• 2. Eritish usulini Tachibana taklif etgan.
  • 3. 3-nchi usul murakkab /kombinatsion usul/
  • Terapevtik dorivor sistemalar Transdermal terapevtik sistemalar.
  • TTS modellari
  • Qattiq dispers sistemalarni olish usullari




    Download 6,71 Mb.
    bet86/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Qattiq dispers sistemalarni olish usullari
    Hozirda QDS larni tayyorlash uchun quyidagi usullar taklif etilgan:
    -qotishma hosil qilish usuli;
    -eritish usuli;
    -ikkala usulning har xil kombinatsiyalari
    1. Qotishma hosil qilish usuli bilan QDS-ni olish:
    Buning uchun dori moddalar va polimer aralashmasi suv hammomida erib ketguncha qizdiriladi va shu eritilgan aralashma yupqa qavat qilib sovutilgan yuzaga qo‘yiladi. Bunda polimerda tarqalgan /eritilgan/ dorivor moddalar molekulalari matritsani, qotish natijasida, tarqaladi, ya’ni tayyorlangan dori moddalarni qattiq matritsadagi eritmasi hosil bo‘ladi.
    Qotgan massa maydalab, elab, jihozlanadi. Matritsa sifatida PEG, suksin kislota, mannitol, sorbitol, mochevina qo‘llaniladi. Usulning kamchilik tomoni eritish jarayonida yuqori harorat natijasida moddalar parchalanish mumkin.
    2. Eritish usulini Tachibana taklif etgan.
    Shu usul bilan QDS larni olish uchun dori moddalar va polimer organik erituvchilarda alohida eritiladi. Hosil bo‘lgan dori moddalarning eritmasiga polimerning shu erituvchidagi eritmasi qo‘shiladi, aralash-tirilgandan so‘ng erituvchi bug‘lantiriladi. Hosil bo‘lgan polimerdagi dori moddalarning qattiq eritmasi quritilib (kerakli namlikgacha) maydalanib, elanadi.
    Polimerlar sifatida PVP, dezoksixol kislota, xolesterol kabi polimerlar qo‘llanadi. Erituvchi sifatida esa spirt, xloroform ishlatiladi.
    3. 3-nchi usul murakkab /kombinatsion usul/Chiou tomonidan taklif etilgan.
    Usulning mohiyati: dori modda kerakli erituvchida eritiladi /konsentratsiyasi 10% dan oshmasligi lozim/ va shu hosil bo‘lgan eritma eritilgan matritsa-polimerga ( masalan PEG) bug‘lantirmasdan kiritiladi va sistema tezda sovutiladi.
    Terapevtik dorivor sistemalar
    Transdermal terapevtik sistemalar. Ma’lumki, dori modda teri orqali yuborilib sistemalik davolash usullari bor, ular plastirga o‘xshash transdermal terapevtik sistemalar (TTS) amalga oshiriladi.
    TTS - terapevtik sistemalarning bir turi bo‘lib, ta’sir etuvchi moddaning oldindan organizmda belgilangan tezlikda so‘rilishini ta’minlovchi dori turi va ma’lum an’anaviy dorilar (tabletkalar) dan farq qiladi.
    Agar tinktura qabul qilinsa dori moddaninng konsentratsiyasi qonda bir baland bir past bo‘lib, bemorning holiga befarq emas.
    TTS orqali bir tekis tezlikda muntazam ravishda dori moddani so‘rilishini ta’minlash mumkin. TTS - bu diffuzion transdermal (teri orqali) terapevtik sistema bo‘lib, vaqti, tezligi, yuboriladigan joyini oldindan belgilash mumkin. Ikkinchi tomondan, teri orqali yuborilgani uchun oshqozon ichakdan dori modda o‘tmaydi, demak parchalanmaydi. Shu bilan birga, in’eksiya dorini kamchiliklari ham bu erda yuq.
    TTS dorilarini ishlatilishi 1975 yildan boshlangan va yuqorida aytilgan kamchiliklar bartaraf qilingan.
    TTS larni asosiy qismi rezervuar yoki dori modda saqlovchi matritsa. Asosan TTS lar bir nechaqavatlardan iborat bo‘ladi.
    TTS modellari
    Eng sodda TTSlar quyidagi komponentlardan iborat bo‘ladi.
    • Asosiy membrana, atrof muxitiga dorini ajratadi va tashqaridan namlikni o‘tkazadi.
    • Preparatni erishi, ajralishi va saqlanishi uchun dorivor rezervuar.
    • Dorini optimal ajralish tezligini ta’minlovchi membrana.
    • Elim, bosilganda yopishuvchi, teriga bog‘laydi.
    • Tizimni saqlash uchun himoya pardasi.




    Download 6,71 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qattiq dispers sistemalarni olish usullari

    Download 6,71 Mb.