74
Antranil kislotasi bilan qayta ishlash, moyda nativ gossipol miqdori 0,5% dan
yuqori bo’lgandagina, tavsiya qilinadi. Bu ishni yog’da va missellada ham olib
borish mumkin. Moyni missellada rafinatsiyalashni odatda ekstraksiya usuli
bilan moy ishlab chiqaradigan yog’ zavodlarida olib boriladi.
Antranil kislota yordami bilan moydan (misselladan) 90% gacha gossipol va
uning hosilalarini ajratib olish mumkin. Antranilat gossipol va reaksiyaga
kirishmagan antranil kislotasi qoldig’i moyni ishqor bilan qayta ishlaganda
yo’qotiladi. Antranil kislotasining miqdori gossipolning har 1% i hisobidan 0,53%
olinadi.
Gossipolni antranil kislotasi bilan ajratib olgandan so’ng moy rangi
taxminan ikki martaga pasayadi, gossipol miqdori 5-10 martagacha kamayadi,
kislota soni 0,5-1 mg KOH ga va fosfatidlar 3-6 marta kamayadi.