• Peroral ta’siri uzaytirilgan dori turlari. Spansulalar Ta’siri uzaytirilgan peroral dorilar davomli dorilarning asosiy qismini tashkil etadi. Spansula dori turi.
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet75/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Ma’ruzaning qisqacha matni:
    Dori turlaridagi dorivor moddalarning ta’sir etish vaqtini uzaytirish masalasi katta amaliy ahamiyatga ega, ayniqsa ximioterapiya sohasida.
    Ximioterapiyaning samaradorligi dorivor moddani qonda doimo tera-pevtik konsentratsiyasi ta’minlanishiga bog‘liq bo‘ladi va shunga erishish uchun ma’lum vaqt o‘tgach (sutkada davomida bir necha marta) dorivor modda qayta qayta iste’mol qilinish lozim.
    Bu esa har hil noqulaychiliklar tug‘diradi: yordamchi moddalarni tanaga kiritilishi, ko‘p miqdorda preparatlarni sarflanishi, qondagi ta’sir etuvchi moddani konsentratsiyasi bir me’yorda bo‘lmasligi.
    Hozirda ishlatiladigan ko‘p dorilarning kamchiligi ta’sir qiluvchi moddaning miqdori tanada uzoq vaqt saqlanmasligida.
    Davolovchi konsentratsiyani bir me’yorda bo‘lmasligi dorining terapevtik samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sil, moxov, qator bakterial va virus kasalliklarni muvaffaqiyatli davolashni faqat dori moddaning qonda terapevtik konsentratsiyasi uzoq vaqt saqlanib turgandagina amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ta’sir muddati uzaytirilgan dori turlari ishlab chiqish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir.
    Farmakokinetik ta’siri oldindan belgilangan dorilarni yaratishda, ayniqsa ta’siri uzaytirilgan dorilarni, turli texnologik usullar, maxsus yordamchi moddalar qo‘llash va dori turlarini strukturasini o‘zgartirish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
    Peroral ta’siri uzaytirilgan dori turlari. Spansulalar
    Ta’siri uzaytirilgan peroral dorilar davomli dorilarning asosiy qismini tashkil etadi.
    Spansula dori turi. Spansulalar deb qopqoqli qattiq jelatinli kapsulani ichini dori moddaning mayda mikrokapsula yoki mikrodrajesi bilan to‘lg‘azilgan dori turiga aytiladi.
    Spansulalardagi dori moddaning ta’sir muddati uzaytirilishi, jela-tinli kapsulani ichiga, qobig‘i har xil qalinlikda bo‘lgan, dori moddaning mikrokapsulalarini joylashtirish hisobiga ta’minlanadi.
    Spansulalarning tashqi ko‘rinishi va ularda dori moddalarni ta’siri uzaytirilish prinsipi rasm.4 va rasm 5 ifodalangan.
    Ko‘pincha qobiqning qalin-yupqaligiga qarab mikrokapsulalar turli rangga buyaladi.
    Demak, spansulalar- bu mikrokapsula yoki mikrodrajelardan tashkil topgan qattiq jelatinli kapsula. Mikrokapsulalar har xil qalinlikga ega bo‘lgan qobiq bilan qoplanganligi uchun, ular bir vaqtda erimayda va ulardan dori modda uzluksiz ravishda, qobiqlarni ketma ket erishi hisobiga, uning qondagi terapevtik konsentratsiyasi ta’minlanadi.






    Download 6,71 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.