|
Rasm 3. Durula turdagi tabletkalar tuzilishi
|
bet | 77/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeRasm 3. Durula turdagi tabletkalar tuzilishi
Ta’sir etuvchi modda (6- rasmda qora rangda) g‘ovakli tizimdan me’da ichak shiralariga diffuziyalanadi. Ko‘pincha, bunday tabletkalar oshqozon- ichak yo‘llaridan maydalanmay, ya’ni erimay but butunligicha o‘tadi.
Lontab turdagi tabletkalar. Bu kompleksli tabletkalar bo‘lib, qobiq va yadrodan iborat. Tashqi qobiqda ta’sir etuvchi moddaning birlamchi miqdori saqlanib, tabletka qabul qilingandan so‘ng bir necha daqiqada oshqozonda eriy-di va tanada dori moddaning davolovchi konsentratsiyasini hosil qiladi.
Tabletkaning yadrosi esa durula turida, ya’ni karkaslidir, va dori moddaning keyingi 2-chi va 3-chi dozalarni saqlaydi. Lontab turidagi tabletkalarning tuzilishi 7- rasmda keltirilgan.
Rasm 4. Lontab turdagi tabletkalar tuzilishi
ta’sir etuvchi moddaning dastlabki miqdorini saqlovchi qobiq;
tabletkaning yadrosi, dorivor moddaning 2 va 3 dozalarni saqlaydi
Dupleks turdagi tabletkalar.Bu tabletkalarni takroriy yoki ketma-ketlik bilan ta’sir qiladigan dori turlari guruhiga kiritish mumkin.
Bunday tabletkalar dorivor moddaning ikkita dazasini o‘zida saqlaydi va ular bir biridan o‘zaro himoya qobiq bilan bo‘lingan bo‘ladi. Dupleks turdagi tabletkalar tuzilishi 8- rasmda keltirilgan.
Rasm 5. Dupleks turdagi tabletkalar tuzilishi
sirtki qobiq ( ko‘pincha shakarli); 2-dorivor moddani dastlabki dozasini saqlovchi , oshqozonda eriydigan qatlam; 3-himoyalovchi(enterosolyubil qobiq); 4-ta’sir etuvchi moddaning ikkinchi dozasini saqlovchi tabletkaning yadrosi, ichakda eriydi
Duplesk turdagi tabletkalar qobiq va yadrodan iborat va ta’sir etuvchi moddaning dastlabki dozasi qobiqda joylashgan bo‘lib, u oshqozonda eriydi. Keyingi qavat ( enterosolyubil) himoyalovchi, yadroni oshqozonda erimasligi ta’minlaydi. Tabletkaning yadrosi dorivor moddaning ikkinchi dozasini saqlaydi va ichak yo‘lida eriydi. Misol sifatida Gastripon dupleks preparatini keltirish mumkin.
|
| |