92
o’zgargan hosilalarini ajratilish oxir kechadi. Bu muammolarning yechimi
forrafinatsiya va ishqoriy rafinatsiyalar qatorida adsorbsion
rafinatsiyani xam
takomillashtirishni talab qiladi.
Adsorbsiya deb qattiq jism mikroporalarini hajmida yoki yuzasida moddalarni
to’yintirish tushuniladi [28].
Yog’lar tarkibida pigmentlar bo’lib, ular yog’ni bo’yaydi. Masalan:
ksantofillar yog’ga sariq rang beradi, β-karotin qizil, xlorofill – yashil; gossipol –
jigarrang yoki qora rang beradi. Karotinoidlar ishqorga chidamli bo’ladi, shuning
uchun u ishqorli rafinatsiyada ajrab chiqmaydi. Ishqor eritmasini konsentrasiyasi
yuqori bo’lsa neytralizasiya vaqtida karotinoidlar soapstokga sorbsiyalanadi va yog’
qisman oqlanadi-tiniqlashadi. Karotinoidlar qattiq sorbent yuzasida aktiv
sorbsiyalanadi va bu xususiyati ularni yog’dan yo’qotish texnologiyasiga asos qilib
olingan.
Xlorofillar karotinoidlardan farq qilib ishqor
bilan reaksiyaga kirishib,
birikma hosil qiladi. Biroq ishqorli rafinatsiyada to’liq ajralib chiqmaydi.
Kungaboqar yog’ida karotinoid va xlorofillar bo’lsa, paxta moyida esa ular
bilan bir qatorda gossipol ham mavjud.
Tozalangan yog’ va salomas tiniq rangda bo’lishi kerak, bu margarin ishlab
chiqarish uchun juda zarur omildir. Yog’dan bo’yovchi moddalarni yo’qotish uchun
adsorbsiyali tozalash usuli qo’llaniladi.
Adsorbsiya – bu qattiq yoki suyuq modda sirtida boshqa modda molekulalari
va atomlari yig’ilishi jarayonidir. Adsorbsiya adsorbent yuzasidagi aktiv
markazlarni molekulyar kuchi ta’sirida borib, ularni sirt yuza energiyasini
kamaytiradi.
Adsorbsiyani yaxshi borishi adsorbsiyalanadigan
moddalarni tabiati va
tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Qutblanmagan (kam qutblangan) birikmalar
qutblanmagan adsorbentlarda masalan ko’mirda yaxshi sorbsiyalanadi va
qutblangan birikmalar qutblangan sorbentlarda yaxshi sorbsiyalanadi.
Yog’ va moylardagi hamma bo’yovchi moddalarni tabiati va
strukturasi har
xil. Lekin ularning har biri o’ziga xos qutblilikka ega. Shuning uchun ham
93
adsorbsiyali rafinatsiyada tanlash qobiliyatiga va aktivlikka ega bo’lgan qutblangan
adsorbentlardan foydalaniladi.
Buning uchun aktivlangan, oqlovchi tuproqlar ishlatiladi. Bu tuproqlar tabiiy
bentonit tuproqlar – alyumosilikatlardan olinadi.
Yog’ni qayta ishlash sanoatida ishlatiladigan adsorbentlar yuqori
adsorbsiyali sig’imga va aktivlikka, rivojlangan yuzaga ega bo’lishi, yog’ sig’imi
katta bo’lmasligi va yog’ bilan kimyoyaviy reaksiyaga kirishmasligi va yog’dan
oson ajralishi kerak.
Yog’ni qayta ishlash sanoatida MDHda ishlab chiqilgan aktivlangan tuproq-
askanit ishlatiladi. Uning yog’ sig’imi – 75%ni tashkil qiladi. Aktivlangan ko’mir
yog’dagi
karotinoidni yaxshi, xlorofillni yomon yo’qotadi. Shuning uchun
aktivlangan ko’mir bilan aktivlangan tuproq aralashmasini ishlatish tavsiya qilinadi.
Sorbent miqdori yog’dagi bo’yovchi moddalar miqdoriga va talab
qilinayotgan oqartirish darajasiga bog’liq. U 0,5dan 5% oralig’ida bo’ladi.
Oqlash jarayonining samaradorligi oqlangan yog’ni rangi,
ishlatilgan
sorbent miqdori, yo’qotish va chiqindilar me’yoriga va oqlangan yog’ni chiqish
miqdoriga qarab aniqlanadi.
Oqlash jarayonida aktivlangan tuproq ishlatilganda biroz izomerizasiya va
bir muncha tarkibida ketma-ket bog’li yog’ kislotalari bo’lgan
gliseridlar hosil
bo’lishi kuzatiladi. Bu esa oqlangan yog’ va moylarni sifatini pasayishiga va
saqlanish muddatini qisqarishiga olib keladi.
Yuqorida ko’rsatilgan holatlar va yog’ sig’imini kattaligi,
iloji boricha
oqlash uchun ishlatiladigan aktivlangan tuproq miqdorini kamaytirishni talab qiladi.