Modulning dolzarbligi
Farmatsevtika va farmatsevtik texnologiya sohasida bilim olayotgan yoshlar, eng avvalo, otmish madaniyatimizni, xususan, yurtimizda yashab ilmiy faoliyat olib borgan tibbiyot fani olimlari va ular tomonidan yaratilgan noyob asarlar, dorivor moddalarni bilishlari, hamda hozirgi kun talablaridan kelib chiqib, farmakologik, terapevtik tasiri yuqori, ammo nojoya effektlari deyarli bolmagan dori vositalari ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqur ozlashtirishlari shart. Bu jarayon eng avvalo tabiiy xom ashyolar, tabiiy xom ashyolar asosida olinadigan substansiyalar va ularni ajratish texnologiyasi haqida chuqur ilmiy bilimlarni egallashdan boshlanadi.
Hozirgi kunda pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga jadal suratlar bilan kirib kelmoqda. SHu sababli, «Biotexnologiya asoslari» fani boyicha ham zamon talablari boyicha modulli oqitish tizimi joriy qilingan bolishi va har bir modul uz ichiga nazariy va amaliy bilimlarni xamda talabalarning mustaqil shugullanishlari uchun mustaqil talim boyicha malumotlar jamlangan bolishi zarur. Ushbu fan materiallari turlicha korinishlarda, jumladan rasm, grafik, sxema, jadvallardan tashkil topgan organayzerlar, multimedia ilovalari (animatsiyalar, virtual stendlar, trenajyorlar, simulyasiyalar, audio- va videomateriallar) shakllarida bolishi talab etiladi. Fanni oqitishda turli interfaol oqitish usullaridan foydalanish maqsadga muvofik. SHuningdek, Internet malumotlaridan ham samarali foydalanish talab etiladi. Hozirgi kunda, dunyoda ommalashib borayotgan OOOK (ommaviy onlayn ochik kurslar) ning ahamiyati beqiyosdir.
Ayniksa, respublikada ommalashib borayotgan Moodle on-layn ochiq tizimida kunduzgi talim bilan bir vaqtda talim olish talabalarning bilimlarini yanada oshishiga, ularning ilm-fanga bolgan qiziqishining ortishiga, talimdagi innovatsiyalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va xorijiy tillarni organishlariga katta yordam beradi.
YUqoridagilar fanni oqitishda modul tizimining dolzarbligini, istiqboldagi muhim yonalishlarini belgilab beradi.
Modulning maqsad va vazifalari
Mazkur modulning maqsadi yuqorida takidlangan pedagogik va axborot texnologiyalarni oquv jarayoniga tadbiq qilish, dunyoda ommalashib ketayotgan talimdagi xorijiy innovatsiyalarni fanga tadbiq etishdan iborat. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun sillabusni rasmiylashtirish, texnologik xaritalar, organayzerlar, interfaol oqitish usullarini, prezentatsiyalar, animatsiyalar, virtual stendlar va trenajyorlar ishlab chiqish, talabalarning mustaqil shugullanishlari uchun testlar, mustaqil ish topshiriqlari, assesmentlar ishlab chiqish vazifalari belgilandi.
Modulning obekti va predmeti
Modulning obekti - interfaol oqitish metodlari, texnologik xarita, modul tizimi, modulning uslubiy taminoti, modul boyicha maruzalar, laborotoriyalar, amaliy mashgulotlar, animatsiyalar, videoroliklar va boshq.
Modulning predmeti – fermentlar va fermentlar muxandisligi.
Modulli oqitishning amaliy ahamiyati
5320500 – Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya) talim yonalishi boyicha bakalavrlar uchun otkazilgan ochiq darsda modul tizimi elementlari qollanilganda talabalar faolligining oshishi kuzatilishi, «Assesment» nazorati esa talabalar tomonidan samarali va qiziqarli sinov usuli sifatida qabul qilinishi mumkin. Talabalarning fanni ozlashtirishining umumiy darajasi ananaviy usulga nisbatan oshishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur bitiruv loyiha ishida «Biotexnologiya asoslari» fanining «Fermentlar muxandisligi» moduli boyicha taqdimotlar, keys materiallari, test savollari va glossariylar, interfaol oqitish usullari, grafik organayzerlar, multimedia materiallari ishlab chiqildi.
Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
“Farmatsevtika fanlarini o‘qitishda ilg‘or ta’lim texnologiyalari” modulidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar dialog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va kichik guruhlar shaklida olib boriladi.
Modulni o‘qitish davrida pedagogik jarayonni jadallashtirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot vositalari, kompyuter, internet tizimidan keng foydalanish ko‘zda tutilgan. O‘quv jarayoni muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchi-lar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish asosida olib boriladi. Modulni o‘tkazish bo‘yicha quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, tizimli yondoshuv, faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv, dialogik yondoshuv, hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish, muammoli ta’lim, kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash, o‘qitish usullari va texnikasi (ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi va loyihalash usullari, amaliy ishlar).
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: amaliy mashg‘ulotlarda ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish.
III. NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
Mavzu-1: Immun sistema va uning faoliyati
Immun sistema juda noyob, murakkab jarayon-larni mukammal ravishda amalga oshiradigan tizim bulib, uning asosiy vazifasi organizmga turli yulbilan kirib olgan mikrob, virus va sodda kayvon ku-jayralarini aniklab, ularni organizmdan chitsarib yuborishdan iborat. Immun sistemaningfaoliyati birlamchi va ikkilamchi limfoid organlarga va ularning faoliyatiga bog‘liqdir. Birlamchi limfoid organga timus kiradi.
Mavzu-2:Immun sistema va uning xususiyati
Immun sistema va uning muhim xususiyati bu organizmning uzida hosil bulgan «noma’kul» tuzilmalarni (autoantigen) aniklash va ulardan organizmni tozalash kobiliyatini mujassamlashidadir. Bu tizimning uta noyob deb ta’kidlanishi bejiz emas, chunki tashki mukitda mavjud bulgan va o‘zida organizmga nisbatan begonalik asoratlarini namoyon etgan (antigen, allergen va autoantigenlar) barcha tuzilmalar immunologik tizim nazorati tufayli aniklanadi. kujayraviy va gumoral immunitetni sodir kiluv-chi immunologik tizim kujayralari asosan lim-foid a’zolarda gavdalanadi.
Mavzu-3: Immunoglobulinlarni tuzilishi
Antigen – bu yot modda bo‘lib, u organizmga kirishi bilanoq o‘ziga qarshi va spetsefik bo‘lgan, o‘z navbatida antigen bilan o‘zaro ta’sirlashadigan yangi oqsillarni vujudga keltiruvchi immunogen faol modda hisoblanadi. Antigen sifatida turli moddalapr jumladan, mikroorganizmlar, viruslar, polisaxaridlar, turli oqsil moddalar, hujayra, hottoki to‘qimalar ham rol o‘ynashi mumkin. Ushbu antigenlarga nisbatan ishlab chiqariladigan antitanalar sinflari haqida tushuncha. Antitanalaning sinflari va funksiyalari.
Mavzu-4: Immunoglobulinlarni organizmda hosil bo‘lishi
Immunologik tizimdagi begona antigenlarga nisbatan sodir buladigan javob reaksiyalari kupincha antigen tabiatga, uning organizm bilan bulgan muloqat davriga boglik buladi. Antigen bilan tuknashuvning dastlabki davrida sodir buladigan antitanalar ishlab chikarish, immunoglobulinlarni organizmda xosil bo‘lish dinamika, immunitet mexanizm asoslarini paydo bo‘lishi.
Mavzu-5: Antigen va antitana reaksiyalari
Immunologik reaksiya mohiyati. Immunologik reaksiyalarni yukori spetsifikligi biologik aktiv moddalarni aniklashning sezgir metodlarini ishlab chikish nuktai nazaridan katta qizikish uyg‘otishi masalasi, uning klinik diagnostika uchun alohida axamiyat kasb etishi. Antigen-antitela kompleks ma’lum sharoitda hosil bo‘lishi.. Polivalent antigenlar.
Mavzu-6: Antigen va antitana reaksiyalarining taxlili
Immunoenzim tahlili 60-yillarni o‘rtalarida vujudga kelib, avval, gistologik preparatda antigenni identifikatsiyalash, keyin esa immunodiffuziya va immunoelektroforez testlarida pretsipitatsiya chiziqlarini aniqlashda qo‘llanilgan. Biolologik suyuqliklarda antigenlar va antitelalarni miqdoriy tahlili.. Metodni geterogen usulini ishlab chiqilishi.
Mavzu- 7:Immun reaksiyalarning o‘ziga xosligi
Immun reaksiyalarning o‘ziga xosligilik jarayonlarini bir necha xil immun reaksiyalar va zamonaviy usullar yordamida ko‘rib chiqish mumkin. Biror antigenni aniqlashda, immunologik reaksiyalarni amalga oshirishda nishon sifatida ferment molekulalarini, shuningdek, aktivatorlar va ingibitorlarni qo‘llab zamonaviy immunologik usullarni o‘tkazish yo‘llari.
Mavzu-8: Immun reaksiyalarning spetsifikligi
Immun reaksiyalarning spetsifikligi. Immunologik jarayonlar. Immunoenzim taxlilining gomogen usulari xam antigen va antitanalarni qo‘llanilishi.
Mavzu-9: T- limfotsitlarning antigenlarga nisbatan javob reaksiyalari.
T — limfotsitlar asosan timusda xosil buladi va shu erning uzida xususiy dastur orttiradi. Kupgina kollarda ular asosan uzok umr kechi-radigan kamda kon va limfa oralirida aylanib yura-digan ,%ujayralar kisoblanadi. T — limfotsitlari-ning bunday «ozod» karakati ularga kupchilik antigen bilan tuknashishga imkon yaratadi., T — xujayra uziga xos xususiyatlari.
10-Mavzu: T- limfotsitlarning antigenlarga nisbatan markerlari
Timusda bulgan limfotsitlar V — limfotsitlar bilan bir katorda gemapoetik uzak kujayrasidan paydo buladi. T — limfotsitning utmishdosh .kujayralari timusga tashrif buyurib, unda asta-sekin etila boshlay di. Keyinchalik ular immunologii tizimning perife rik a’zolaridagi timusga boglik bulgan mintakalari ni ishgol qiladi. Timusning epitelial elementlari.
Mavzu-11: Immun sistemada organizmga kiritilgan begona moddalarga nisbatan antitelolar xosil bo‘lish shartlari.
Immunoglobulinlar ya’ni (antitelolar) yot modda organizmga kirsa, tezda sintez bo‘ladigan immunologik faol moddalar xisoblanadi. Antitelolar tegishli antigenlar bilan o‘zaro ta’sir etishiga asoslangan reaksiyalar. Organizmda paydo bo‘ladigan immun signallar. Antigenlarni kimyoviy modifikatsiyasilash. Antigenlar xam antitelolar bilan kompleks xosil kilishi.
Mavzu-12:Immun sistemada organlarga kiritilgan begona moddalarga nisbatan antitelolar faol markazlarini ta’siri
Antigen – bu yot modda bo‘lib, u organizmga kirishi bilanoq o‘ziga qarshi va spetsefik bo‘lgan, o‘z navbatida antigen bilan o‘zaro ta’sirlashadigan yangi oqsillarni vujudga keltiruvchi immunogen faol modda hisoblanadi. Antigen sifatida turli moddalapr jumladan, mikroorganizmlar, viruslar, polisaxaridlar, turli oqsil moddalar, hujayra, hottoki to‘qimalar ham rol o‘ynashi.Organizm uchun yot bo‘lgan modda organizmda unga qarshi bo‘lgan yangi oqsil moddani – ya’ni glikoprteidlar sinfi. Antitanalarni sintezlanishi..
Mavzu-13: Monoklonal antitelolarning olinishi
Monoklonal antitanalar – gomogen antitanalar bo‘lib, gibrid hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. Bu hujayralar bitta izotipli spetsifik immunoglobulinlarni ishlab chiqaradi. Bunday gibrid hujayralar – gibridomalardir.Gibridomalarni o‘ziga xos xususiyatlari.
Mavzu-14: Monoklonal antitanalarni saralash
Gibrid hujayralarning ko‘payishi, o‘sishi, seleksiyasi. Oziqa muhitilarini tanlash. Gibrid hujayra olishda mielomli hujayralarda gipoksantin-guanin-difosriboziltransferaza (GGFRT) fermentini kodlovchi gen repressiya qilinishi. Mielomli hujayralar muhitida GGFRT bo‘lmaganligi uchun halok bo‘lishi.. Normal hujayralarning halokati.. Gibrid hujayralarni seleksiya qilishda GAT sistemaning roli.
Mavzu-15:Immunovaksinalar olish texnologiyasi
Immunovaksinalar olish texnologiyasi. Yirik strukturaviy genlarni sintezlash. kDNKda strukturaviy genlar funksiyasi. Gen injeneriyasida transgenoz jarayoni. Vaksinalar yaratishning zamonaviy usullari.
Mavzu-16: Immunovaksinalarni ahamiyati
Gen injeneriyasi metodlarining jadal rivojlanishi natijasida ba’zi hayvonlar (sichqon, quyon) ning va odamning ko‘p oqsil genlarining hamda ribosoma va transport tRNK genlarining klonlarini olishini. Insulin (diabetni davolaydi), o‘sish gormoni (pakanalikni davolaydi), interferon (virus qo‘zg‘atadigan kasalliklarni davolaydi), sun’iy sintezlash yo‘li bilan odamlarning V – gepatit deb nomlangan sariq kasalliga qarshi ishlatiladigan vaksina genlarini klonlash.
Mavzu-17: Bioreaktorlar
Hozirgi kunda biotexnologiyaning turli soxalarida, ishlab chiqarishda turli fermentativ apparatlar ishlatilishi. Bioreaktorlarda boradigan fizik jarayon (gidromexanik, issiqlik va massaalmashinuv)lar.Bioreaktorlarda biokiyoviy jarayon. Bunday fizik jarayonlar sodir bo‘lishi uchun biokimyoviy reaktorlar tipik konstruksiya elementlari (aralashtirgich, kontakt uskunalar, issiqlikalmashinuvchi uskunalar, dispergatorlar va b) bilan ta’mirlanishi.
Mavzu-18: Bioreaktorlarni ishlatilishi
Bioreaktorlar turli soxalarda keng qo‘llaniladi. YUqorida qayd etilganidek, fermenterlarni mikroorganizmlarni aseptik kulturalashda ishlatish mumkin.
- fermentatsion uskunalarning barcha elementlar va bulimlarini sterilizatsiyasi va germetikligini ta’minlash;
- kulturalash jarayonining boshlanishidan oxirigacha aseptik xolatini saklash;
- fermentyorga steril xoldagi kattik, sochiluvchan suyuk va gaz okimini kiritish
Mavzu-19: Immunobiotexnologiyada qo‘llaniladigan bioreaktorni ishlash tartiblari bilan tanishish
Bioreaktorlarni ishlash tartiblari xaqida so‘z borganda, ularda kechadigan fermentatsiyalashning komplekt sistemasining ko‘rib chiqamiz. Bunda fermentyor asosiy, biroq yakka bo‘lmagan element xisoblanadi. Fermentyorlarni klassifikatsiyalash ularda bo‘layotgan jarayonlarga qarab quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
aerob, anaerob;
davriy, uzluksiz;
aseptik, nnosteril;
xujayradagi selevoy maxsulot (xujayra tashqarisida);
yuqori qism va gurux qismdagi o‘sish;
eruvchan va noeruvchan chuqurlikdagi o‘sish;
fermentyordagi ideal siqilish va ideal aralashishga yaqin bo‘lgan gidrodinamik talablar.
Mavzu-20: Immunobiotexnologiyada qo‘llaniladigan bioreaktorlarni ishlash prinsiplari
Bioreaktorni texnologik jarayonlarda qo‘llash uchun avvvlo ularni o‘lchamlarini tanlash. Bioraktor o‘lchami kubik metrda, xom-ashyo sifati, turi miqdoriga, shuningdek, reaksion muxit davomiyligi va haroratiga bog‘liq holda aniqlanishi. Bioreaktor o‘lchami va kunlik yuklanadigan xom-ashyo me’yorining nisbati. Kunlik yuklanadigan xom-ashyoning miqdori bijg‘itish davomiyligi va tanlangan haroratga nisbatan aniqlanishi. Bioreaktorda mezofil rejimda bijg‘itish davomiyligi.. Kundalik quyiladigan xom-ashyoning me’yori esa bioreaktordagi umumiy xom-ashyoning nisbatiga bog‘liqligi.
AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
1-amaliy mashg‘ulot: Geldagi qo‘shaloq diffuziya
Maqsad: diffuziya usullari bilan tanishish, usulning qonun qoidalari va qo‘llanilishi xaqida tushunchalarga ega bo‘lish.
2-amaliy mashg‘ulot: Antitelolarning spetsifikligi
Maqsad: Antitelalar spetsifikligini o‘rganish. Ushbu usul molekulalarning antitelo va antigen orasidagi bog‘lanishlari aniqlash usulidir. Bu usulning ikkita kamchiligi bor: kam sezuvchanlik va chiziqlarni aniqlashda chiziqlar bir birini ustiga tushib qolishi mumkin.
3-amaliy mashg‘ulot: Aniq hal etish qobiliyati va sezuvchanlik
Maqsad: diffuziya usullari bilan tanishish, usulning qo‘llanilishi xaqida tushunchalarga ega bo‘lish. Ushbu usulda standart moddalar ishlatilsa, radial diffuziyaning natijalar aniqligi yoki qayta ishlab chiqarilishi juda oshadi.
4-amaliy mashg‘ulot: IMMUN ELEKTROFOREZ USULLARI.
Maqsad: elektroforetik migratsiyasi, lateral diffuziya, manfiy zaryadlangan molekulalar antitelalarni saqlovchi gel yordamida jarayonni o‘tkazish.
5-amaliy mashg‘ulot: Raketali immunno elektroforez.
Maqsad: Raketali immunoforez usuli bilan monospetsifik antitela bilan bo‘lgan reaksiyada individual antigen konsentratsiyasini baxolash
6-amaliy mashg‘ulot: Kesishma imunno elektroforez.
Maqsad: Mazkur usulda birinchi bosqichda bir yo‘nalishda antigenlarning eletroforetik ajratilish va boshqa yo‘nalishda (90 burchak ostida), ikkinchi bosqichda raketali IEF koidasi ko‘zda tutiladi.
7-amaliy mashg‘ulot: Muqobil imunno elektroforez.
Maqsad: Usulning o‘ziga xosligini ko‘rib chiqish. rN 8,6 bo‘lganda rN qiymati antitelolardagiga qaraganda kattaroq bo‘lgan antigenlar yuqori elektr endosmotik xossalarga ega bo‘lgan gelda turib, qarama qarshi chuqurchadan katodga siljiydigan antitelolarga qarab juda tez anod tomon ko‘chishi kuzatiladi.
8-amaliy mashg‘ulot: Vestern-blotting va antigenli bo‘lakchalarni immun kimyoviy bo‘yash.
Maqsad: Usulning qo‘llanilish soxalarini o‘rganish va shu bilan birga usulni poliakrilamidli gelda elektroforez yordamida ajratib qo‘yilgan molekulalarni nitrotsellyulozali membranaga ko‘chirish.
9-amaliy mashg‘ulot: IMMUNFERMENT ANALIZDA ISHLATILADIGAN FERMENT-NISHONLARNI AKTIVLIKLARINI ANIQLASH USULLARI.
Maqsad:Xren peroksidazasi asosida kon’yugat olish. Peroksidaza fermenti katalitik aktivligini o-fenilendiamin yordamida aniqlash usuli.
10-amaliy mashg‘ulot: POMIDOR VIRUSLARINI IMMUNOFERMENT ANALIZNING “SENDVICH” USULIDA ANIQLASH.
Maqsad: Viruslarni IFA ning “Sendvich” usulida aniqlash. Polistirolga adsorbsiyalangan antitelalar asosida viruslarni miqdoriy tahlil qilish.
O‘QITISH SHAKLLARI
“Immunobiologik preparatlar texnologiyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida pedagogik jarayonni jadallashtirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot vositalari, kompyuter, internet tizimidan foydalaniladi. Ma’ruzalar ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalangan xolda savol-javob tarzida, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish asosida olib boriladi.
Amaliy mashg‘ulotlar ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multi-media vositalaridan foydalanib, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantira-digan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish, zamonaviy farmatsiya fanlari muammolariga doir keyslar tuzish, ulardan amaliyotda qo‘llash bilan tizimli , faoliyatga yo‘naltirilgan va dialogik yondoshuv, hamkorlikda, keys-stadi va muammoli ta’lim asosida olib boriladi.
SHuningdek, amaliy mashg‘ulotlar o‘rganilayotgan muammo echimlari bo‘yicha taklif berish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish maqsadida davra suhbatlari, muammolar echimi bo‘yicha dalillar va ma’lumotlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar echimini topish qobiliyatini rivojlantirish uchun bahs va munozaralar, blits-so‘rovlar yordamida amalga oshiriladi.
BAHOLASH MEZONI
Immunobiologik preparatlar texnologiyasi FANI BO‘YICHA TALABA BILIMINI BAXOLASH
№
|
Nazorat turi
|
Maksi-mal ball
|
Saralash bali
|
Nazorat shakli
|
O‘tkazish vaqti
|
1
|
JN (№1)
|
10
|
5,5
|
Og‘zaki
|
Semestrning 3 xaftasi
|
2
|
JN (№2)
|
10
|
5,5
|
Og‘zaki
|
Semestrning 7 xaftasi
|
3
|
JN (№3)
|
10
|
5,5
|
Og‘zaki
|
Semestrning 9 xaftasi
|
4
|
JN (№4)
|
10
|
5,5
|
Og‘zaki
|
Semestrning 13 xaftasida
|
5
|
ON (№1)
|
15
|
8
|
YOzma
|
Semestrning 11 ftasi
|
6
|
ON (№2)
|
15
|
8
|
YOzma
|
Semestrning 15 xaftasi
|
7
|
YAN
|
30
|
17
|
YOzma
|
Semestrning 17 xaftasi
|
|