|
Veterinar dori turlari texnologiyasi
|
bet | 70/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeVeterinar dori turlari texnologiyasi
Veterinariyada ishlatiladigan dori turlarini tayyorlash texnologiyasida quyidagi o‘ziga xos qoidalar bajariladi:
Sirtga ishlatiladigan dori turlariga masalan, sepmalarga, ularni mol yalab qo‘ymasligi uchun, ta’mi va xidi yoqimsiz bo‘lgan moddalar qo‘shiladi. (aloe);
Ichki qo‘llaniladigan dori turlari ko‘pincha korrigentlar qo‘shib tayyorlanadi, undan tashqari, hayvonni sevimli ozuqasi aralashtiriladi.
Yig‘malar. Umumiy qoidalar bo‘yicha tayyorlanadi. Uy hayvonlarga sirtga va ichga ichish uchun qo‘llaniladi (sirtga yuvish, isitish, vannalarga; ichga –surgi, peshob xaydash uchun va boshq.). Yig‘malardan suvli ajratmalar tayyorlanadi, non, suv yoki ovqat bilan beriladi.
Rp: Species pectoralis 30,0
D.S.Choy damlanib, 1 osh qoshiqdan 1 stakan suv bilan itga beriladi.
Rp: Semini Lini
Aquae purificatae ana 100,0 ml
Misce ut fiat Cataplasma
D.S. Issiq holatda qo‘y terisiga qo‘yiladi.
Poroshoklar. Barcha hayvonlarga korrigentlar qo‘shib beriladi. Texnologiyasi umumiy qoidalar bo‘yicha, o‘ziga xosligi dorivor moddalar ko‘p miqdorda ishlatiladi.
Veterinar dorixonalarda ham dozaga bo‘lingan va bo‘linmagan poroshoklar qo‘llaniladi, jelatin kapsulalar ham ishlatiladi. Ayrim vaqtda sepmalarga rang beruvchi moddalar qo‘shiladi.
Rp: Fructus Juniperi pulveratis 15,0
Natrii chloridi 120,0
Kalii nitratis 30,0
Misce fiat pulvis
D.S. 1 osh qoshiqdan 3-4 marta kuniga otning ovqatiga solib beriladi.
Eritmalar. Eritmalar chin va kolloid bo‘lishi mumkin. Texnologiyasi umumiy qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Vodoprovod yoki quduq suvi olinadi.
Suspenziya va emulsiyalar:
Veterinar osilmalarda kuchli ta’sir etuvchi dorivor moddalar, o‘simlik xom ashyo poroshok dorivor moddalar yozilishi mumkin. Urug‘dan tayyorlangan emulsiyalarda ko‘knori, zig‘ir va nasha urug‘lari uchraydi. Yog‘li emulsiyalarga jelatoza, kamedlar va tuxum sarig‘i solinadi.
Rp: Olei Ricini 400,0
Gelatosae 200,0
Aq. Purif. 200,0 ml
M.f. emulsum
D.S. ichga ot uchun.
|
| |