• 1-jadvalda keltirildi
  • Dizel yoqilgʻisiga prisadka qoʻshilmagan (a) va tarkibiga 0,0163 % prisadka qoʻshib tayyorlangan namunalarida (b) yedirilish dogʻi diametrlari oʻlchamlarini moylovchanlik xossalariga taʼsiri
  • Toshkent kimyo texnologiya instituti




    Download 361,89 Kb.
    bet3/7
    Sana29.05.2024
    Hajmi361,89 Kb.
    #256731
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    xim tex

    TEXNOLOGIK QISM
    Dizel yoqilgʻisining moylanuvchanlik xossalariga yoqilgʻining fraktsion tarkibi, qovushqoqligi va umumiy oltingugurt miqdorining taʼsir qonuniyatlarini oʻrganish, QMPE va parafin asosida YuYoS sintezi, ularga turli omillar taʼsirini va zamonaviy fizik-kimyoviy usullarda strukturaviy tadqiq qilish, sintez qilingan YuYoS larning dizel yoqilgʻisining moylovchanlik va eksplutatsion xossalariga taʼsirini tadqiq qilish, dizel yoqilgʻisining moylanuvchanlik xossalariga YuYoS lar asosida olingan prisadkalarning taʼsirini matematik modellashtirish keltirildi. Dizel yoqilgʻilarining fraktsion tarkibini yengillashtirish qovushqoqlikning kamayishiga olib keladi, bu ham ularning moylovchanlik xossalarini yomonlashuviga olib keladi. Turli dizel yoqilgʻilarining fraktsion tarkibi va qovushqoqligini, ularning moylovchanlik xossalariga taʼsiri aniqlash boʻyicha sinovlar oʻtkazildi. Fraktsion tarkibi yoki qovushqoqlikning dizel yoqilgʻisining moylovchanlik xossalariga taʼsirini oʻrganish uchun 0,01-0,08% gacha oltingugurtni saqlagan dizel yoqilgʻilar tanlandi. Tekshirilgan yoqilgʻilar tasniflari 1-jadvalda keltirildi.


    1. jadvaldagi sinov natijalaridan koʻrinib turibdiki, №4 da namunada №1 va №2 namunalarga qaraganda oltingugurt miqdori koʻproq, bu namunalarda yeyilish dogʻi diametrlari tegishlicha 610 mkm, 870 mkm va 835 mkm ga teng. Shuningdek, dizel yoqilgʻisining nisbatan yuqori qaynash haroratlariga ega boʻlgan № 5 va 6 namunalari uchun (haydashning 50 % li va 96 % li harorati 262-274 oС va 360-350 oС chegarasida joylashgan), bularga tegishli yedirilish dogʻi diametri 430-450 mkm da kuzatildi. Dizel yoqilgʻisida oltingugurt miqdori kamayishi natijasida yedirilish dogʻi diametri yiriklashadi va moylovchanlik xususiyatlari sezilarli darajada kamayadi (1-rasm). Dizel yoqilgʻilari moylovchanlik xossalariga oltingugurt miqdorining taʼsir mexanizmini, ularning ishqalanish yuzalarida xemosorbsion faolligi, metall oksidlari va sulfidlaridan hosil boʻladigan kimyoviy birikmalarni mustahkam plenkalar hosil 11 qilish qobiliyati bilan tushintiriladi. Gidrotozalangan dizel yoqilgʻilarda gidrotozalash chuqurligi oshgani sari oltingugurtli birikmalarning nafaqat miqdori, balki yoqilgʻini fraktsion tarkibida ham oʻzgarishlar sodir boʻladi.


    Tadqiqot natijalariga koʻra, bi- va tri-tsikliklardan farqli ravishda monotsiklik aromatik uglevodorodlar dizellarning ishlatilgan gazlaridagi qattiq zarrachalar va yonmagan uglevodorodlarning miqdoriga taʼsir koʻrsatmaydi. Shunday qilib, oksidlanishda QMPE makromolekula zanjirini turli joylaridan tasodifiy uzilish sodir boʻladi, natijada turlicha uglerod atomlarini saqlagan yuqori spirtlar aralashmasi hosil boʻladi. Soʻngra tayyorlangan aralashmani qisqa fraktsiyalarga ajratish uchun deflegmatorli kalonkada haydaldi. QMPE ning oksidlanish reaksiyasi sxemasi quyidagicha:

    Ikkilamchi xomashyo quyi molekulali polietilenni borat kislotasi ishtirokida oksidlash laboratoriya sharoitida 3-rasmda keltirilgan laboratoriya qurilmasi yordamida amalga oshirildi. Reaktorga 100 g quyi molekulali polietilen (QMPE) va unga ballondan azot va 3,5- 4,5% kislorod aralashtirib yuborildi, soʻngra borat kislotasidan 5,0 % mass. (QMPE massasiga nisbatan) qoʻshildi.

    Dizel yoqilgʻisiga prisadka qoʻshilmagan (a) va tarkibiga 0,0163 % prisadka qoʻshib tayyorlangan namunalarida (b) yedirilish dogʻi diametrlari oʻlchamlarini moylovchanlik xossalariga taʼsiri

    Download 361,89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 361,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo texnologiya instituti

    Download 361,89 Kb.