• 5.1 – jadval Neytrallashning texnologik rejimlari
  • Neytrallash usullari va texnologik rejimlari




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/105
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,92 Mb.
    #123471
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
    Bog'liq
    YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

    Neytrallash usullari va texnologik rejimlari. Neytrallash usullari asosan 
    neytrallangan yog‘-sovun eritmasi fazalarini ajratish prinsiplari bilan farqlanadi: 
    davriy-fazalarni tuzli-suv asosli gravitatsion maydonda ajratish;
    uzluksiz-fazalarni markazdan qochma kuch maydonida, ishqor-sovun muhi-
    tida ajratish,, uzluksiz emulsiyali usul. 
    Davriy usul - hozirgi vaqtda yog‘larning uncha katta bo‘lmagan miqdori va 
    paxta yog‘i uchun ishlatilmokda. Bu usul xajmi 5, 10, 20 t bo‘lgan neytralizator-
    larda bajariladi. Rafinatsiya quyidagicha olib boriladi.
    Yog‘ neytralizatorga kelib tushadi va bug‘li g‘ilof yordamida kerakli 
    haroratgacha (40-45
    0
    C) qizdirib aralashtiriladi. Tarqatuvchi yordamida, hisob-
    langan va shu haroratgacha qizdirilgan ishqor eritmasi beriladi, 30 min. davomida 
    aralashtirib turiladi. Keyin yog‘ning haroratini ko‘tarib (60-65
    0
    C), soapstok 
    parchalari hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tindiriladi. Yog‘ sharnirli truba orqali 
    quyib olinadi. Soapstokni esa maxsus sig‘imga tushiriladi. Zarur bo‘lganda suv yoki 
    tuz eritmasini berish mumkin. 5.1-jadvalda kungaboqar va soya moylarini 
    rafinatsiyalashni texnologik rejimlari berilgan. 
    5.1 – jadval 
    Neytrallashning texnologik rejimlari 
    Ko‘rsatgichlar 
    Kislota soni, 7 
    gacha 
    Kislota soni, 
    7dan yuqori 
    Ishqor konsentratsiyasi, g/l 
    85-105 
    125-145 
    Ortiqcha ishqor, % 
    10-20 
    10-20 
    Boshlang‘ich harorat, 
    0

    45-50 
    45-50 
    Oxirgi harorat, 
    0

    55-60 
    55-60 
    Tindirish 
    6 soatgacha 
    6 soatgacha 
    Davriy usulning kamchiligi, tindirishning uzoqligi, soapstokda neytral yog‘ 
    miqdorining ko‘pligi va bu jarayon uzoq bo‘lgani uchun ishqor neytral yog‘ni
    sovunlaydi. Soapstok yog‘ligini 30-50 % bo‘ladi. 


    57 
    A.A.Shmidt yangi usulni taklif qildi, ya’ni tuz-suv asosli neytraliza-siya. Bu 
    usul, sovun pardasi osh tuzining kuchsiz eritmasida erishiga asoslangan va buni 
    natijasida soapstokdagi neytral yog‘ ajralib chiqadi. Buning uchun neytralizatorga 1 
    % konsentratsiyali tuz-suv eritmasi beriladi. Sovunli parda cho‘kmaga tusha turib, 
    tuz-suv eritmasiga tushadi. Sovun erib, yog‘ ajralib chiqadi. Neytralizatsiya harorati 
    90-95 
    0
    C (sovun shunday haroratda yaxshi eriydi). Ishqor konsentratsiyasi 40-45 g/l. 
    Tuzli eritmaning miqdori yog‘ning kislota soniga bog‘liq va eritmadagi sovun 
    konsentratsiyasi 9-12 % dan oshmasligi kerak. Tuz-suv asosli usul neytralizator 
    unumdorligini oshiradi va soapstokdagi yog‘ miqdorini kamaytiradi.
    O’simlik moylarini davriy usulda rafinatsiyalash texnologik sxemasi 5.2-
    rasmda keltirilgan. 
    Presslash usulida olingan paxta moyini rafinatsiyalash davriy usulida 
    ishlaydigan 4-neytralizatorda fazalarga ajratgan holda emulsiyali usulda olib 
    boriladi. 
    Dastlabki rafinatsiyalanmagan forpress moyi forpress sexidan bak 1 ga kelib 
    tushadi. U yerdan press moyi nasos 2 yordamida reaktor-turbulizator 3 orqali yoki 
    nasos 2a orqali to’g’tidan to’g’ri davriy neytralizatorga uzatiladi.
    Bir vaqtning o’zida turbulizatorga moy bilan birgalikda talab etiladigan 
    konsentratsiyadagi ishchi ishqor eritmasi o’lchov bak 14 dan o’z oqimi bilan 
    uzatiladi. 
     
     


     
     

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neytrallash usullari va texnologik rejimlari

    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish