• Salomasning ishqorsiz rafinatsiyasi
  • Dezodorasiyalangan yog’ning orgonoleptik baholash




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/105
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,92 Mb.
    #123471
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105
    Bog'liq
    YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

    Dezodorasiyalangan yog’ning orgonoleptik baholash. 
    Nerv sistemasining analitik funksiyasi analizator (reseptorlar) yordamida 
    amalga oshiriladi. Qo’zg’atish (razdrajeniye)ga javoban reseptorlar uni miya 
    hujayralariga beradi va u yerdan nevr yo’llari bo’ylab javob qo’zg’atishlar tarqaladi. 
    Og’iz va burun shilimshiq pardalaridagi oddiy hujayralar orasidagi maxsus 
    hujayralarning borligi yuqori sezgi organlari sezuvchanligini oshiradi. Ta’mni bilish 
    va sezish xususiyatni faqat suvda eriydigan moddalargina beradi. 
    Ta’m bilishni qo’zg’atadigan moddalar qatoriga ionizirlanmagan (shakar) 
    yoki ionizirlangan eritma (kislota va tuzlarning suyuq eritmasi)lar kiradi. 
    Og’iz bo’shlig’iga tushgan moddalarning ta’m berish xususiyati til yuzasining 
    o’sha moddalarga qanchalik ishlov berishiga bog’liq. 
    Ta’m berish xususiyatini hosil bo’lishi va ta’mga ega moddalarni molyar 
    eritmasini minimal konsentrasiyasi orqali chegara konsentrasiyasini aniqlash 
    mumkin.
    Shirin moddalar uchun bu konsentrasiya 10000 marta, kislota uchun 5 marta, 
    achchiq moddalar uchun 1000 marta suyultirilgan holda bo’ladi. Konsentrasiyalar 
    og’iz bo’shlig’iga 10 ml eritmani olish natijasida aniqlangan. Uzluksiz ravishda 
    ta’mga ega bo’lgan moddalar va tilning o’zaro ta’siri asta sekinlik bilan 
    sezuvchanlikni kamaytiradi. 
    Burun bo’shlig’ining hid biluvchi epiteliyalar bilan qoplangan og’iz 
    bo’shlig’iga yaqin bo’lgan orqa qismi, ozuqa hidiga sezgir. Ozuqa jig’ildonga 
    o’tgandan keyin, burundan chiqarilgan nafas yutilgan ozuqa bug’lariga to’yingan 
    bo’ladi. Bu esa degustatorga ozuqa xususan moyning ta’mi va hidini aniqlash 
    imkoniyatini beradi. 


    130 
    Salomasning ishqorsiz rafinatsiyasi 
    Rafinatsiyalanmagan ozuqaviy salomas rafinatsiyaga kislota soni 1 ml KOH 
    dan yuqori bo’lmagan holda beriladi, namligi va uchuvchan moddalar miqdori 0,2%, 
    nikel esa 10 mg/kg dan oshmasligi kerak. Jarayon 2 bosqichdan iborat bo’ladi. 
    1. Yog’ni tayyorlash 
    2. Yog’ kislotalari va hid beruvchi moddalarni distillyasiyalab haydash 
    Birinchi bosqich quyidagilarnio’z ichiga oladi: nikel va nikelli sovun 
    ko’rinishidagi salomasda erimaydigan limonnokislыy nikel holida yo’qotish uchun 
    limon kislotasi bilan ishlov berish; limonnokislыy nikelning asosiy miqdorini 
    yo’qotish uchun kondensat bilan yuvish; fazalarni separatorlarda ajratish; quritish; 
    nikel qoldiqlari, nikelli sovun, yog’ kislotalarini adsorbsiya usuli bilan tozalash. 
    Salomasga limon kislota bilan ishlov berilganda temperatura 90
    0
    C, kislota 
    konsentrasiyasi 5-15% sarf 25-50 g/t. Oqlash jarayonida adsorbent miqdori 0,4-
    0,5% (yog’ massasiga nisbatan) bo’lishi kerak. 
    Ikkinchi 
    bosqich. 
    Ozuqaviy 
    salomas 
    dezodorasiyasi 
    uzluksiz 
    dezodorasiyalash uskunalarida olib boriladi. Bunda kislotalarini ushlab qolish uchun 
    yordamchi qurilma o’rnatilgan bo’lishi kerak.
    O’simlik moylari va yog’larni dezodoratsiyalashning texnologik sxemasi 9.1-
    rasmda keltirilgan.
    Sexga kelayotgan o’simlik moyi yig’gich(1)ga yig’iladi. Nasos(2) orqali tayyor 
    moy realizasiyaga yoki boshqa maqsadlarda qo’llash uchun yuboriladi. 



    Download 3,92 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dezodorasiyalangan yog’ning orgonoleptik baholash

    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish