|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 80/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeDermatologik polimer pardalar
Dermatologik polimer paradalar mahalliy ta’sirga ega bo‘lib, turli teri kasalliklarni: yaralar, yallig‘lanishlar, kuygan terini davolashga mo‘l-jallangan.
Misol sifatida tarkibida chakanda moyini saqlovchi kollagen asosida tayyorlangan "Oblekol" pardasini keltirish mumkin. “Oblekol” polimer pardasining katta kichikligi 5 x 5 sm yoki 10 x 10 sm ega bo‘lib, yara ustiga yopishritirilganda o‘zidan yara sathiga sekin-asta bir xil miqdorda ta’sir etuvchi moddani ajratib turadi. Undan tashqari, yarani mikroblardan ham himoya qiladi.
Kollagen bu tabiiy polimer bo‘lgaligi uchun, 2-3 kundan so‘ng o‘zi teri fermentlari bilab parchalanadi.
Umumiy ta’sirga ega bo‘lgan polimer pardalar
Hozirgi vaqtda anabizin gidroxlorid va sitizinli polimer pardalar ishlab chiqarilgan, papiros chekishni tashlash jarayonini engillashtirish maqsadida. Ular, shakli bo‘yicha tuxumsimon, katta-kichikligi 9 x 4,5 x 0,5 mm li plastinka bo‘lib, og‘iz shilliq qavatiga yopishtirib qo‘yiladi.
Stenokardiyani davolashga mo‘ljallangan trinitrolong va dinitrosor-bilong polimer pardalari ishlab chiqilgan. Ular og‘iz bo‘shlig‘iga yopish-tiriladi va tarkibida nitroglitserin va izosorbid dinitratni saqlab, 5-6 soat davomida o‘z ta’sirini qo‘rsatadi. Pardalarning katta kichikli-9x4,5x0,5 mm.
Testosteron gormonini saqlovchi polimer pardalar olingan ularning razmerlari 76x26x3mm, ta’sir etish vaqti - 7 sutka.
Polimer dorivor pardalar texnologiyasi
Polimer dorivor pardalar texnologiyasi quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
parda hosil qiluvchi moddaning ( polimerni) eritmasini tayyorlash;
dori moddaning eritmasini tayyorlash va polimer eritmasiga qo‘shish;
aralashmani gomogenlashtirish;
hosil bo‘lgan polimer massani tekis yuzaga quyish;
mo‘‘tadil namlikgacha quritish;
pardalarni shakllantirish;
jihozlash;
sterillash ( ko‘z pardalarini)
|
| |