• Tayanch so’z va iboralar
  • 12§. Yog’larni gidrogenlashda kimyoviy o’zgarishlar va salomas hidini hosil bo’lishi
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/105
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,92 Mb.
    #123471
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105
    Bog'liq
    YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

     
     
    Takrorlash uchun savollar 
    1. Yog’ va moylarni gidrogenlash va pereeterifikasiyalashdan maqsad nima? 
    2. Gidrogenlash jarayonida yog’ va moylarda qanday kimyoviy o’zgarishlar sodir 
    bo’ladi? 
    3. Gidrogenlash selektivligi nima? Salomas sifatini shakllantirish qanday 
    ahamiyatga ega? Uni boshqarishning qanday usullari mavjud? 
    4. Yog’larni gidrogenlash jarayonidagi izomerlanish jarayonini, uni salomas 
    sifatini shakllantirishdagi ahamiyatini va rostlash usullarini ko’rib chiqing. 
    5. Gidrogenlashda qanday katalizatorlardan foydalaniladi? Ular qanday 
    tayyorlanadi? Katalizator sifatini qanday nazorat qilinadi? 
    Tayanch so’z va iboralar: hayvon yog’lari, to’yingan yog’ kislotalari, katalizator, 
    vodorod, nikel-mis, gidrogenlash, selektivlik, xemosorbsiya, solishtirma sirt, aktiv 
    markazlar, multiplet nazariyasi, qo’shbog’ 


    160 
    12§. Yog’larni gidrogenlashda kimyoviy o’zgarishlar va salomas hidini 
    hosil bo’lishi 
    Katalitik gidrogenlash jarayoni yog’ va moylarni qayta ishlashdagi eng muhim 
    va murakkab kimyoviy jarayonlardan biri hisoblanadi[111]. Ko’plab kimyogarlar 
    yog’larni gidrogenlash jarayonini to’yinmagan yog’ kislotalaridagi qo’shbog’larni 
    katalizator ishtirokida vodorod bilan oddiygina to’yinishi deb ta’riflashadi. Albatta, 
    bu faqatgina gidrogenlash vaqtidagi eng murakkab jarayonlardan biri xolos. Aslida 
    esa gidrogenlash jarayonida quyidagi reaksiyalar sodir bo’ladi[110]: 
    1) to’yinmagan yog’ kislotalarning etilen bog’lariga vodorodning birikishi, ya’ni 
    asl gidrogenlanish 
    —СН
    2
    ―СН = СН―СН
    2
    ― + Н


    ―СН
    2
    −СН
    2
    ―СН
    2
    ―СН
    2
    ― ; 
    2) to’yinmagan yog’ kislotalarning pozision izomerlanishi (etilen bog’ining 
    molekuladagi uglerod zanjiri bo’ylab ko’chishi). 
    ―CH
    2
    ― CH = CH — CH
    2
    ― ― CH
    2
    ― CH
    2
    ― CH = CH ― ; 
    3) to’yinmagan kislotalarning geometrik izomerlanishi (sis–trans – 
    izomerlanish): 
    ― CH
    2
    ― CH ―CH
    2
    —CH 
    —CH
    2
    ―CH
    СН ― СН
    2

    цис-шакли 
    транс-шакли 
    4)trigliseriddagi yog’ kislotalarning qayta taqsimlanishi (pereeterifikasiya).
    Yog’ va moylarni gidrogenlash orqali bir nechta maqsadlarga erishish 
    mumkin[107,110,111]: 
    − Yog’ kislota tarkibidagi to’yingan va to’yinmagan kislotalar nisbatini 
    minimal miqdorda o’zgartirib, moyning konsistensiyasini o’zgartirish va erish 
    haroratini oshirish(oziqa salomaslari uchun); 
    − To’yinmagan birikmalar miqdorini kamaytirib, yog’ mahsulotlarini ta’m va 
    hid barqarorligini ta’minlash uchun yog’ va moylarni oksidlanishga 
    barqarorligini oshirish;
    − Gidrogenlanayotgan moydagi to’yingan yog’ kislotalari miqdori, erish 
    harorati va konsistensiyasini o’zgartirish(yuqori titrli salomaslar uchun) 


    161 
    Yog’larni gidrogenlash kimyoviy prosesslari murakkabdir. Bu prosesslar 
    gliseridlar va yog’da uchraydigan aralashmalarning vodorod, suv bug’i va yuqori 
    temperaturadagi issiqlik va ma’lum me’yorda katalizator ta’sirida kechadigan 
    o’zgarishlardir. 
    Bundan tashqari yog’larni zavod sharoitida gidrogenlanganda texnikaviy 
    vodorod tarkibiy qismlarining, shuningdek gliseridning issiqlik va gidroliz sababli 
    parchalanib ba’zi bir mahsulotlar hosil qilishi bu ximiyaviy reaksiyalarni yana ham 
    murakkablashtiradi. 
    Yuqorida aytib o’tilgan ximiyaviy reaksiyalar olinadigan gidrogenlangan 
    yog’ sifatiga, reaksiya tezligiga, apparaturaning saqlanishiga ta’sir qiladi, salomasga 
    qo’shimcha ishlov berish kabi operasiyalarni amalga oshirishni talab etadi. 
    Yog’dagi aralashmalarning gidrogenlash prosessidagi o’zgarishlar. 
    Vodorod ta’sirida yog’ tarkibidagi sterinlar qo’shbog’larining to’yinishi 
    natijasida to’yingan spirtlarga va spirt gruppasining qaytarilishi natijasida 
    uglevodorodlarga aylanishi mumkin. Sterinlar issiqqa chidamsiz bo’ladi, shu sababli 
    yuqori temperaturada ular smolalanib qoladi. Shuning uchun gidrogenlangan 
    yog’larda ularning miqdori kamayadi. Sterinlarning yuqorida ko’rsatib o’tilgan 
    o’zgarishlari natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlar katalizator aktivligiga sezilarli 
    ta’sir etmaydi. 
    Gidrogenlash prosessida A va D vitaminlari biologik aktivliklarini 
    yo’qotadi. Bu hol asosan yuqori temperaturada qizitish va vodorodning 
    to’yintiruvchi ta’siri sababli yuz beradi. Aksincha, Ye vitamini esa gidrogenlangan 
    yog’ tarkibidagi deyarli butunlay saqlanib qoladi. 
    Rafinatsiyalangan yog’lar tarkibida oz miqdorda qoladigan fosfatidlar, 
    katalizator yuzasida to’planib, vodorod ta’sirida gidrogenlanadi. Ba’zi bir hollarda 
    ular parchalanadi. (masalan, kungaboqar yog’i gidrogenlanganda), hosil bo’ladigan 
    fosfatlar esa, gidrogenlash tezligiga ta’sir qilmagan holda katalizator yuzasida 
    ushlanib qoladi. Boshqa hollarda esa (masalan, raps moyi gidrogenlanganda), 
    fosfatidlar parchalanishi natijasida katalizator sirti blokirovkaga uchraydi, 
    pirovardida yog’ni gidrogenlash prosessi susayadi. 


    162 
    Yog’larning tabiiy hidini belgilovchi moddalar nisbatan yengil uchuvchan 
    bo’lganligi sababli, gidrogenlash vaqtida ularning ko’p qismi izbыtoyanыy 
    (ortiqcha) vodorod bilan birga avtoklavdan chiqarib tashlanadi. Bunday 
    moddalarning to’yinmagan qismi avtoklavda ma’lum miqdorda to’yinadi, aldegidlar 
    esa sirtga aylanishi mumkin. 

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash

    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish