• Linimentlar.
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet71/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Damlama va qaynatmalar. X1 DF bo‘yicha tayyorlanadi. Lekin katta vaznli mollarga tayyorlanganda dorixonadan yozilgan dorivor o‘simlik xom ashyolar berilib, suvli ajratmalar uy sharoitida tayyorlanadi. O‘simlik xom ashyoni usti yaxshi yopiladigan idishga solib, kerakli miqdorda qaynoq suv solinadi, idish qog‘ozga o‘raladi, ustidan sherst yoki paxta ko‘rpa bilan o‘rab 20-30 daqiqaga qoldiriladi. Keyin sovitilib, ikki qavat doka orqali suziladi.
    Tayyor damlamani hayvonga zond orqali, butilkadan yoki ovqatga solib beriladi.
    Linimentlar. Yumshoq dori turlaridan linimentlar ham uchrab turadi.
    Linimentlar moyli, lanolinli, sovunli bo‘ladi. Ko‘p qo‘llaniladiganlari:

    1. Uchuvchan liniment (novshadil spirti-1 q., kungaboqar moyi-3 q)

    2. Murakkab uchuvchan liniment (kamfora moyi-3 q., kanakunjut moyi-1 q., novshadil spirti-1 q.)
    3. Sovunli kamfora-uchuvchan liniment (meditsina sovuni-40 q.,spirt 420q., kamfora-10q., limon moyi-2 q., rozmarin-2q., tmin moyi-1q., novshadil spirti-25 q.)
    Sovun-spirtli liniment (shpan qo‘ng‘izi kukuni-1 q., skipidar-20q., kamfora spirti-80 q., sovunli spirt-208q., novshadil spirti-12 q.)
    Veterinariya amaliyotida linimentlar ko‘pincha baliq moyida ishlatiladi, chunki baliq moyi yaxshi so‘riladi, terini yumshatadi va tarkibida vitaminlari ko‘p bo‘lib, yaxshi terapevtik samara beradi.
    Rp: Ammonii caustici 25 ml
    Olei Terebinthinae 25,0
    Olei Jecoris aselli 50,0
    M.f. linimentum
    S.S. Otga, sirtga ishlatish uchun og‘riq qoldiruvchi.
    Vishnevskiy linimenti ham ishlatiladi. (tarkibida kseroform va qora moy 3,0 dan, baliq moyi yoki kanakunjut moyi 100,0 gacha)
    Surtmalar 2-5 kunga mo‘ljallangan bo‘ladi, shuning uchun 30.0-100.0g yoziladi, ko‘z surtmalari 5,0-10,0 g va qo‘tirga qarshi surtma 500,0g, oxirgi vaqtda rektal surtmalari uchraydi.
    Rektal dori turlari keng qo‘llanilmaydi, lekin klizma, shamchalar ancha ishlatishda qulaylik tug‘diradi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.