Toshkent gumanitar fanlar universiteti 03-23-iqs guruh talabasi Xudayberganov Atanazar Baxadirovichning




Download 256,96 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.11.2023
Hajmi256,96 Kb.
#108666
Bog'liq
Xudayberganov Atanazar(1)
3 reasons to buy desktop, Mustaqil ish mavzulari, Xorijiy universitetlar top 1000, Untitled (7)


Toshkent gumanitar fanlar universiteti 03-23-IQS guruh 
talabasi Xudayberganov Atanazar Baxadirovichning 
“Iqtisodiyot axborot kammunikatsion texnalogiyalar va 
tizimlar” fanidan “Axborot xavfsizligini 
ta‘minlashning zamonaviy usul va vositalari “ mavzusida 
To’rtko’l 2023 yil 


“Iqtisodiyot axborot kammunikatsion texnalogiyalar va 
tizimlar” fanidan “Axborot xavfsizligini 
ta‘minlashning zamonaviy usul va vositalari “ 
 mavzusida 
REJA: 
 
1.Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va 
uning zamonaviy konsepsiyasi 
2.Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari 
3.Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash 
bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar.


AXBOROT XAVFSIZLIGI VA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISH Axborotni muhofaza qilish, axborot 
xavfsizligi va uning zamonaviy konsepsiyasi. Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari. 
Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar. Axborotni 
muhofaza qilish sohasida xalqaro standartlar. Har qanday taraqqiy etgan jamiyat hayotida 
axborotning ahamiyati uzluksiz ortib bormoqda. Uzoq o‘tmishdan davlatning harbiy-strategik 
ahamiyatiga molik bo‘lgan ma’lumotlar qat’iy sir tutilgan va himoyalangan. Hozirgi vaqtda ishlab 
chiqarish texnologiyalariga va mahsulotlarni sotishga tegishli axborot tovar ko‘rinishiga ega 
bo‘lib, ichki va tashqi bozorda unga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Axborot texnologiyalari 
avtomatlashtirish va axborotni muhofaza qilish yo‘nalishlarida muntazam mukammallashib 
bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti sanoat shpionaji, kompyuter 
jinoyatchiligi, konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy 
hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday 
mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning 
zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi yaratilishida va axborot xavfsizligining 
huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topmoqda. «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Davlat 
sirlarini saqlash to‘g‘risida», «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va ma’lumotlar bazalarini 
huquqiy himoya qilish to‘g‘risida» va boshqa qonunlar hamda bir qator Hukumat qarorlari qabul 
qilindi va amalga tatbiq etildi. Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda 
yo‘qotishda (o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi 
lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy 
hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. 
Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab 
ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.. Axborotni 
muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning zamonaviy konsepsiyasi O‘zbekiston 
Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli 
« Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida1 axborot va uning turlari 
to‘g‘risida quyidagi ta’riflar keltirilgan: axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i 
nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning 
oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari; ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar 
uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda 
boshqa 
xabarlar va materiallar
; hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi 
rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot; maxfiy axborot – foydalanilishi 
qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yiladigan hujjatlashtirilgan axborot. Ushbu ta’rif 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2011-
yil 8-iyuldagi PQ–1572-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 2011-yil 7-noyabr 
296- sonli qarorida quyidagicha ifodalangan: maxfiy axborot – O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‘lmagan 
hujjatlashtirilgan axborot2 . Konfedensial axborot – hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish 
qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi3 . Saqlash, o‘zgartirish, uzatish va ma’lum maqsadlar 
uchun foydalanish obyekti bo‘lgan tevarak olam haqidagi ma’lumotlarni, keng ma’noda axborot 
deb tushunish mumkin. Bu tushunchaga ko‘ra inson, uning hayot tarziga va harakatlariga ta’sir 
etuvchi doimiy o‘zgaruvchi axborot maydoni ta’sirida bo‘ladi. Axborot o‘z tavsifiga ko‘ra siyosiy, 
harbiy, iqtisodiy, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 848-XII-sonli «Davlat sirlarini 
saqlash to‘g‘risida»gi qonunning1 1-moddasida davlat sirlari tushunchasi berilgan: «Davlat 
tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan chegaralab qo‘yiladigan alohida 


ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga xil 
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi». Mazkur qonunning 3-
moddasida davlat sirlarining toifalari keltirilgan: «O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari – 
davlat, harbiy va xizmat sirlarini qamrab oladi. Oshkor etilishi respublika harbiy-iqtisodiy 
imkoniyatlarining sifat holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa 
qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib 
chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar davlat sirini tashkil etadi. Oshkor etilishi O‘zbekiston 
Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar 
keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy xususiyatga ega ma’lumotlar harbiy sirni tashkil etadi. 
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, 
texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi». 
Axborot xavfsizligi tushunchasi, uning tashkil etuvchilari tavsifi. Axborot xavfsizligi 
deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va 
uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday tа’sirlar 
ахbоrоt sоhаsidаgi munоsаbаtlarga
jumladan
, axborot egalariga, axborotdan 
foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni qo‘llab quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy 
zarar yetkazishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli 
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida2 axborot xavfsizligi axborot 
borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va u Axborot sohasida shaxs manfaatlari fuqarolarning 
axborotdan foydalanishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshishida, qonunda 
taqiqlanmagan faoliyat bilan shug‘ullanishida hamda jismoniy, ma’naviy va intellektual 
rivojlanishda axborotlardan foydalanishlarida, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlovchi axborot 
himoyasida namoyon bo‘ladi. Axborot sohasida jamiyat manfaatlari bu sohada shaxs 
manfaatlarini ta’minlashda, demokratiyani mustahkamlashda, ijtimoiy huquqiy davlatni qurishda, 
ijtimoiy hamjihatlikni qo‘llab-quvvatlashda o‘z aksini topadi. Axborot sohasida davlat manfaatlari 
milliy axborot infrastrukturasining rivojlanishiga sharoitlar yaratishda, axborot olish sohasida 
shaxs va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshishida, O‘zbekistonning 
hududiy birligini, suverenitetini va konstitutsiyaviy tuzumining mustahkamligini, siyosiy, iqtisodiy 
va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash maqsadida axborotdan foydalanishda, qonuniylik va huquq 
tartibotni qat’iy amalga oshishida, o‘zaro tenglik va o‘zaro manfaatdorlikdagi xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirishda ifodalanadi. Axborot xavfsizligi – ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat 
tizimli, kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu 
muammoni hal etishda 
huquqiy
, ma’muriy, protsedurali va dasturiy-texnik choralarni qo‘llaniladi. Bugungi kunda 
axborot xavfsizligini ta’minlaydigan uchta asosiy tamoyil mavjud: – ma’lumotlar butunligi – 
axborotni yo‘qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek ma’lumotlarni mualliflik huquqi 
bo‘lmagan holda hosil qilish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish; – axborotning konfedensialligi. 
Axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va unda axborot bilan ruxsatsiz 
tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa ko‘chirishning) oldini olish 
ta’minlangan bo‘ladi; – foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar 
axborotdan foydalana olishliklari. Ta’kidlash joizki, ayrim faoliyat sohalari (bank va moliya 
institutlari, axborot tarmoqlari, davlat boshqaruv tizimlari, mudofaa va maxsus tuzulmalar) 
ularda ko‘riladigan masalalarning muhimligi va xarakteriga ko‘ra, ularning axborot tizimlari 
faoliyati ishonchliligiga nisbatan yuqori talablar va xavfsizlik bo‘yicha maxsus choralar ko‘rilishini 
talab etadi. 8 Axborot xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimidagi o‘rni. XXI asrda shaxs, jamiyat va 
davlat taraqqiyotida axborot resurslari va texnologiyalarining rolini ortishi natijasida 


O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat sifatida qurish masalasini hal etish 
bilan birga quyidagi omillar milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimida axborot xavfsizligining yetakchi 
o‘rin egallashini belgilaydi: – milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan 
himoyalash axborot va axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi. – inson va uning 
huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik qilish – bu nafaqat axborot 
xavfsizligining asosiy obyektlari, balki xavfsizlik sohasidagi barcha xavfsizlik obyektlarining asosiy 
elementlari hamdir; – axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali 
milliy xavfsizlik masalalarini hal etish mumkin; – milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib 
turuvchi axborot tavsifiga ega. Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini 
mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog‘laydi. Bunda 
axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka 
biriktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi 
mavqeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishning 
strategik yo‘nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi maqsadlar 
yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi. Shu bilan birga davlat axborot siyosati 
mamlakatning tashqi va ichki siyosatining asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi hamda 
jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi. Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi 
axborot xavfsizligini ta’minlovchi 
maqsadlar
, vazifalar, tamoyillar va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 
rasmiy nuqtai nazarlar majmuini bildiradi. Quyida axborot xavfsizligining asosiy tashkil 
etuvchilari va jihatlari keltirilgan: − axborotni muhofaza qilish (shaxsiy ma’lumotlarni, davlat va 
xizmat sirlarini va boshqa turdagi tarqatilishi chegaralangan ma’lumotlarni qo‘riqlash ma’nosida); 
− kompyuter xavfsizligi yoki ma’lumotlar xavfsizligi – kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarning 
saqlanishini, foydalanishga ruxsat 9 etilganligini va konfedensialligini ta’minlovchi apparat va 
dasturiy vositalar to‘plami, axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish choralari; − 
axborot egalariga yoki axborotdan foydalanuvchilarga hamda uni qo‘llab quvvatlovchi 
infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki 
qasddan ta’sir etishlardan axborot va uni qo‘llab 
quvvatlovchi infratuzilmaning himoyalanganligi; − fuqarolar, alohida guruhlar va ijtimoiy 
qatlamlar, umuman olganda aholining yashash faoliyati, ta’lim olish va rivojlanishlari uchun 
zarur bo‘lgan sifatli axborotga bo‘lgan talablarining himoyalanganligi. Axborotni muhofaza qilish 
– axborot xavfsizligining (ma’lumotlarning butunligi, foydalana olish va zarur bo‘lganda, 
ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda foydalaniluvchi axborot va uning 
zaxiralari konfedensialligi) muhim jihatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuidir. 
Xavfsiz tizimda tegishli apparat va dasturiy vositalardan foydalanib, axborotni o‘qish, yozish, 
hosil qilish va o‘chirish huquqiga ega shaxslar yoki ular nomidan amalga oshiradigan jarayonlar 
orqali axborotdan foydalana olish boshqariladi. Ma’lumki, absolut xavfsiz tizimlar mavjud emas, 
lekin «ishonish mumkin bo‘lgan tizim» ma’nosidagi ishonchli tizimlardan foydalaniladi. 
Yetarlicha apparat va dasturiy vositalardan foydalanib, bir vaqtning o‘zida turli maxfiylik 
darajasidagi ma’lumotlarni foydalanuvchilar guruhi tomonidan foydalanish huquqlarini 
buzmagan holda qayta ishlash imkonini beruvchi tizim ishonchli hisoblanadi. Ishonchlilikni 
baholovchi asosiy mezonlar – bu xavfsizlik siyosati va kafolatlanganlik. Xavfsizlik siyosati – 
xavfsizlik obyektlari va subyektlarining berilgan ko‘pligining xavfsizligini ta’minlash protseduralari 
va mexanizmlarini belgilovchi qoidalar to‘plami1 . Tizim xavfsizligini ta’minlashning aniq 
mexanizmlarini tanlash qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Kafolatlanganlik himoyaning passiv qismi bo‘lib, tizimdan foydalanishda unga bo‘lgan ishonch 


darajasini ifodalaydi. Ishonchli tizimda xavfsizlikka taalluqli barcha jarayonlar ro‘yxatga olib 
borilishi kerak. 1 Алоқа ва ахборотлаштириш соҳасида ахборот хавфсизлиги. Атамалар ва 
таърифлар: Тармоқ стандарти. TSt 45-010:2010. 10 Axborotni muhofaza qilish tushunchasi 
axborot xavfsizligi tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Tor ma’noda axborotni muhofaza 
qilish deganda axborotni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash jarayonida uning xavfsizligi 
(konfedensialligi va butunligi)ni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar va harakatlar majmui 
tushuniladi. Bu ta’rif axborotni muhofaza qilish va axborot xavfsizligi tushunchalarining bir-biriga 
yaqin ekanligini bildiradi. Axborot xavfsizligi – bu uzatiluvchi, yig‘iluvchi va saqlanuvchi 
axborotning xususiyati (holati) bo‘lib, uning tashqi muhit (inson va tabiat) va ichki tahdidlardan 
himoyalanganlik darajasini xarakterlaydi. Axborotni muhofaza qilish keng ma’noda axborot 
xavfsizligiga tahdidni oldini olish va ularning asoratlarini yo‘q 
qilishga qaratilgan tashkiliy

huquqiy va texnik choralar kompleksini bildiradi. Axborotni muhofaza qilish axborotga bo‘lgan 
salbiy ta’sir manbalarini hamda sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ma’nosini 
anglatadi. Bu manbalar axborot xavfsizligiga tahdidlarni tashkil etadi. Axborotni muhofaza qilish 
quyidagilarga yo‘naltirilgan: – axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tahdidlarning 
oldini olish

– tizimli tahlil va nazorat orqali real va ehtimoli katta bo‘lgan tahdidlarni aniqlash va ularni o‘z 
vaqtida oldini olish choralari; – aniq tahdidlar va jinoiy harakatlarni aniqlash maqsadida 
tahdidlarni topish; – jinoiy harakatlarni bartaraf etish, shuningdek aniq jinoiy harakatlarni 
hamda tahdidlarni yo‘q qilish bo‘yicha choralar ko‘rish; – tahdid va jinoiy harakatlarning 
oqibatlarini yo‘q qilish va mavqeini saqlash. Ushbu barcha usullarning maqsadi axborot 
resurslarini noqonuniy tahdidlardan himoya qilish va quyidagilarni ta’minlashdan iborat: – 
konfedensial axborotlarning tarqab ketishini oldini olish; – konfedensial 
axborot manbalariga noqonuniy kirishni taqiqlash; – axborotning butunligi, to‘liqligi va undan 
foydalana olishni saqlash; – axborot konfedensialligiga rioya qilish; – mualliflik huquqlarini 
ta’minlash. Yuqoridagilarni e’tiborga olib, axborotni muhofaza qilish deganda davlat, jamiyat va 
shaxslarning axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan usul, vosita va choralar majmuini 
tushunish mumkin. 11 1.2. Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari Axborotni muhofaza 
qilishning maqsadi va konseptual asoslari. Umuman olganda axborotni muhofaza qilishning 
maqsadini quyidagicha ifodalash mumkin: – axborotni tarqab ketishi, o‘g‘irlanishi, buzilishi, 
qalbakilashtirilishini oldini olish; – shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish; – 
axborotni yo‘q qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy 
harakatlarning oldini olish; – axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta’sir qilishning 
boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk obyekti sifatida huquqiy 
rejimni ta’minlash; – axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va 
konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash; – davlat 
sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini ta’minlash; 
– axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarini 
loyihalash, ishlab chiqish va qo‘llashda subyektlarning huquqlarini ta’minlash. Axborotni 
muhofaza qilishning samaradorligi uning o‘z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan 
belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o‘tkazish axborotni tarqab ketishi mumkin 
bo‘lgan xavfli kanallarni yo‘q qilishni ta’minlaydi. Ma’lumki, birgina ochiq qolgan axborotni tarqab 
ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi. Axborotni 
muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, muhofaza qilishning to‘liq 
shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi: – 
sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‘ta takomillashgan 
texnik 
vositalari
; – axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning 
mavjudligi; – ushbu muammoga oid yetarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi; – yetarlicha 


amaliy tajriba va boshqalar. Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko‘ra ma’lumotlarga nisbatan 
jinoiy harakatlar kamayib borayotgani yo‘q, aksincha barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib 
bormoqda. 12 Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi. Umumiy 
yo‘nalishga ko‘ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo‘linadi: – O‘zbekistonning 
ma’naviy ravnaqi sohalarida, ma’naviy hayot va axborot faoliyatida fuqarolarning 
konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga tahdidlar; – mamlakatning axborotlashtirish, 
telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini rivojlanishiga, ichki bozor talablarini 
qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot 
resurslarini yig‘ish, saqlash va samarali foydalanishni ta’minlashga nisbatan tahdidlar; – 
Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya 
tizimlarining me’yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar. AXBOROT Tahdid 
obyektlari Tahdid manbalari Мақсадлар Himoya yo‘nalishi Himoya vositalari Himoya usullari 
Tahdidlar Axborot xavfsizligi tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan 
ta’sirlardan axborotning va qo‘llab-quvvatlovchi infrastukturaning 
himoyalanganligidir. Kirish usullari Axborot manbalari - huquqiy - tashkiliy - muxandislik-texnik - 
fizik - apparat - dasturiy - kriptografik - oldini olish - bartaraf qilish - to‘sish - qarshi harakat - 
insonlar - hujjatlar - nashrlar - texnik tashuvchilar - texnik vositalar - maxsulotlar - tanishish - 
modifikatsiyalash - yo‘q qilish - rаqоbаtdоshlаr - jinоyatchilаr - kоrruptsiyachilаr - mа‘muriy 
оrganlar - butunligiga - konfedensialligiga - to‘laligiga - ruxsat etilganligiga - oshkor etish 
hisobiga - tarqab ketish hisobiga - noqonuniy ruxsat hisobiga 13 Axborot hisoblash tizimlarida 
axborot xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta tashkil etuvchini 
ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq: 1) axborot; 2) texnik va dasturiy vositalar; 3) xizmat 
ko‘rsatuvchi personal va foydalanuvchilar. Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil 
etishdan maqsad foydalanuvchilarning talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan ta’minlash 
hamda ularning konfedensialligini saqlash hisoblanadi. Bunda axborot bilan ta’minlash vazifasi 
tashqi va ichki ruxsat etilmagan ta’sirlardan himoyalash asosida hal etilishi zarur. Axborot tarqab 
ketishiga konfedensial ma’lumotning ushbu axborot ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki 
shaxslar doirasidan nazoratsiz yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida qaraladi. 
Tahdidning uchta ko‘rinishi mavjud. 1. Konfedensiallikning buzilishiga tahdid shuni anglatadiki
bunda axborot unga ruxsati bo‘lmaganlarga ma’lum bo‘ladi. Bu holat konfedensial axborot 
saqlanuvchi tizimga yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalana olishlikni 
qo‘lga kiritish orqali yuzaga keladi. 2. Butunlikni buzishga tahdid hisoblash tizimida yoki bir 
tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan o‘zgartirishni o‘zida 
mujassamlaydi. Jinoyatchilar axborotni qasddan o‘zgartirganda, bu axborot butunligi 
buzilganligini bildiradi. 
Shuningdek
, dastur va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli 
axborotga noqonuniy o‘zgarishlar kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisoblanadi. 
Axborot butunligi – axborotning buzilmagan holatda mavjudligidir. 3. Xizmatlarning izdan chiqish 
tahdidi hisoblash tizimi resurslarida boshqa foydalanuvchilar yoki jinoyatchilar tomonidan 
ataylab qilingan harakatlar natijasida foydalana olishlilikni blokirovka bo‘lib qolishi natijasida 
yuzaga keladi. Axborotdan foydalana olishlilik – axborot aylanuvchi, subyektlarga ularni 
qiziqtiruvchi axborotlarga o‘z vaqtida qarshiliklarsiz kirishini ta’minlab beruvchi hamda ixtiyoriy 
vaqtda murojaat etilganda subyektlarning so‘rovlariga javob beruvchi avtomatlashtirilgan 
xizmatlarga tayyor bo‘lgan tizimning xususiyatidir. 14 Axborot xavfsizligiga tahdidlarning 
toifalanishi. Axborot xavfsizligiga tahdidlar darajasiga kora quyidagicha toifalanishi mumkin: a) 
shaxs uchun: – axborotlarni qidirish, olish, uzatish, ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha 
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzilishi; – fuqarolarni shaxsiy hayot 
daxlsizligi huquqidan mahrum qilish; – g‘ayriixtiyoriy zararli axborotlardan fuqarolarning o‘z 


sog‘liqlarini himoya qilish huquqlari buzilishi; – intellektul mulk obyektlariga tahdid. b) jamiyat 
uchun: – axborotlashtirilgan jamiyatni qurishga to‘siqlar; – jamiyatning ma’naviy yangilanish, 
uning ma’naviy boyliklarini saqlash, fidoyilik va xolislik, mamlakatning ko‘p asrlik ma’naviy 
an’analarini rivojlantirish, milliy, madaniy merosni targ‘ib qilish, axloq me’yorlari huquqlaridan 
mahrum qilish; – zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini taraqqiy etishi, mamlakat 
ilmiy va ishlab chiqarish potensialini rivojlantirish va saqlab qolishga qarshilik qiluvchi muhitni 
yaratish. Ахbоrоtgа tаhdidlаr – oshkor etish – tarqab ketish – nоqоnuniy ruхsаt 
Коnfеdensialligiga – bekor qilish – qalbakilashtirish – tovlamachilik Ishonchliligiga – buzilish – 
xato qilish – yo‘qotish Butunligiga – аloqa buzilishi – qabul qilishni taqiqlash Ruxsat etilganligiga 
huquqbuzarlikda namoyon bo‘ladi 15 v) davlat uchun: – shaxs va jamiyat manfaatlari 
himoyasiga 
qarshi harakatlar
; – huquqiy davlat qurishga qarshilik; – davlat boshqaruv organlari 
ustidan jamoat nazorati institutlarini shakllantirishga qarshi harakatlar; – shaxs, jamiyat va 
davlat manfaatlarini ta’minlovchi davlat boshqaruv organlari tomonidan qarorlarni tayyorlash, 
qabul qilish va tatbiq etish tizimini shakllantirishga qarshilik; – davlat axborot tizimlari va davlat 
axborot resurslari himoyasiga to‘siqlar; – mamlakat yagona axborot muhiti himoyasiga qarshi 
harakatlar. Axborot himoyasiga metodologik yondashuv – bu konfedensial axborotlarni saqlash 
vazifasini turli bosqichlarda yechish bo‘yicha asos bo‘luvchi g‘oyalar, muhim tavsiyalardir. Ular 
axborotni me’yoriy himoya qilish bazalarini yaratishda inobatga olinadi. Shuningdek, qonun va 
qonunosti aktlarini qabul qilishda me’yor sifatida tatbiq qilinadi hamda ularni 
bajarish majburiy xarakterga ega bo‘ladi. Axborotni muhofaza qilish tamoyillarini uchta guruhga 
bo‘lish mumkin: huquqiy, tashkiliy hamda texnik razvedkadan himoyalanishda va hisoblash 
texnikasi vositalarida axborotga ishlov berishda axborotni muhofaza qilishdan foydalanish. 

Download 256,96 Kb.




Download 256,96 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent gumanitar fanlar universiteti 03-23-iqs guruh talabasi Xudayberganov Atanazar Baxadirovichning

Download 256,96 Kb.
Pdf ko'rish