178
natijalariga e’tibor beradigan bo’lsak, yod soni 100 %J
2
ga yaqin va erish harorati
18-23
0
C oralig’ida bo’lgan gidrogenizatni Ni:Cu katalizator ishtirokidagi tajribaning
4-5- namunalarida ko’rishimiz mumkin. Ya’ni gidrogenlash harorati 200
0
S,
gidrogenlash vaqti 40-50 minut oralig’ida bo’lganda, olingan gidrogenizatning yod
soni 104,7-98,6 %J
2
, erish harorati 18,8-21,6
0
C va kislota soni 0,25-0,28 mg KOH
ga teng bo’lgan. Xuddi shunga o’xshash ko’rsatkichli gidrogenizatni N-210
katalizatori ishtirokida ham olish mumkin ekanligini ko’ramiz. Bunda olingan
gidrogenizatning yod soni 103,4-94,5 %J
2
va erish harorati 18,2-22,7
0
C ga teng
bo’ldi.
Gidrogenlash jarayonida moyning yog’ kislota tarkibining qanday o’zgarishi
katta ahamiyat kasb etadi. Negaki, moyning oksidlanishga barqarorligi bilan birga
uning hazm bo’lish xususiyati ham bevosita uning yog’ kislota tarkibiga bog’liq.
Shuning uchun soya moyini qisman gidrogenlash jarayonida olingan
gidrogenizatlarni yog’ kislota tarkibi aniqlandi. Tahlil natijalari 14.4 va 14.5-
jadvallarda keltirilgan.
15>15>15>15>15>15>15>