|
Mahalliy kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan immobillangan preparatlar
|
bet | 83/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeMahalliy kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan immobillangan preparatlar
Ayrim mahalliy kasalliklarni davolashda IFP zararlangan to‘qima yoki a’zolarni yoniga o‘rnatiladi va uzoq vaqt davomida fermentlar davolovchi ta’sirini ko‘rsatadi.
Ta’siri yo‘naltirilgan IF yaratishda ham polimerli yordamchi moddalar qo‘llaniladi: poliakrilamid (PAA), etilsellyuloza (ES), sefadeks, triatsetat sellyuloza, nitrotsellyuloza, neylon, ftoroplast, PVS, PVP).
Shu turdagi IF, asosan turli shakllarda yaratiladi:granula, tabletka, plyonka, tolasimon. Ular tananing kerakli joyiga o‘rnatiladi yoki implantatsiya kilinadi. Polimer tarkibidagi ferment asta sekin uzoq vaqt davomida kerakli tezlikda ajralib, o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi.
Hozirgi vaqtda, organizmda so‘rilib ketadigan ferment saqlovchi polimer preparatlarni kateter yordamida mushaklarga kiritib, shu erda ferment-larning yuqori mahalliy konsentratsiyasini hosil qilish maqsadga muvofiqdir.
Dori moddaning ajralib chiqish tezligi uning molekulyar massasiga, polimerning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Yo‘naltirilgan immobillangan fermentlarning afzallik tomoni- ular tashqi fiziologik muhitdan himoya qilingan bo‘ladi va o‘rnatilgan joydan belgilangan miqdorda ajralib o‘zini ta’sirini ko‘rsatadi. SHuni hisobiga, davolovchi dozani kamaytirish imkoniyati tbo‘ladi.
Tripsin, lizotsim, katalazalarning immobillangan turlarini granula yoki tabletka shaklida olishda, ularning har xil polimerlar bilan aralashmalari qo‘llaniladi. Polimer tashuvchi sifatida: sefadeks, triatsetat sellyuloza, nitrotsellyuloza, etilsellyuloza, sellyuloza, PAA, neylon o‘rganildi.
Shu polimerlarga ferment kovalent bog‘lar orqali bog‘langan bo‘lib, eritilganda eritmaga polimerning bitta zarrachasi bilan birgalikda o‘tadi. Bu holatda uning turg‘unligi oshadi va salbiy ta’sirlari ancha kam bo‘ladi.
Ftoroplast (suvda erimaydigan) yoki PVP (suvda eriydigan) asosida immobillangan proteolitik fermentlar yaratilgan. Ular har xil yiringlagan yaralarni davolash uchun tavsiya etiladi va plyonka (pardalar) shaklida olinadi.
Fermentlar diffuziya yoki pardani erish oqibatida ajralib o‘zini davolovchi faoliyatini namoyon etadi. Shu turdagi immobillangan ferment-larni samaradorligi yuqori bo‘lishi kuzatildi. Yaralarning 3 - 4 marta tozalanishi tezlashadi va davolash kursiga sarflanadigan ferment miqdorini 20 martagacha kamaytirish imkoniyati bo‘ldi (ta’siri uzaytirilganligi va yo‘naltirilganligi hisobiga).
.
|
| |