|
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompentensiyalar)
|
bet | 4/6 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 115,5 Kb. | | #129683 |
Bog'liq Mahsulotlar havfsizligi va sifat menejmenti dastur (6)V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompentensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini ta’minlash shakllari va usullarini ishlab chiqishning asosiy bosqichlari; sifat sohasidagi mukofotlar; xalqaro oziq-ovqat gigienasi dasturlarini rivojlanishi; oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida zamonaviy tushunchalar haqida tassavvur ega bo‘lishi;
oziq-ovqat xavfsizligi va saqlash muammolari; gigiena va sanitariya tizimlari; sifat ko‘rsatkichlarining turlari: yagona, nisbiy, aniqlovchi, kompleksli; sifatga ta’sir qiluvchi omillar; tajriba, ekspertiza va o‘lchashlarni olib borishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
xavfni aniqlash va xavfni boshqarish asosida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda sifatni boshqarish tamoyillaridan foydalanish; HACCP tizimiga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash; axborot xavfsizligini boshqarish tizimi, korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari, OHSAS 18001 bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish menejmenti tizimlari, ISO 9004: sifat menejmenti tizimlari bo‘yicha stnadartlardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
oziq-ovqat xavfsizligi tahlil qilish; gigiena va sanitariya tizimlari asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash; sifatga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish; oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda tajriba va ekspertiza ishlarini olib borish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
4
|
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
interfaol keys stadilar;
seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol javoblar)
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
|
5
|
|
|
| |