• 1. Oddiy evtektik turdagi QDSlar
  • 2. Qattiq molekular eritmalar (KME)
  • Shishasimon eritmalar.
  • Qattiq dispers sistemalarni tasnifi




    Download 6,71 Mb.
    bet85/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Qattiq dispers sistemalarni tasnifi
    QDSlar tabiati (tuzilishi) bo‘yicha quyidagi guruhlarga tasniflanadi:
    1. Oddiy evtektik aralashmalar;
    2. Qattiq molekulyar eritmalar;
    3. Shishasimon eritmalar;
    4.Yuqorida keltirilgan sistemalarning har xil kombinatsiyalari
    1. Oddiy evtektik turdagi QDSlar 2 ta yoki undan ko‘proq (dori modda va matritsa hosil qiluvchi asos) bir biri bilan aralashib gomogen sistemani hosil qiluvchi komponentlardan iborat.
    Bu turdagi QDS, tabiati bo‘yicha, dorivor modda va polimer moddaning evtektik aralashmalari hisoblanadi. Suyuq evtektik aralashmani keskin sovutish natijasida qotishma hosil bo‘ladi va dori moddalarning zarrachalari yoki molekulalari shu qotgan sistemada bir tekisda tarqalgan bo‘ladi.
    2. Qattiq molekular eritmalar (KME)-bu matritsa polimerdagi dori moddalarni qattiq eritmasi. Shu sistemalarda dori moddalar molekulyar holatda bo‘lib, polimer matritsa tashkil qiluvchi moddalarni molekulalari bilan Vander-Vaals yoki vodorod bog‘liq orqali bog‘langan bo‘ladi. Shuning uchun dori moddalarni molekulalari bir biri bilan birikib ketish imkoniyati bo‘lmaydi. Natijada molekulalar holatigacha disperslangan dori moddalarni erish va keyinchalik so‘rilish tezligi ham yuqori bo‘ladi. Bunga qo‘shimcha polimerli matritsaning solyubillovchi xususiyatlari yordam beradi.
    Masalan, levomitsetinning QDS tarkibidagi antimikrob ta’siri yuqori bo‘lishi aniqlangan, prostaglandinlar E fraksiyasining QDS-lardan erish tezligi 200 marta oshgan.

    1. Shishasimon eritmalar. Bu turdagi QDS larni hosil qilish uchun poligidroksil guruhlarga ega bo‘lgan moddalar qo‘llaniladi: fruktoza, saxaroza, glyukoza, sorbitol. Bu moddalar isitilganda yumshab, suyuq holatga o‘tish xususiyatga ega. Lekin haroratning keng intervallarida aniq erib ketish nuqtasi bo‘lmaydi va sovuganda ular qattiq shishasimon strukturalarni hosil qiladi. Shuning uchun ularni QDS hosil qilish uchun ishlatish tavsiya etilgan. Dori modda va yuqorida etib o‘tilgan matritsa hosil qiluvchi yordamchi moddalar birgalikda aralashtirilib isitilsa, suyuq gomogen sistema paydo bo‘ladi. Sovutilganda bu sistemalar qotib, shishasimon QDS hosil qiladi. Bunda dori moddaning molekulalari va polimerning molekulalari orasida bog‘lamlar turi har xil bo‘lishi mumkin.

    Misol sifatida, sorbitol va mannitoldan iborat bo‘lgan matritsalarda yaratilgan prednizolon va gidrokortizonlarning QDS keltirish mumkin.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qattiq dispers sistemalarni tasnifi

    Download 6,71 Mb.