166
boricha ancha past haroratda, ehtimol 150
0
C da olib borish kerak. Aytib o’tish
kerakki, yog’ning yuqori haroratida gidrogenizasiya avtoklavida CO oksidi bevosita
chumoli kislotasidan yoki avtoklavning devorlari bilan ta’sirlashishi natijasida hosil
bo’ladigan temir formiati yordamida hosil bo’ladi. Yuqori gidrogenlashda hosil
bo’ladigan chumoli va uksus kislotalari avtoklav va boshqa qurilmalarning
korroziyasiga ta’sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Korxonalar sharoitida vodorod
va uning reaksiya mahsulotlari to’planishini oldini olish va buning ta’sirida
gidrogenizasiya tezligi pasaymasligi uchun davriy ravishda sirkulyasion gazni
tozalab turiladi va avtoklav bo’limining qurulmalari toza vodorod bilan yuvib
turiladi.