I.ISHCHI DASTUR
Kirish
2015 yilning 5-dekabr kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kabul kilinganining 23-yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruzasida rivojlanishning «ozbek modeli» davlatimizning shakllanishida mustahkam poydevor bolib xizmat qilayotgani haqida gapirib otdi. Bunga dalil sifatida, keyingi 11 yilda, jumladan, joriy 2015-yilda yalpi ichki mahsulotning osish suratlari barqaror ravishda 8 foizdan yuqori bolib kelayotgani, davlatning tashqi qarzi esa yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18,5 foizdan oshmayotgani takidlab otildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli ozgarishlarning hal qiluvchi omili sifatida odamlarimizning ongu tafakkurida roy berayotgan tub ozgarishlar, ularning yon-atrofdagi voqealarga munosabati, daxldorlik xissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasi tobora osib borayotganini aytib otildi:
«SHu borada, xech shubhasiz, oz vaqtida, yani bundan 18-yil oldin Kadrlar tayyorlash va shuningdek, Maktab talimini rivojlantirish umummilliy dasturlarini qabul qilganimiz talim-tarbiya sohasida eski kolip va asoratlardan xoli bolgan, bugun ozgalarning xavasini tortayotgan yangi tizimni hayotimizga tadbiq etganimiz haqiqatan ham tarixiy bir voqea boldi, desak, adashmagan bolamiz.
Buning natijasida mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talabiga javob beradigan avlodni shakllantirishga erishdik, Vatanimizning ertangi kunini, taqdirini oz qoliga olishga qodir bolgan farzandlarimiz bugun minbarga chiqmoqda.» [1-6]. Ushbu sozlar Oliy talim tizimida, xususan, Respublikamiz dorixonalari va farmatsevtik korxonalari uchun kadrlar tayyorlayotgan professor-oqituvchilar uchun dasturamal bolib xizmat qilmoqda. So‘nggi 50 yil mobaynida biotexnologiya taraqqiyoti yuksak darajaga chiqdi. Biotexnologiya rivojining hozirgi bosqichini revolyusion deb atash mumkin. Oxirgi yillarda nuklein kislotalar strukturasi va funksiyasi, DNK restriksiyasi fermentlari, ularning hujayradagi ahamiyati gen muxandisligi usullari orqali aniqlandi, gibridomalar va monoklonal antitelolar olindi, biotexnologik jarayonlarga kompyuter texnologiyalari tadbiq etila boshlandi. Insoniyatni tashvishga solib turgan eng yirik muammolar, jumladan, oziq-ovqat, energetika, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash kabilarni xal etishda biotexnologiya o‘zining salmoqli xissasini qo‘shib kelmoqda. Biotexnologiyaning ulkan yutuqlari jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti uchun tezkor va samarali xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda ta’lim tizimining rivojlanishi sababli o‘quv tizimiga anchagina o‘zgartirishlar kirgizildi, jumladan O‘quv jarayoniga chet el olimlarining ilmiy izlanishlari natijalari kiritilib, ular aks ettirilgan adabiyotlardan foydalanildi.
Bu talabalarning o‘z navbatida chet el adabiyotlari bilan tanishish imkonini beradi. SHuni xisobga olgan xolda “Biotexnologiya” faniga xam ma’lum yangi mavzular kiritildi. Bunda Farmatsevtika soxasi rivojlanayotgan ayni payitda biotexnologik preparatlarning bozori rivojlanib borayotganini ko‘rish mumkin.
Ushbu dastur immunobiologik preparatlar texnologiyasi fanining predmeti, tarixi, maqsadi va vazifalarini va shu bilan birga fanning tadqiqot uslublari, asosiy ob’ekti-antigen va antitanalar, immunobiologik faol moddalar ning xususiyatlari, funksiyalari, yuqori va quyi molekulali moddalar, zamonaviy vaksinalar haqidagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu fan biotexnologiya va farmatsevtika sohasidagi fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligini va hozirgi zamon analitik biotexnologiyasining asosiy metodologik aspektlarini, zamonaviy tezkor test –sistemalarni tahlil qilish usullarini o‘rgatadi. SHu bilan birga qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va tibbiyotdagi muammolarni echishda ushbu fanning o‘rni va rolini, shuningdek fan bo‘yicha mutaxassis tayyorlashdagi ba’zi masalalarni qamraydi.
O‘qitish maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga antigen, gapten va antitanalar o‘rtasida bo‘ladigan asosiy biospetsifik va kimyoviy jarayonlar haqida hozirgi zamon ta’limotini berishdir. Xususan biospetsifik, immunologik jarayonlarni borishi va antigen, antitana o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarning asosiy qonuniyatlari mexanizmlarini o‘rganishdan iborat. Talabalarni inson va o‘simlik organizmlarida bo‘ladigan turli mikroorganizmlar, toksik moddalar, viruslarni sezgirlik darajasi yuqori bo‘lgan immunoenzim tahlilining gomogen va geterogen usulari yordamida aniqlash umumiy qonuniyatlari bilan tanishtirish, immunologik jarayonlarning molekulyar asosini o‘rganishiga yordam berish. SHuningdek, hozirgi zamon immunobiotexnologiyasining metodologik aspektlarini yoritishga qaratilgandir. Izlanishlarning har xil turlari, xususan liposoma va immunoliposomalar asosida boradigan o‘ta sezgir usularni paydo bo‘lishi immunobiotexnologiya fanining yuksalishini belgilovchi zarur omillar ekanligi haqida chuqurroq ma’lumot berishdan iboratdir.
Fan bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
“Immunobiologik preparatlar texnologiyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
- immunobiologik preparatlar texnologisyai fanining asoslarini mukammal bilishlari, inson organizmida kechadigan ba’zi immunologik jarayonlarni borishi va bu jarayonlar o‘zaro o‘ta spetsifiklik qonuniyatlari asosida kechishi, uning kimyoviy mexanizmlari haqidi bilishi kerak;
- talaba antigen, antitana va gaptenlar haqida va ularning strukturalari, ya’ni fazoviy tuzilishlari, faol markazlari va guruhlarining joylashishi haqida bilishi va ularni o‘rganishda qo‘llaniladigan analitik biotexnologiya yo‘nalishiga oid bo‘lgan zamonaviy tadqiqot uslublarini bilishi va ulardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- talaba immunoenzim tahlillarini o‘rganishida laboratoriyada tajribalar quyish; antigen va antitanalarni zardobdan ajratib olish, antigen, anti- tanalarning serologik faolliklarini aniqlash, turli diffuzion testlarni o‘tkazish, antigen va antitanalar asosida immunosorbentlar sintez qilish, biologik sorbentlarni olish va ularni immunoenzim tahlilining geterogen usularida qo‘llash, turli biologik faol moddalarni qattiq tashuvchiga immobillash, immobillashning kimyoviy va fizikaviy usullarini bilishi, kon’yugatlar sintez qilishi va ularning katalitik, serologik faolliklarini aniqlashni bilishi, fermentlar sinflari va immunoenzim tahlilida nishon sifatida qo‘llaniladigan fermentlarni o‘ziga xos xususiyatlarini va faolliklarini aniqlay olishlari va buning uchun turli tajribalar qo‘yish va olingan natijalarni hisoblash, aniqlash; immunoenzim tahlilida bo‘ladigan nospetsifik reaksiyalarni bartaraf qilish yo‘llarini aniqlash va buning uchun turli ingibirlovchi moddalarni ta’sir mexanizmlarini o‘rganish malakalariga ega bo‘lish kerak.
Fanni o‘qitishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
“Immunobiologik preparatlar texnologisyai” fani ma’ruzalari va amaliy mashg‘ulotlari dialog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va kichik guruhlar shaklida olib borish mumkin.
Fanni o‘qitish davrida pedagogik jarayonni jadallashtirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot vositalari, kompyuter, internet tizimidan keng foydalanish ko‘zda tutilgan. O‘quv jarayoni muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchi-lar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish asosida olib boriladi. Darsni o‘tkazish bo‘yicha quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, tizimli yondoshuv, faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv, dialogik yondoshuv, hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish, muammoli ta’lim, kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash, o‘qitish usullari va texnikasi (ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi va loyihalash usullari, amaliy ishlar).
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: amaliy mashg‘ulotlarda ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va uzviyligi
Immunobiologik preparatlar texnologiyasi fani asosiy mutaxasislik fanlaridan hisoblanib, o‘quv jarayonidagi, anorganik va analitik kimyo, organik kimyo va umumkasbiy mikrobiologiya, bioximiya, molekulyar biotexnologiya, biotexnologiyaning zamonaviy tadqiqot uslublari kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan holda magistrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Fanni o‘zlashtirish orqali magistrlar bugungi kunda tug‘ilayotgan muammolarni aniqlash, ularni tahlil etish va baholashga doir kasbiy kompetentlikka ega bo‘ladilar. SHu bilan birga fanning Respublikamizda kishloq xo‘jaligi sohasida va shu bilan birga farmatsevtika, tibbiyot sohasidagi bir qator muammolarni echishda ushbu fanning tutgan o‘rni nihoyatda katta ekanligini, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘ini ekanligini anglaydilar.
II. Sillabus
« Immunobiologik preparatlar texnologiyasi » fanining
2016/2017 o’quv yili uchun mo’ljallangan
SILLABUSI
Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Toshkent farmasevtika instituti
|
Mirobod tumani Oybek ko’chasi, 45
|
Kafedra:
|
Biotexnologiya
|
“Sanoat farmasiya” fakulteti tarkibida
|
Ta’lim sohasi va yo’nalishi:
|
510000 – Sog’likni saqlash
ta’lim sohasi
|
5а510602 –“ Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi
|
Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot:
|
Toshmuxamedova SHoxista Sobirovna
|
e-mail:
|
Toshmuxamedova. @umail.uz
|
Dars vaqti va joyi:
|
2-bino 96- auditoriya
|
Kursning davomiyligi:
|
02.09.2015-14.04.2016
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma va shanba kunlari 8 30 dan -15 00 gacha
|
Fanga ajratilgan
soatlar
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
|
86
|
Ma’ruza:
|
40
|
Amaliyot
|
120
|
|
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi (prerekvizitlari):
|
“Mikrobiologiya ”, “Biotexnologiya asoslari”, “Molekulyar biologiya ”
|
Fanning mazmuni
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Fanni o’qitishdan maqsad – biotexnologik usulda olinadigan dori vostitalarining texnologiyasini o‘rganish.
Fanning vazifasi – Magistratura talabalarga Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi bilan ishlash shuningdek, ushbu ob’ektlar bilan ishlash davomida biotexnologik usullardan oqilona foydalanish, gen muxandisligi, fermentlar muxandisligi nazariy bilimlari yordamida farmatsevtika sanoati uchun kerakli biologik faol substansiyalarni tabiiy, ekologik toza xolda korxona miqyosida ishlab chiqarishni o‘rgatishdan iborat.
|
Talabalar uchun talablar
|
- o’qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish;
- institut ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;
- uyali telefonni dars davomida o’chirish;
- berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish;
- ko’chirmachilik (plagiat) qat’iyan man etiladi;
- darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o’zlashtirilishi shart;
- darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;
- talaba o’qituvchidan so’ng, dars xonasiga - mashg’ulotga kiritilmaydi;
- talaba reyting ballidan norozi bo’lsa e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyasiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin
|
Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi
|
Professor-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha
|
“Immunobiologik preparatlar texnologiyasi” fani bo‘yicha soatlar taqsimoti:
t/r
|
Mavzular
|
Jami soat
|
Ma’ruza
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Mustaqil ta’lim
|
|
Immun sistema va uning faoliyati
|
16
|
2
|
6
|
8
|
|
Immun sistema va uning hususiyatlari
|
8
|
2
|
6
|
|
|
Immunoglobulinlarning tuzilishi
|
17
|
2
|
6
|
9
|
|
Immunoglobulinlarning organizmda xosil bo‘lishi
|
8
|
2
|
6
|
|
|
Antigen- antitana reaksiyalari.
|
16
|
2
|
6
|
8
|
|
Antigen- antitana reaksiyalari tahlili
|
8
|
2
|
6
|
|
|
Immunreaksiyalarning o‘ziga xosligi
|
17
|
2
|
6
|
9
|
|
Immunreaksiyalarning spetsifigligi
|
8
|
2
|
6
|
|
|
T - limfotsitlarning antigenlarga nisbatan javob reaksiyalari.
|
17
|
2
|
6
|
9
|
|
T - limfotsitlarning antigenlarga nisbatan markerlari
|
8
|
2
|
6
|
|
|
Immunsistemada organizmga kiritilgan begona moddalarga nisbatan antitelolar xosil bo‘lishi shartlari.
|
16
|
2
|
6
|
8
|
|
Immunsistemada organizmga kiritilgan begona moddalarga nisbatan antitelolar faol markazlarini ta’siri
|
8
|
2
|
6
|
|
|
Monoklonal antitelolarning olinishi.
|
17
|
2
|
6
|
9
|
|
Monoklonal antitelolarni saralash
|
8
|
2
|
6
|
|
|
Immunovaksinalar olish texnologiyalari.
|
16
|
2
|
6
|
8
|
|
Immunovaksinalarni ahamiyati.
|
8
|
2
|
6
|
|
|
Bioreaktorlar
|
17
|
2
|
6
|
9
|
|
Bioreaktorlarni ishlatilishi
|
8
|
2
|
6
|
|
|
Immunobiotexnologiyada qo‘llaniladigan bioreaktorlar ishlash tartiblari bilan tanishish.
|
17
|
2
|
6
|
9
|
|
Immunobiotexnologiyada qo‘llaniladigan bioreaktorlar ishlash prinsiplari.
|
8
|
2
|
6
|
|
Jami:
|
246
|
40
|
120
|
86
|
II. INTeRFAOL TA’LIM METODLARI.
Immunobiologik preparatlar texnologiyasi fanidan o‘tiladigan mavzularda yangi ta’lim texnologiyalarini qo‘llash
“AQLIY HUJUM” texnologiyasi
Aqliy hujum texnologiyasi dars mavzusiga oid qo‘yilgan muammoni echish yoki savolga javob topish maqsadida g‘oyalarni jamlash va saralashga asoslanadi. Talabalar birlashgan holda echimi noma’lum muammoni echishga yoki savolga javob topishga harakat qiladilar, eng maqbul echimni toppish bo‘yicha shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar. Bunda dars jarayoni quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish, uning javobini toppish uchun talabalarni jalb qilish, turli echimlar taqdimotini eshitish, echimlarni solishtirish va tanlash hamda xulosalash bosqichlari ko‘rinishida.
Aqliy hujum texnologiyasi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratilishi kerak.
Dars jarayonida aqliy hujum uslubidan foydalanishda qauyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
-talabalarni qo‘yilgan muammo doirasida keng fikrlashga undash;
-talabalar tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish;
-talabalar tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g‘oyalarni rag‘batlantirib borish;
-talaba o‘zining shaxsiy fikr yoki g‘oyalariga asoslanishi yoki aksincha o‘z fikrini o‘zgartirish mumkin ekanligini tushuntirish;
-boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g‘oyalarni rag‘batlantirib borish;
-talaba o‘zining shaxsiy fikr yoki g‘oyalarga asoslanishi yoki aksincha o‘z fikrini o‘zgartirish mumkin ekanligini tushuntirish;
-boshqalar tomonidan bildirilgan fikr yoki g‘oyalar ustidan kulish, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-yangi fikr yoki g‘oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to‘g‘ri echimini e’lon qilishga shoshilmaslik;
-dars jarayonida talabalarning har qanday faoliyatlari, ular bildirayotgan fikr va g‘oyalarni iloji boricha baxolamaslik, sababi past baho olgan talaba keying darslarda yangi fikrlar bildirmasligi va dars jarayonida ishtiok etmasligi mumkin.
Professor-o‘qituvchi auditoriyada imkon qadar har bir talabaning fikrini eshitish, fikrini yanada boyroq, ilmiy tarzda bayon etishga turtki bo‘ladigan munosabatni bildirishi lozim. Aksariyat hollarda talabalar biror fanning dastlabki bosqichlarida faol qatnashishadi, keyingi bosqichlarda esa passiv ishtirok etishadi. Bunda professor-o‘qituvchi tomonidan hukmron fikrni o‘tkazilishi sabab bo‘ladi. qachonki, talabaning mustaqil, ijodiy fikri har dars jarayonida o‘sib borsa ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Aslida yangi pedagogis texnologiyalarning bosh maqsadi ham talabalarning mjustaqil, ijodiy va ilmiy fikrini shakllantirsh, rivojlantirish hamda muayyan fanning yuqori darajada o‘zlashtirshiga erishishdir.
DARS MAVZUSI: Antiteloning tuzulishi va uning funksiyalari
Darsning talimiy maqsadi: Talabalarga antiteloning tuzulishi, funksiyalari to‘g‘risida tushuncha berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Talabalarni ilmiy dunyoqarashini kengaytirish uchun ularni antiteloning xususiyatlarni aniqlaydigan usullar bilan tanishtirish va sharoitga qarab kerakli usulni tanlay bilishni o‘rganish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning antitelo to‘g‘risida va ularni xususiyatlari haqidagi bilimlarini, darslik va boshqa kerakli adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Antiteloning tadqiqotda qo‘llanadigan usullarga oid jadvallar, ko‘rgazmali qurollarr, reaktivlar va asbob uskunalar.
Darsda qo‘llaniladigan texnologiya: hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi (arra usuli)
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: antitelolarning tuzulishi, ularning sharner qismlari, og‘ir va engil zanjirlari tuzulishi va vazifalari, antetiloning molekulyar tuzulishini o‘rganish va hokazo.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
II. Talabalarning dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o‘quv topshiriqlarini bajarishga yo‘llash.
III. “Mutaxassis”lar tomonidan belgilangan o‘quv topshiriqlarini sifatli bajarishga erishish: Mavzu mazmuni quyidagi 3 ta qismga bo‘linadi.
1. antetiloning sharner qismi
2. antetiloning og‘ir va engil zanjiri
3. antetiloning bog‘lovchi va sonstant qismi
Ushbu qismlar bo‘yicha talabalarning kichik guruhlari uchun quyidagi o‘quv topshiriqlari tuziladi:
I guruh uchun o‘quv topshiriqlar
Mavzu: Antetiloning sharnir qismi
T/r
|
Talabalar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlar
|
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar
|
1
|
Darslikdagi yoki maxsus adabiyotdagi matn diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
|
Talabalar guruhi bilan hamkorlikda ishlang
|
22
|
Antetilolar qanday usul yordamida aniqlanadi?
|
Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.
|
33
|
Antetilolarning bog‘lab olish samaradorligi nima hisobiga sezilarli darajada oshadi?
|
Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.
|
44
|
Immunoglobulin nima?
|
55
|
Antigen bilan antiteloning bir birga birikishini nima ta’min etadi?
|
66
|
Antiteloning organizmda himoya funksiyasidan boshqa yana qanday funksiyalari mavjud?
|
II guruh uchun o‘quv topshiriqlar
Mavzu: Antetiloning og‘ir va engil zanjiri
tT/r
|
Talabalar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlar
|
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar
|
1
|
Darslikdagi yoki maxsus adabiyotdagi matn diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
|
talabalar guruhi bilan hamkorlikda ishlang
|
22
|
Antitelo nechta polipepted zanjiridan iborat bo‘ladi?
|
Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting
|
33
|
Ikkita o‘xshash engil zanjir har biri taxminan nechta aminokislota qoldig‘idan iborat?
|
44
|
Ikkita o‘xshash og‘ir zanjir har biri taxminan nechta aminokislota qoldig‘idan iborat?
|
55
|
Zanjirlarning barchasi qanday bog‘lar yordamida bog‘langan bo‘ladi?
|
66
|
L va H zanjirlarning qanday qismi antigen bog‘lovchi qismni tashkil etadi?
|
III guruh uchun o‘quv topshiriqlar
Mavzu: Antetiloning bog‘lovchi va konstant qismi
T/r
|
Talabalar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlar
|
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar
|
|
Darslikdagi yoki maxsus adabiyotdagi matn diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
|
talabalar guruhi bilan hamkorlikda ishlang
|
1
|
Antiteloning bog‘lovchi qismi varebial qismni nechta aminokislota qoldig‘idan iborat?
|
Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting
|
2
|
Varebial qismlari aminnokislota ketma-ketliklari bo‘yicha farqlanuvchi nechta uncha katta bo‘lmagan gepervariabel qismlaridan tuzulgan?
|
3
|
Qolgan qismlar qanday qismlar deb ataladi?
|
4
|
Antigen bog‘lovchi qismlar gipervariabel qismning nechta aminokislota qoldig‘idan tuzulganligini bildiradi?
|
5
|
Sonstant qismi disulfid bog‘lari orqali bog‘langan nechta aminokislota qoldig‘idan iborat ekanligini ayting?
|
6
|
L va H zanjirlari takrorlanuvchi qanday tuzulmalardan tuzulgan?
|
B) “mutaxassislar uchrashuvi” guruhini tashkil etish va mazkur guruhlarda “mutaxassis”lar yordamida o‘quv materialining yaxlit holda qayta ishlab chiqishni amalga oshirish. YAngi mavzu yuzasidan o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob, o‘quv baxsi uyushtirish. Talabalar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baxolash (joriy nazorat).YAngi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.Uyga vazifa berish
2. Immunobiologik preparatlar texnologiyasi fanini o‘qitishda “Bumerang” texnologiyasini qo‘llash
Ushbu texnologiya auditoriyada talabalar soni ko‘p, guruhlarga bo‘lishga sharoit yo‘q holda qo‘llaniladi. Auditoriya qatorlarga bo‘linadi, ma’ruza matnlari tarqatiladi va reglament belgilanadi. Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng o‘qituvchi ma’ruza bo‘yicha tayyorlangan senariy bo‘yicha savollar berib boradi. Talabalar javoblar beradilar va bir-birlarini to‘ldirib boradi. Ushbu texnologiyada og‘zaki, yozma shaklda, bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan talaba yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli ballni to‘plash imkoniyatini beradi. Ushbu usulda talabalar 6 guruhga 6 tadan bo‘lib, bir guruhdagi 6 ta talabaga ma’ruza matnining murakkabligi va hajmiga qarab 6 xil material beriladi. qolgan guruhlarda ham xuddi shunday reglament belgilanadi. Guruhlar mavzuni tushuntirib beradilar. Bir-birlarini to‘ldirib boradilar.
“Immunoglobulinlarning tuzilishi” mavzusini “BUMERANG” usuli vositasida o‘qitish texnologiyasi
Mavzu: Immunoglobulinlarning tuzilishi
Darsning ta’limiy maqsadi: Talabalarga antitelolarning tuzilishi funksiyalari va ular qaqida ma’lumot berish.
Dasrning tarbiyaviy maqsadi: antigen va antitelolarning funksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini boyitish
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning antigen va antitelolarning funksiyalari haqidagi bilimlarini darslik va boshqa kerakli adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirsh.
Darsni jihozlash: Darslik, ushbu mavzuga oid bo‘lgan plakat, sayd va boshqa texnologik vositalardan foydalaniladi.
Darsning borishi
“BUMERANG” texnologiyasini olib borishda avvalo texnologik xarita tuziladi.
№
|
Texnologik bosqichlar
|
Vaqt,
min
|
O‘qituvchining faoliyati
|
Talabaning faoliyati
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5
|
Talabalarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish
|
Dars mavzusi, maqsadi, borishi, va unda bajariladigan topshiriqlar bilan tanishadi.
|
2
|
O‘tgan mavzu yuzasidan talablarning bilimlarini nazorat qilish va baholash.
|
10
|
O‘tgan mavzu yuzasidan talabalar orasida og‘zaki savol-javob o‘tkazadi va ularni baholaydi.
|
O‘tgan mavzu yuzasidan o‘qituvchi savollariga javob beradi va baho olishga harakat qiladi.
|
3
|
Talabalarni bilish faoliyatini tashkil etish.
|
5
|
O‘quv topshiriqlarini didaktik maqsadi, bajarilgan o‘quv topshiriqlari bilan tanishish, o‘tkaziladigan “Bumerang” usuli haqida ma’lumot berib, guruhlarga bo‘lish.
|
O‘quv topshiriqlarini didaktik maqsadi, bajarilgan o‘quv topshiriqlari yuzasidan ko‘rsatmalarni aniqlash, yangi “Bumerang” usuli bilan tanishish.
|
4
|
YAngi mavzuni o‘rganish
|
15
|
Guruhlarga mavzular bo‘lib beriladi va talabalarning mavzuni o‘zlashtirishi kuzatiladi.
|
O‘z o‘quv faoliyatini tashkil etadi. Guruhlar o‘z mavzulari bo‘yicha tillardagi ma’lumotlarni o‘qiydilar:
Immunoglobulinlar
Immunoglobulinlarni faol markazi
V-limfotsitlar
Antitelolarning tuzilisht
Antitelalar biosintezi
V-limfotsitlarni turlari
|
5
|
Guruhlarni qaytadan tuzish.
|
15
|
Raqamli kartochkalar yordamida qaytadan guruh tashkil qiladi va shu guruh ichida talabalarning fikr almashishini ta’minlaydi.
|
Qaytadan guruhlarga jamlanib o‘zlari o‘rgangan mavzularini ketma-ket bayon qilib fikr almashishadi.
|
6
|
Guruhlar orasida fikr almashish.
|
15
|
Talabalarga mavzular bo‘yicha savollar beradi. Guruhlar orasida savol-javobni tashkil qiladi. Talabalarning faolligini nazorat qiladi.
|
O‘rgangan mavzulari bo‘yicha savollarga javob beradilar va boshqa guruhlarga ham savollar beradi.
|
7
|
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
|
10
|
Mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi, faol o‘quvchilarni baholaydi.
|
O‘qituvchi xulosalarini tinglab o‘z xatolarini to‘g‘rilashadi, baho olishga harakat qilishadi.
|
8
|
Natijalarni tahlil qilish va darsni yakunlash.
|
5
|
Talabalar faoliyatini tahlil qilib, mustaqil vazifalar beradi.
|
Uy vazifalarini aniqlab, darsni yakunlashadi.
|
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat, talabalarni darsga tayyorlash.
II. O‘tgan mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida savol-javob va test topshiriqlarini o‘tkazib, talabalar bilimlarini sinash va ularni baqolash.
III. Ushbu usulda ishtirokchilar 6ta guruhga bo‘linadilar:
1-guruh: “Zukkolar”;
2-guruh: “Topqirlar”
3-guruh: “CHaqqonlar”
4-guruh: “Bilimdonlar”
5-guruh: “Lider”
6-guruh: “Zakovatchilar”
1-guruh uchun savollar:
SAVOLLAR:
1. B-limfotsitlarning funksiyasi nimadan iborat?
2. Antitelolar qanday moddalar?
3. Ular nechadan ortiq antigen bog‘lovchi qismlardan tashkil topgan?
4. Ularni umumiy nom bilan qanday atash mumkin?
5. Qon plazmasi oqsilini taxminan necha foizga yaqin qismini tashkil etadi?
6. Antitelalar nechta sinfga ajratilgan?
7. N-zanjirning qaysi qismi immunoglobulinlar sinfida muhim rol o‘ynaydi?
8. Qaysi immunoglobulinlar qondagi imunoglobulinlarning asosiy qismini tashkil qiladi?
9. Qaysi immunoglobulin nasldan naslga o‘tuvchi yagona antitelodir?
10. Qaysi immunoglobulinlarning hujayrada mikroorganizmlarni qamrab eritib yuborish xususiyati juda yuqori darajada bo‘ladi?
11. Onaning qanday hujayralarida IgG ning Fc qismini bog‘lab oluvchi maxsus retseptorlar bo‘ladi va ular nasldan-naslga o‘tishni ta’minlovchilar bo‘lib hisoblanadi?
12. Immunoglobulin G ning qanday xususiyati uning nasldan naslga o‘tishini ta’minlovchi bo‘lib xizmat qiladi?
13. Immunoglobulin G molekukasi birlamchi immun javoblarda ishtirok etuvchi bo‘lib hisoblanadimi yoki ikkilamchi immun sistemadami?
14. Ba’zi B-hujayralar esa qanday immunoglobulinlar sintezi uchun faollashuvi mumkin?
15. Immunoglobulin A qanday mahsulotlar tarkibida ko‘p uchrashini ayting?
16. U qanday holatlarda bo‘lishini ayting.
17. Sekretsiya mahsulotlarida u qanday holatda bo‘ladi?
18. Dimer holatdagi IgG ko‘pincha orgamnizmning qanday qismlarida uchraydi?
19. Epiteliy hujayralarida sintezlangan somponent (ajratmalar) dastlab hujayraning qanday qismida qondagi IgA bilan bog‘lanishda retseptor vazifasini o‘taydi?
20. Somponent va IgA o‘rtasida hosil bo‘lgan kompleks retseptor yordamida qanday usul bilan hujayra ichkarisiga kiradi?
21. Sekretor somponent qanday molekuladan iborat va uning vazifasi nima?
22. Immunoglobulin A molekulasining Fs qismi nimalar bilan juda yuqori spetsifiklik bilan bog‘lanadi?
23. Qon tarkibidagi aminlar qon tomirlarini kengaytiradi va qanday allergik reaksiyalar paydo bo‘lishiga olib keladi?
24. Antigenning antitelo bilan bog‘lanishida qanday bog‘lar ishtirok etadi?
25. Multivalent antigenlar deb nimaga aytiladi?
26. AgQAtqAgAt bu qanday reaksiya bo‘lib hisoblanadi?
27. Muvofiqlik darajasi nima?
28. Odatda molekulasining antigen bog‘lovchi qismlari bitta bog‘lovchi qismga nisbatan multivalent antigen bilan necha marta kuchli bog‘lanadi?
29. Nega antigenga nisbatan avidligi tengsiz deb baxolanadi?
30. O‘xshashlikning etilishi deganda nimani tushunasiz?
Mavzu yuzasidan talabalarda kelib chiqqan savollar tahlil qilinib xulosa qilinadi va uyga vazifa beriladi.
|