• Mavzuni yozishdan maqsad
  • Mustaqil tayyorlash uchun savollar
  • Bajarish uchun amaliy topshiriqlar
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 1,8 Mb.
    bet120/172
    Sana12.02.2021
    Hajmi1,8 Mb.
    #13127
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   172
    Internet saytlari


    1. http://mearticle49.moslek.ru

    2. http://www.unico94.ru/official/docs/show


    AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
    Mavzu: “Pediatriya dori turlari texnologiyasini takomillashtirish. Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni jihozlash”

    Mavzuni yozishdan maqsad: bolalarga mo‘ljallangan dori turlarini yaratishdagi muammolar va ularni texnologiyasini takomillashtirish yo‘llari, dorilarni bolalar uchun dozalash prinsiplari bilan tanishtirish.

    Mavzuning ahamiyati: bolalarga mo‘ljallangan dori turlari texnologiyasini takomillashtirish yo‘llari, dorilarni bolalar uchun dozalash prinsiplarini o‘zlashtirish.

    Mustaqil tayyorlash uchun savollar


    1. Bolalarga mo‘ljallangan dorilar ta’rifi, ularni yaratish zaruriyati

    2. Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni yaratishdagi asosiy muammolar

    3. Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni dozalashga to‘g‘ri yondashish

    4. Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni dozalashda koeffitsientlarni qo‘llash prinsiplari

    5. Bolalarga mo‘ljallangan dorilar dozalarini formulalar yordamida hisoblash yo‘llari

    6. Bolalarga mo‘ljallangan dori turlarining tasnifi

    7. Pediatriya dori turlarini o‘ziga hosligi va ularga qo‘yiladigan talablar

    8. YOshiga qarab berilishi cheklangan va bolalarga ehtiyotkorlik bilan beriladigan dori preparatlar nomenklaturasi

    9. Bolalar uchun mo‘ljallangan peroral dori turlarini jihozlanishi va muammolari

    ** Mustaqil tayyorlash uchun savollar muhokamasi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Loyiha” uslubida olib boriladi.

    Loyixa” uslubida mustaqil tayyorlash savollarini muhokamasini o‘tkazish uchun ko‘rsatma:



    1. Magistrantlar kichik guruhlarga bo‘linadi (2-3 tadan);

    2.Har bir guruhga bitta savol ( muammo ) beriladi;

    3. Guruhlarga, mustaqil ishlab, savolni echishiga 10 daqiqa ajratiladi;

    4. Savollar muhokamasini o‘tkazish. Buning uchun har bir guruhdan vakillar chiqib, savol echimini bayon etadi;

    5.O‘qituvchining yakunlash so‘zi. O‘qituvchi berilgan javoblarni tahlil qilib, to‘ldiradi va baholaydi.
    Bajarish uchun amaliy topshiriqlar

    1. Keltirilgan tarqatma materiallar, adabiyotlar, internet ma’lumotnomalaridan foydalanib, bolalar amaliyotida dorilarni qo‘llashda e’tibor beriladigan masalalarni keltirish.

    2. Bolalarga dorilarni dozasini hisoblash bo‘yicha masalalarni echish.

    3. Keltirilgan kolleksiya va tarqatma materiallar asosida pediatrik dorilarni nomenklaturasi va jihozlanishning o‘ziga hosligi bo‘yicha xulosa berish.

    4. Mavzu o‘zlashtirilishining nazorati - test savollari va vaziyatli masalarni echish.


    Download 1,8 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   172




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 1,8 Mb.