ta’mini tuzatishdir. Buning uchun odatda qand, invert, qand-patoka qiyomlari qo‘llaniladi.
Qo‘llanilishi bo‘yicha qiyomlar ta’m beruvchi va dorivorlarga tasniflanadi. Ta’m qiyomlari faqat asosiy dori moddalarni ta’mini tuzatish maqsadida qo‘llaniladi. Bularga misol sitfatida qand qiyomini hamda meva va rezavor mevali qiyomlarni keltirish mumkin. Qiyomlar ta’m korrigentlari sifatida bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari tarkibida qo‘llanilishi bilan birga tabletka, granulalar va boshqa dori turlarni olishda bog‘lovchi modda sifatida ham ishlatiladi.
Korrigentlar sifatida - qand, olcha, limon, malina, qorag’at, gulhayri, noranja (pomeranets) va boshqa qiyomlar qollaniladi. Ularning tarkibida qand, organic kislotalar, meva efir moylari bo’lib asosan achchiq t’amni tuzatish uchun qo’llaniladi.
Dorivor qiyomlar – bu gulhayri ildizi, chuchukmiya, rovoch va b. dorivor qiyomlar noxush ta’mni tuzatishda deyarli yuqori potensialga ega emaslar (gulhayri ildizi va olma qiyomlari), chuchukmiya ildizi qiyomi esa achchiq ta’mni tuzata olsada, o‘zi noxush ta’mga ega.
Eng yuqori ta’m tuzatish potensialga malina, olcha va kakao qiyomlari ega. Ayniqsa malina va olcha qiyomlar tarkibiga kislota qo‘shilishi, ularning potensialini yanada oshiradi.
Efir moylari (Olea aetherea) – bu xushboy moddalar aralashmasi bo‘lib, ular turli sinflarga mansub organik birikmalardan tashkil topgan bo‘ladi, ko‘p hollarda terpenoidlar, ayrim hollarda aromatik va alifatik birikmalar
Ularning tarkibiga efir moylarini saqlovchi o‘simliklar (yalpiz, arpabodiyon, limon, apelsin va b.) dan ajratib olingan va o‘ziga hos hidga ega xushbo’y va xushbo’y bo‘lmagan birikmalar kiradi.
Xushbo’y moddalar qadim zamonlardan beri o‘ziga e’tibor qaratgan. O‘rta asrlarda xushbo’y moddalar texnologiyalari shiddat bilan rivojlangan bo‘lib, masalan, XVI asr boshida rozmarin, lavanda, mavrak, igir, sano muattar hid taratuvchi o‘simliklardan xushbo’y moddalar ajratib olingan.
Bugungi kunda efir moylari oziq-ovqat, parfyumeriya, kosmetika hamda farmatsevtika sanoatida ham ta’m va hid korrigentlari sifatida keng qo‘llanilmoqda.
Sulfadimezin 3% suspenziyasi misolida quruq suspenziyalarni efir moylari va qand yordamida ta’mini tuzatish imkoniyatlaroi o‘rganilgan (3-jadval). Bunda qand miqdori suspenziyada 15% tashkil etgan. Efir moylari esa 15 g qandga 2 tomchidan qo‘shilgan va yaxshilab aralashtirilgan. Quruq suspenziyani ta’mini aniqlash uchun ustiga ma’lum hajmgancha tozalangan suv solingan, aralashtirilgan va asosiy ta’mning son indekslari aniqlangan (A.S. Tensova usuli). 3-jadvalda keltirilishicha, apelsin va arpabodiyon efir moylari eng maqsadga muvofiq ta’mni tuzatuvchi efir moylari ekanligi aniqlangan.
|
| |