167
13§. Turli omillarni gidrogenlash jarayoniga ta’siri
Gidrogenlash jarayonining tezligi. Toza gliseridlarni gidrogenlash tezligi
ulardagi yog’ kislotalarining tarkibiga, katalizator aktivligi va miqdoriga,
sistemadan vodorod o’tkazishning intensivligi va uning yog’da bir tekis tarqalishiga,
yog’ni qizdirish temperaturasiga bog’liqdir. Ravshanki, katalizator qanchalik aktiv
bo’lsa, gidrogenlash shunchalik tez kechadi. Ishlatiladigan katalizatorning miqdori
ko’paytirib borilganda, yog’ gidrogenlanishining tezligi ma’lum darajagacha ortadi.
Ammo 180
0
C da va katalizator miqdori yog’ massasidan 0,3-0,4% dan ko’proq
olinsa, reaksiya tezligi sezilarli darajada ortmaydi. Bu hol, aftidan, vodorodning
yog’da kam eruvchanligi (240
0
S temperaturada taxminan 10% hajmida) va uning
yog’dagi diffuziyasi tezligining pastligi sababli bo’lsa kerak. Natijada, yog’ga ko’p
miqdorda berilgan katalizator samarasiz foydalaniladi. Uning optimal miqdori
boshqa sabablarga, masalan katalizator zarralarining disperslik darajasiga, vodorod
pufakchalarining kattaligiga, ularning yog’da bir tekis tarqalishiga ham bog’liqdir.
Пахта мойини N-210, N-820 ва Ni:Cu катализаторлари иштирокида
гидрогенлашда, катализатор миқдорининг реакция тезлигига таъсири тадқиқ
қилинgan (13.1-, 13.2- ва 13.3-жадваллар).
13.1-jadval
Paxta moyini gidrogenlash jarayoniga katalizator(N-820) miqdorining ta’siri