Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/105
Sana19.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#123471
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
Bog'liq
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

5.2 - jadval 
Uzluksiz neytrallashni texnologik rejimlari 
Neytrallanadigan 
yog‘ 
Kislota soni, 
mg KOH/g 
Ishqor eritmasi 
konsentratsiyasi, 
g/l 
Ishqorning ortiqcha 
miqdori, % da 
nazariy 
hisoblanganga 
nisbatan 
Kungaboqar, soya 
2 gacha 
70-90 
10-20 
Kungaboqar, soya 
2-5 
100-130 
10-20 
Kungaboqar, soya 
5-10 
150 gacha 
5-10 
Kungaboqar, soya 
10 dan yuqori 150-170 
10-30 


61 
Salomas 
1 gacha 
40-70 
5-10 
Barcha och rangli yog‘larni neytrallashni imkoniyati borligi, bosim ostida ishlovchi 
separatorlardan foydalanish, yog‘ bilan ishqor orasidagi kontaktni qisqaligi, 
jarayonni avtomatlashtirilganligi, soapstokni yog‘liligi maqsadga muvofiqligi bu 
usulni afzalliklari hisoblanadi.
Bu usul yog‘ yuzasida neytralizatsiya qilishga asoslangan. Buning uchun yog‘ 
dispers holatda ishqor-suv eritmasida tarqaladi va zichliklar farqi hisobiga yuqoriga 
ko‘tariladi. Erkin yog‘ kislotalari yog‘ tomchilari yuzasiga diffuziyalanadi va ishqor 
bilan reaksiyaga kirishib neytralanadi, sovun ishqor eritmasida eriydi. Bu jarayon 
yog‘ harakati-ning xamma yo‘lida sodir bo‘ladi. Yog‘, erkin yog‘ kislotalaridan 
ozod bo‘lgach, yuqoriga chiqib to‘planadi. Ishqor konsentratsiyasi 12-20 g/l, yog‘ 
va sovun ishqor eritmasining harorati 70-95
0
C, sovun ishqor eritmasidagi sovun 
konsentratsiyasi 8-12 % erkin ishqor konsentratsiyasi 1-5 g/l bo‘lganda yaxshi 
natijalar olish mumkin. 
O’simlik moylarini uzluksiz usulda rafinatsiyalash texnologik sxemasi 5.3-
rasmda keltirilgan. 
Sexga kelayotgan rafinatsiya qilinmagan soya moyi avtomat tarozilar (1) orqali 
baklarga (2) kelib tushadi. U yerda nasos (3) bilan issiqlik almashinish apparatiga (4) 
yuboriladi: Issiqlik almashinish apparatida (4) suv bilan 25-30
0
Cgacha sovutiladi. 
Sovutilgan yog’ reaktor-turbulizatorga (9) keladi. 
Konsentrlangan ishqor eritmasi bak(5)dan nasos (6) bilan filtr orqali bak(7)ga 
yuboriladi, bu bakka suv ham yuboriladi. Nasos-dozator(8) bilan namokobli 
sovitgich(27) orqali ishqor eritmasi reaktor-turbulizatorga (9) beriladi. 



Download 3,92 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish