• Tayyorlanishi bo’yicha dorivor qiyomlar
  • Tarkibi: Toshcho’p suyuq ekstrakti – 12 qism Qand qiyomi - 82 qism Kaliy (natriy) bromat - 1 qism Etil spirit 80% - 5 qism Texnologiyasi
  • TOPSHIRIQLAR A
  • Olcha (malina) qiyomi texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet148/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Olcha (malina) qiyomi texnologiyasi:
    Tarkibi:
    Qand qiyomi – 94,0
    Olcha (malina) ekstrakti - 4,0
    Etil spirti - 2,0
    Texnologiyasi: chinni kosachaga 33,8 (36 qism) tozalangan suv solinadi va 60-700 C gacha isitiladi, qaynoq suvga 60,2 (64 qism) qand solinadi va aralashtiriladi. Qand eriganidan so’ng eritma ikki marta qaynatiladi (25 daqiqadan ko’p emas), bunda hosil bo’lgan ko’pik olib tashlanadi. Ko’pik hosil bo’lishi to’xtashi qiyom tayor bo’lishidan dalolat beradi.
    Chinni kosachaga 94,0 qand qiyomi solinadi va ustiga 4,0 olcha (malina) ekstrakti solinib, aralashtiriladi. Qiyom issiq holda bo’z matosidan suzib o’tkaziladi. So’ng sovigan qiyomga 2,0 g 90% etil spirti qo’shib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan tiniq rangli qiyomning sifati baholanadi va jihozlanadi.
    Tayyorlanishi bo’yicha dorivor qiyomlar:

    • dori moddani (tindirma, ekstrakt) tayor qand qiyomi tarkibiga q’oshish;

    • dori moddaning suvli eritmasi, quritilgan va Yangi yig’ilgan o’simlik xom ashyosidan olingan ajratma hamda shiralarga qand qo’shib tayorlanadigan qiyomlar.

    Masalan, Pertussin (Pertussinum) texnologiyasi:
    Tarkibi:
    Toshcho’p suyuq ekstrakti – 12 qism
    Qand qiyomi - 82 qism
    Kaliy (natriy) bromat - 1 qism
    Etil spirit 80% - 5 qism
    Texnologiyasi: chinni kosachada 60-700 C haroratdagi 0,36 qism tozalangan suvda 0,64 qism qand eritiladi, qiyom 2 marta qaynab chiqqanidan so’ng (25 daqiqadan oshmasligi kerak), hosil bo’lgan ko’pik olib tashlanadi. Ko’pik hosil bo’lish tugashi, uni tayor bo’lganligini bildiradi. Qiyom soviganidan keyin tortiladi va ustiga kaliy bromid, toshcho’p suyuq ekstrakti va 80% etil spiriti qo’shiladi, 10-15 daqiqa aralashtiriladi va 24 soatga qoldiriladi. Qiyom bo’z matosidan suzib olinadi va standartlanadi.
    TOPSHIRIQLAR
    A. Quyida kеltirilgan bolalar uchun mo’ljallangan rеtsеptlarni va ularni tеxnologiyasini kundalik daftariga qayd eting.
    1. Rp: Extracti Glycyrrhizae spissi 4,0
    Sirupi simplicis 86,0
    Spiritus aethylici 10,0
    M.D.S. Bir dеsеrt qoshiqdan kuniga 3-4 mahal (10 yoshli bolaga).
    2. Rp: Solutionis Protargoli 1% - 10,0
    M.D.S. Burun tomchilari (3 yoshli bolaga).
    36. Rp: Phenylii salicylatis 1,0
    Aquae Menthae 50,0
    M.D.S. Bir choy qoshiqdan kuniga 3 mahal (10 yoshli bolaga).
    Taklif etilgan tarkiblarni tayyorlash uchun dori va yordamchi moddalar miqdorini asoslab bеring. Bеrilgan dorilar dozasini “Dozis-faktor” koeffitsienti yoki 1-ilovada kеltirilgan usullardan biri yordamida hisoblang. Tеxnologik jarayon tasvirini ta'riflang.
    Nohush ta'mni tuzatish uchun korrigеntlar qo’shilgan tarkiblarni “Harf va son indеkslari” usuli bo’yicha baholang. Tayyorlangan dorilarni sifatini baholash, jihozlash, saqlash kabi masalalarga ahamiyat bеring.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Olcha (malina) qiyomi texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.