• Takrorlash uchun savollar
  • 10§. Dezodorasiya jarayoniga turli omillarning ta’siri
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/105
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,92 Mb.
    #123471
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
    Bog'liq
    YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

    Tayanch so’z va iboralar: alifatik uglevodorodlar, tabiiy efir moylari, aldegidlar, 
    ketonlar, oksi kislotalar, silikatlar, dezodorasiya, bug’latish, aromatik moddalar, 
    stearin kislotasi, yuqori harorat, past vakuum, Raul qonuni, ochiq bug’
    Takrorlash uchun savollar 
    1. Yuqori sifatli dezodorasiya qilingan yog’ olish uchun qanday talabalarga 
    rioya etish lozim? 
    2. Yog’ni xidsizlantirilganini qanday bilsa bo’ladi? 
    3. Dezodorasiya jarayoniga qanday omillar ta’sir etadi? 
    4. Hid va ta’m beruvchi moddalar haqida ma’lumot bering. 
    5. Hid va ta’m reversiyasi deganda nimoni tushunamiz? 


    135 
    10§. Dezodorasiya jarayoniga turli omillarning ta’siri 
    Dezodorasiya suyuqliklarni haydash (distillyasiya) usullaridan biri 
    hisoblanadi. Hidsizlantirish jarayoni uch bosqichdan iborat: suyuqlik qatlamidagi 
    hid beruvchi moddalarni bug’lanish qatlamiga o’tishi; hid beruvchi moddalarning 
    bug’lanishi; bug’lanish qatlamidan bug’langan moddalar molekulalarini yo’qotish. 
    Uchuvchan moddalar sifat va miqdor jihatdan har xil tarkibli moddalarning 
    murakkab kompleksidan tashkil topgan. Ular trigliseridlarga nisbatan ko’proq bug’ 
    elastikligiga ega, ya’ni uchuvchanlik hosil qiladi. Hidsizlantirish samaradorligi hid 
    beruvchi moddalar tarkibiga, uchuvchanligiga va jarayon haroratiga bog’liq. 
    Haroratning ko’tarilishi bilan hid beruvchi moddalarning uchuvchanligi va 
    bug’larning tarangligi oshadi. Agar harorat juda yuqori bo’lsa, bu hol yog’larning 
    polimerizasiyasi va oksidlanishiga olib keladi. Harorat 250 
    0
    C dan oshsa, yog’larni 
    termik parchalanishi kuchayadi va yog’larni yo’qotilishi ortadi. 
    Aromatik moddalarni haydashda haroratni pasaytirish uchun hidsizlantirish 
    jarayoni vakuum ostida, ochiq bug’ ta’sirida olib boriladi. 
    Iste’mol qilishga mo’ljallangan yog’larni sifati dezodorasiya jarayonini 
    to’liq va kamchiliksiz olib borishga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun dezodorasiya 
    yog’larni tozalashdagi asosiy jarayonlardan biridir. Hid va ta’m beruvchi 
    moddalardan moylarda yaxshi eriydi, hamda yuqori molekulyar massaga va past 
    bug’ bosimiga egadir. Uchuvchan moddalarning bug’ bosimlari yog’ kislotalarining 
    bug’ bosimiga yaqin bo’ladi. 
    Uchuvchan moddalarning va erkin yog’ kislotalarining miqdorini kamligi, 
    shuningdek, bug’ bosimini pastligi uchun ularning eritmalari ideal eritmalar 
    hisoblanib, ularning bug’ fazasi Dalton qonuniga bo’ysunadi.
    Dezodorasiyaning muhim belgisi, berilayotgan ochiq bug’ miqdori va 
    dezodorasiya vaqti hisoblanadi. Bu omillar o’z navbatida dezodoratordagi bosimga, 
    dezodorasiyalanayotgan moyning miqdoriga, hamda hid beruvchi moddalarning 
    boshlang’ich va oxirgi konsentrasiyalariga bog’liq.
    Ochiq bug’ qurilmaga barbatyor, aralashtirgich va boshqa bug’ taqsimlagich 
    moslamalar orqali beriladi. Bu suyuqlikni intensiv aralashtirishni ta’minlaydi, o’ta 


    136 
    qizib ketishni kamaytiradi. Mayda pufakcha ko’rinishida haydalgan bug’ yog’ bilan 
    bug’ yog’li ko’pik holidagi aralashma hosil qiladi. Shu sababli hidli moddalar yog’ 
    tomchisidan uning yuzasiga diffuziyalanadi va suv bilan aralashadi. Natijada 
    dezodorasiya jarayoni tezlashadi va osonlashadi. Ko’pgina dezodoratorlarda hidli 
    moddalarni yo’qotish jarayoni plyonkali qatlamda olib boriladi.
    Dezodorasiyada bosimni kamayishi bilan hid beruvchi moddalarning 
    qaynash harorati va ochiq bug’ sarfi kamayadi. 
    Chuqur vakuum, otilib chiqayotgan bug’ pufakchalarini maydalanish 
    imkonini beradi; bunda pufakcha ishchi yuzasining oshishi bilan uning hajmi 
    kengayadi. Natijada bug’lanish koeffisiyenti oshadi. Shu bilan birgalikda vakuum 
    dezodorasiyalash davomiyligiga, yog’ sifatiga va bug’ sarfiga sezilarli ta’sir 
    ko’rsatadi.
    Tayyor mahsulot sifatiga ta’sir qiladigan boshqa omillardan biri 
    dezodorasiya jarayonining borish sharoiti va qurilmani konstruksiyasi hisoblanadi.
    Har bir moy va yog’ turi uchun alohida optimal dezodorasiyalash harorati 
    mavjud. Bu narsa hid beruvchi moddalar tarkibiga bog’liq. Tarkibida past 
    molekulyar massali hid beruvchi moddalar bo’lgan kokos, palma yadro va shunga 
    o’xshash moylarni haydash harorati kungaboqar moyi, salomas va boshqa 
    yog’larnikiga nisbatan past bo’ladi.
    Dezodoratorlar albatta izolyasiyalangan bo’lishi kerak, chunki hid beruvchi 
    moddalar bug’lari kondensasiyalanmasligi va dezodorasiyalangan moyga 
    qaytmasligi kerak. Yog’larni oksidlanishini kamaytirish uchun dastlab yuqori 
    bo’lmagan haroratda deaerasiya qilinadi.
    Dezodorasiyalangan yog’ni barqarorligini oshirish uchun unga anti- 
    oksidantlar yoki sinergistlar, asosan limon kislotasi qo’shiladi. Ular metallarni 
    aktivligini kamaytiradi va katalizator kabi oksidlashni oldini oladi.
    Ba’zi xollarda hid va ta’mni yog’da qaytadan paydo bo’lishi kuzatiladi. Agar 
    dezodorasiya jarayoni texnologik rejimga to’la rioya qilgan holda olib borilsa, hid 
    va ta’mni qaytadan paydo bo’lishi yuz bermaydi. Barcha sharoitlar to’g’ri olib 


    137 
    borilganda dezodorasiyalangan yog’ benuqson organoleptik ko’rsatkichlarga ega 
    bo’ladi.
    Yog’lardagi individual uchuvchan moddalarning va erkin yog’ 
    kislotalarining miqdori aniq bo’lmaganligi uchun hisoblashda, suyuqlik fazasi 
    (yog’) ikkita komponentdan tashkil topgan deb qabul qilinadi, ya’ni trigliserid va 
    erkin stearin kislotasi. Shuning uchun stearin kislotaning kamayishi bo’yicha 
    dezodorasiya jarayoni nazorat qilinadi. 
    Tartib qoidaga binoan dezodorasiya qilingan yog’da stearin kislotasini 
    miqdori 0,02%gacha bo’lsa, u holda yog’ hidsizlangan hisoblanadi.

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash

    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish