|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 82/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeIFP ni hosil bo‘lish mexanizmi
Fermentlarni va boshqa oqsil moddalarni immobillanishi polimer matritsa va ferment orasida kovalent bog‘lamlar paydo bo‘lishiga asoslangan. Bunda polimerning makromolekulasi (zanjirsimon tuzilishiga ega bo‘lganligi uchun) fermentning molekulasini, 6 - 10 kovalent bog‘lamlar sodir bo‘lish natijasida, qoplaydi. Oqibatda fermentlarning ta’siri uzaytiriladi, turg‘unligi oshadi, va allergik reaksiyalari kamayadi.
Immobillangan preparatlarni onkologiya sohasida qo‘llash ham katta imkoniyatlar ochib beradi. Chunki ximioterapiyaning asosiy muammosi - bu preparatlarni ta’siri qisqa vaqt davomida namoyon bo‘lishi. SHuni hisobga olgan holda sitostatik moddalarning ta’sirini uzaytirish bu muhim masala.
Bu borada ularni immobillangan ya’ni turli polimerlarga ulangan shakllarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, aurantin preparatini PVP bilan immobillangan turi bir-necha kun mobaynida (6 sutka) preparatni qondagi miqdorini ta’minlaydi.
Respublikamizda Onkologiya va Kimyo texnologiya nstitutlari hamkorligida qator sitostatik preparatlarni ta’sirini uzaytirishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular, keng qo‘llaniladigan sitostatik preparat- sarkolizinni ta’sirini uzaytirish maqsadida suvda eruvchan atsetilsellyuloza (VRATS) ning strukturasiga immobillashgan.
Sarkolizin VRATS ga aldegid guruhlari orqali biriktirilgan (yod kislotasi yordamida). Natijada immobillangan sarkolizinning sitostatik ta’siri 14 - 15 sutkaga cho‘zilishi aniqlandi.
Fermentlarni immobillash uchun ularni har-xil sun’iy hujayralarga kiritish usuli ham ishlatiladi. Masalan, mikrokapsulalarga kiritilgan katalaza, ureaza, asparaginaza fermentlarning ta’sir etish vaqtini ancha uzaytirilganligi aniqlandi.
Oxirgi yillarda fermentlarni liposomalarga kiritish imkoniyati o‘rganilgan. Liposomalarga immobillangan fermentlarni muhit ta’siriga sezgirligi ancha kam bo‘ladi. Undan tashqari, antigen va allergik reaksiyalar darajasi kamayadi.
Hozirgi paytda glyukozooksidaza, betta-galaktozidaza, peroksidaza, sitro-xromoksidaza va boshqa fermentlarni liposomalarga immobillangan turlari yaratilgan.
|
| |