Yeryong’oq moyini rafinatsiyalash




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/105
Sana19.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#123471
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
Bog'liq
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

 
8.6. Yeryong’oq moyini rafinatsiyalash 
Yeryong’oq moyini rafinatsiyalash jarayoni uning tarkibidagi spesifik va 
allergik moddalar, hamda ularning turli hosilalari borligi tufayli bir muncha 
murakkab hisoblanadi. 
Yeryong’oq Arachis hypogaoa L. o’simlik turkumiga kirib, bir yillik o’simlik 
hisoblanadi. Boshqa dukkakli ekinlarga nibatan tez yetiladi va mevasi yer ostida 
yetishadi. Tarkibida 47-50% moy mavjud. Siqib moy olinganda yeryong’oq ta’mi 
ko’proq moyida qoladi, kunjarasida esa juda kam bo’ladi. Boshqa moylar, ayniqsa, 
paxta moyiga nisbatan kam miqdorda fosfatid va yog’ bo’lmagan komponentlar 
saqlaydi[59]. Tadqiqotlarni ko’rsatishicha, tarkibida resveratrol kimyoviy birikmasi 
mavjud bo’lib, u yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi. 
Yeryong’oq qimmatli moyli o’simliklar qatoriga kiradi, dukkaklarida 60% 
gacha moy va 30% dan ortiq oqsil bor. Shu sababli uning asosiy qismi moy olish 
uchun qo’llaniladi. Sovuq presslash usuli bilan oliy navli moy olinadi. Bu moy 
asosan baliq konservalari, margarin, qandolat(shokolad) va nonpazlik mahsulotlari 
ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Bundan tashqari farmokologiyada ham ishlatiladi. 
Past navli moy sovun pishirishga yo’naltiriladi va Marsel sovuni deb nomlanuvchi
yuqori sifatli sovunlar olinadi. Kunjara va shroti konsentrlangan oqsilli ozuqa 
hisoblanadi 
va 
parranda, 
qoramol, 
ayniqsa, 
buzoqlarni 
oziqlantirishda 
ishlatiladi[60]. 
Yeryong’oq oqsilidan o’simliklardan olinadigan jun gazlama – ardil 
tayyorlanadi, hamda uni plastmassa, kley va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda 
ishlatiladi. 


110 
Dunyo miqyosida yetishtiriladigan yeryong’oq hosilining taxminan yarmi 
moy olish uchun qo’llaniladi. AQShda yeryong’oq asosan oziqaviy delikateslar 
uchun yetishtiriladi, boshqa mamlakatlarda esa moy va kunjara olish maqsadida 
ekiladi. Boshqa o’simlik moylari bilan raqobat va oziqaviy yong’oqqa bo’lgan talab 
tufayli AQShda atigi 10-15% yeryong’oq hosili moy olish uchun qo’llaniladi xolos. 
Yeryong’oq juda qadimdan mavjud bo’lib, u dastlab tabiatda yovvoyi holda 
tarqalgan. Uning vatani Janubiy Amerika sanaladi. Biroq u Afrikada ommalashib, 
rivojlanadi. Amerika kashf etilgandan so’ng yeryong’oq Osiyo mamlakatlari – 
Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Hindixitoy va boshqa Sharqiy Osiyo mamlakatlarida 
tarqaladi. 
Yevropaga yeryong’oq Xitoy yoki Hindistondan kirib kelgan deb taxmin 
qilinadi. Negaki yaqin vaqtgacha Yevropada yeryong’oq “Xitoy yong’og’i” deb 
atalardi. 
AQShga yeryong’oq Afrikalik qullar tomonidan olib borilgan. Dastlab qullar 
uchun oziqa sifatida yetishtiriladi. Keyinchalik Shimol va Janub urushidan keyin 
keng ommalashib ketadi. 
Rossiyaga yeryong’oq XVIII asrda Turkiyadan kirib kelgan. O’rta Osiyoga 
esa XX asr boshlarida kirib kelgan. 
Sobiq ittifoq davrida, jumladan 1940 yillarda 23 ming ga maydonda 
yeryong’oq yetishtirilgan bo’lib, uning asosiy qismi O’zbekistonda ekilgan. Urush 
davrida yeryong’oq yetishtirish keskin kamayib ketadi. Keyinchalik dunyo bozorida 
yeryong’oq narxi paxta tolasidan qimmatlashgach, 1988 yildan keyin Sobiq ittifoqda 
yeryong’oq yetishtirish qayta tiklanadi[59,60]. 
Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yeryong’oq 
moyi yuqori darajada tozalanganda tarkibidagi allergik reaksiyalarni qo’zg’atuvchi 
allergik oqsillar yo’qoladi. Britaniya tibbiyot jurnali(British Medical Journal)da 
nashr etilgan bir tadqiqot ishida bayon etilishicha, yeryong’oq moyini 60 ta allergiya 
kasalligi bor bemorda sinab ko’rilganda, rafinatsiyalangan yeryong’oq moyi birorta 
bemorga salbiy ta’sir etmagan va sog’ligiga xavf tug’dirmagan[61]. 
AQShda davlat ahamiyatiga molik rasmiy qonunda shunday yozilgan: yuqori 


111 
darajada tozalangan moylardan olingan rafinatsiyalangan moy va ingrediyentlar 
“asosiy oziq-ovqat allergenlari”ni aniqlashdan holi hisoblanadi. 
Yuqori darajada tozalangan yeryong’oq moyi allergiyaga oid masalada 
yeryong’oq, yeryong’oq pastasi va yeryong’oq unidan farq qiladi. Chunki 
yeryong’oq moyi rafinatsiya jarayonidan o’tkaziladi, ya’ni u tozalanadi, oqlanadi va 
hidsizlantiriladi. Yeryong’oq moyiga reglament bo’yicha ishlov berilganda u yuqori 
darajada rafinatsiyalangan bo’ladi va undagi allergik reaksiya qo’zg’atuvchi oqsillar 
yo’qoladi. Bu yeryong’oq moyini allergenlardan holi qiladi. AQShda umumiy 
ovqatlanish joylarida qo’llaniladigan yeryong’oq moyi puxta rafinatsiyalanadi va 
qayta ishlanadi. 
Yeryong’oqni noqulay sharoitda saqlanganda u mog’orlaydi yoki 
kemiruvchilarga yem bo’ladi. Mog’orlangan yeryong’oqda 5500 mg/kg dan ortiq 
aflotoksin bo’ladi, undan olingan moyda bunday zaharli moddadan 812mg/kg 
miqdorida bo’ladi. Ishqoriy rafinatsiyadan so’ng aflotoksin miqdori 10-14 mg/kg 
gacha kamayadi, oqlangandan so’ng esa 1 mg/kgdan kam bo’ladi. 
Monoto’yinmagan olein kislotasi yeryong’oq moyidagi asosiy yog’ kislota 
bo’lib, u moyga oksidlanish va termik barqarorlik xususiyatlarini beradi. 
Yeryong’oq moyidagi olein kislotasining miqdori soya va makkajo’xori 
moylarinikidan ko’p, biroq zaytun moyinikidan kam. U 0-3 
0
C haroratda qotadi va 
qiyin eriydigan fraksiyasining kristallanmasligi tufayli salat moyi olishda qotib 
qolmaydi. Yeryong’oq moyining 96% trigliseridlari o’zida palmitin, olein va linol 
yog’ kislotalarini saqlaydi. Moy tarkibi 80% to’yinmagan va 20% to’yingan yog’ 
kislotalaridan tashkil topgan. Yog’ kislotalarini bunday mutanosibligi yeryong’oq 
moyini qizdirilganda va saqlashda barqarorligini ta’minlaydi. To’yinmagan yog’ 
kislotalarning katta qismini olein C
18:1
va linol C
18:2
hamda kam miqdorda gadoolein 
C
20:1
va aseteruk C
24:1
kislotalari tashkil etadi. Bunday tarkib moyni oksidlanishga 
barqarorligini ta’minlaydi. Yeryong’oq moyi tarkibida taxminan 7% atrofida S
20
, S
22
va S
24
kislotalari uchraydi. Bu yuqori molekulyar yog’ kislotalari moyni 
identifikasiyalash uchun muhim komponentlar sanaladi[62,63]. 


112 
Vashington universiteti va Dana-Farber onkologiya instituti ekspertlari ko’p 
yillik tekshiruv natijalarini e’lon qilib, yer yong’oq moyi ayollardagi ko’krak 
saratonini rivojlanishini 39% ga kamaytirishini e’lon qilishdi. 9 mingta ayol 
tajribada qatnashgan bo’lib, ushbu gipotezaning haqqoniyligini tasdiqlashdi. 
Haftasiga 2 marta yer yong’oq moyini iste’mol qilgan ayollarda bunday kasallik 
umuman kuzatilmagan. Hozirgi kunda olimlar yer yong’oq moyining aynan qaysi 
bir moddasi shifobaxsh hususiyatga ega ekanligi haqida bosh qotirishmoqda[64]. 
Tadqiqot mualliflari[65] AQShda yetishtirilgan sakkiz xil navdagi 
yeryong’oqlar (AT-201, GA-02C, FR-458, GA-01R, C99R, AP-3, GaGreen, C1-
239)dan olingan moylarni tadqiq qilib, ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini 
o’rganishgan. Jumladan olingan moylarni dinamik va kinetik qovushqoqligi, hamda 
zichliklarini turli haroratlarda o’lchab, ularning fizik xossalariga ta’sirini 
aniqlashgan. Tadqiqotchilar moylarni fizik xossalarini ulardan olinadigan 
bioyoqilg’i xususiyatlariga ta’sirini tadqiq qilishgan.
Tadqiqot mualliflari[66] Virginia Runner, Virginia Bunch va Spanish Bunch 
turkumidagi yeryong’oq genotiplarining moy tarkibi va yog’ kislota tarkibini tadqiq 
qilishgan. Moy tarkibi jihatdan uchchala genotip deyarli bir xil bo’lib, yog’ kislota 
tarkibi jihatdan bir biridan farq qilgan. Olein kislotasining konsentrasiyasi Virginia 
Runner > Virginia Bunch ≥ Spanish Bunch bo’lgan bo’lsa, linol kislotasining 
konsentrasiyasi esa aksincha bo’lgan. Virginia Runner genotipida olein/linol(O/L) 
nisbati yuqori bo’lib, uning yod soni va to’yinmaganlik darajasi past va 
oksidlanishga barqarorligi yuqoridir. Virginia Bunch va Spanish Bunch 
genotiplarining moylari tarkibida linol kislotasining konsentrasiyasi yuqori bo’lib, 
mualliflar bu moylarni rafinatsiyalangan moy holida qo’llashni tavsiya etishadi. 
Xitoy olimlari[67] oddiy va yuqori oleinli yeryong’oq dukkaklaridan 
olingan moylarni yog’ kislota tarkibi va trigliserid tarkibini tadqiq qilishgan. Buning 
uchun Xitoy mintaqasida yetishtirilgan 6 ta oddiy navdagi(N-3101, N-3105, N-
3107, N-3109, N-6107, N-6108) va 6 ta yuqori oleinli(H-4107, H-4108, H-4109, H-
4110, H-6101, H-6106) yeryong’oq dukkaklari laboratoriya sharoitida presslab, 
moylari ajratib olingan. Olingan moylar filtrlangandan so’ng 70 
0
S haroratda 2% 


113 
gidratlovchi agent ishtirokida 10 minut davomida gidratlandi, 70 
0
S haroratda 3,0% 
ishqoriy agent ishtirokida 95 minut davomida neytrallandi va 70 
0
S haroratda 2% 
oqlovchi tuproq ishtirokida 10 minut davomida oqlandi. Tozalangan moyni 
parchalab yog’ kislotalari ajratib olinib, yog’ kislotalarning metil efirlari olindi va 
gaz xromatografiyasida tahlil qilindi. Tajriba natijalariga ko’ra, olimlar oddiy va 
yuqori oleinli yeryongoq moylarining trigliserid tarkibi OOO, ORO va ROL 
turkumidagi trigliseridlari bilan bir biridan farq qilishini aniqlashdi. Aniqlangan 
ma’lumotlar yuqori oleinli yeryongoq moyini oziqaviy xususiyatlarini nazariy tahlil 
qilish va oziqa moylarini soxtaliligini baholash imkonini beradi. 
Yeryong’oq moyining rangi dukkakning yetilganlik darajasiga bog’lik[68]. 
Spektral adsorbsiya asosida yeryong’oq moyida karotinlar va ksantofillar[69]ning 
mavjudligi aniqlangan. 
AQSh olimlari Xarold va Albert yeryong’oq moyining tarkibidagi 
karotinoidlar miqdori va turlarini o’rganishgan, hamda ularni aniqlash usullarini 
tadqiq qilishgan. Ularning aniqlashicha yetilib pishmagan yeryong’oq moyida 
asosan beta karotin va lutein karotinoidlari bo’lib, ularning miqdori 1l moyda mos 
ravishda 60 µg va 138 µg ni tashkil etadi. Yetilib pishgan yeryong’oq moyida 
karotinoidlarning umumiy miqdori 1 µg/l dan kam bo’ladi[70]. 
Yeryong’oq tarkibi, tozalash va moyni ajratib olish usullari olinadigan qora 
moy, rafinatsiyalash xususiyatlari, tozalangan moy va shrot sifatiga jiddiy ta’sir 
etadi. J. L. Ayres yeryong’oq moyini tadqiq qilib, uning olinish usullari moyni 
kelgusida qaysi maqsadlarda qo’llanilishiga bog’likligini takidlab o’tgan. U 
yeryong’oq moyini preslash va ekstraksiyalash usullari bilan olish mumkinligi, 
ularning olinadigan moyning sifati va miqdoriga ta’sirini tahlil qilgan. Bundan 
tashqari ekstraksiya usuli bilan moy olinganda qo’llaniladigan erituvchining 
rafinatsiya jarayoniga ta’sirini ham tahlil qiladi. Jumladan, spirt bilan 
ekstraksiyalanganda moy bilan birga fosfatidlar, uglevodlar va proteinlarni ko’proq 
ekstraksiyalanishi moyni rafinatsiyalash jarayonini murakkablashtiradi. Ketonli 
erituvchilar qo’llanilganda fosfolipidlarni kam ekstraksiyalanishi moyni 
rafinatsiyalash jarayonini yengil kechishini va yo’qotishlarni kam bo’lishiga olib 


114 
keladi. Uglerod dioksid qo’llanilganda erkin yog’ kislotalarini kam 
ekstraksiyalanishi rafinatsiyalashda yo’qotishlar miqdorini kam bo’lishiga imkon 
beradi. Muallif barcha erituvchilarni geksanga nisbatan solishtirib tahlil qiladi[71].
Ayres rafinatsiyalangan va rafinatsiyalanmagan yeryong’oq moylarini 
o’zaro farqlari, qo’llanilish sohalari, afzallik va kamchiliklarini ham tahlil qiladi. 
Yeryong’oq moyini yog’ kislota tarkibini tadqiq qilib, olingan natijalarni boshqa 
olimlar ishlari bilan sharhlaydi.
AQShlik tadqiqotchi J. Senn sovuq presslash usuli bilan olingan yeryong’oq 
moyini kolonkali xromatografda xromatografik gomogen fraksiyalarga ajratadi va 
yog’ kislota tarkibini o’rganadi. Fosfotidlar, ayniqsa kefalinlar palmitinli 
trigliseridlarda boshqa trigliseridlarga nisbatan ko’proq bo’lishini aniqladi. Palmitin 
fosfotidilserinlarga dominiant yog’ kislota bo’lishini kuzatdi[72]. 
E.O. Aluyor va boshqalar[55] yeryong’oq mag’zidan ekstraksiya usulida 
moy olishgan va moyni rafinatsiyalashgan. So’ng olingan xom va rafinatsiyalangan 
moylarni fizik va kimyoviy xususiyatlarini o’rganishgan. Rafinatsiyadan so’ng 
moyning kislota soni 2,89 mg/KOH dan 0,42 mg/KOH gacha, fosfolipidlpr 23.11% 
dan 5,53% gacha, mis miqdori 0,37% dan 0,036% gacha va temir miqdori 3,98% 
dan 0,31% gacha kamaygan. Tadqiqot natijalaridan ko’rinib turibdiki, moyning 
sifati rafinatsiyalangandan so’ng oshadi. 

Download 3,92 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish