101
yo’l bilan erishish mumkin:1)alohida-alohida gidratasiya qilinadi, neytrallanadi va
oqlanadi; 2) Fosfatid-oqsil-glyukozid va pigment kompleksiga kimyoviy ta’sir
qilinadi va keyin neytrallanadi. 1) Fosfatid-oqsil-glyukozid kompleksini tozalashga
aktiv agent osh tuzining 0,1-1%li eritmasi bilan qayta ishlash orqali erishiladi.
2-usul, ya’ni fosfatid-oqsil-glyukozid va pigment kompleksiga kimyoviy ta’sir
qilish va keyingi neytrallash bilan birgalikda yog’li bo’lmagan aralashma va
pigmentlarga kuchli sulfat kislotasi ta’sir qilinib, ular ajratiladi, keyinicha ishqor
bilan
neytrallanadi.
Umuman,
faqat
0,1-0,2sulfat
kislotasi
aktiv
qo’llanadi,kislotaning qolgan qismini ishqor bilan neytrallashga to’g’ri keladi.
Rafinatsiya quyidagicha boradi: moy sulfat kislotasi (moy massasiga nisbatan 0,8-
1,5%) bilan 25-28
0
S da qayta ishlanadi. Ishqor miqdori erkin yog’ kislotalari va
qoldiq mineral kislota neytrallanishiga yetarli qilib hisoblangan bo’lishi lozim.
Neytrallashdan so’ng moy 4-6 soat tindiriladi, keyin uni soapstokdan ajratiladi.
Krestguldoshlar oilasi urug’lari jumladan raps moyini rangini pasaytirishning
nisbatan qoniqarli natijalarga zavod amaliyotida yuqorida keltirilgan rejim bo’yicha
tuz-suv asosli ishqoriy rafinatsiya orqali erishiladi. Shunday qilib, krestguldoshlar
oilasi urug’larining moylarini samarali rafinatsiyalash sharoitlari asosi shundan
iboratki, tuz-suv asosli, ishqorning kuchsiz eritmasi bilan neytrallash va aktivlangan
tuproqlar bilan oqlash orqali yog’ bo’lmagan aralashmalardan to’liq tozalanadi.