53
Sovun plyonkalari moy qatlam bo’ylab harakatlanadi. Ular harakat
davomida o’zaro to’qnashib koagulyasiyalanadi va parchalar hosil qiladi,
o’lchamiga bog’liq ravishda sekin yoki tezda uskuna tubiga tushadi.
Uzoq vaqt kontaktda bo’ladigan sovun plyonkalari ichidagi neytral yog’
sovunlanishi mumkin. Plyonkalar koagulyasiyasi va soapstok parchalari hosil
bo’lishi jarayonida ularning bo’kishi va neytral yog’ tomchilari plyonkalar orasida
kapsullanishi kuzatiladi. Sovun plyonkalari va yog’ning uzoq kontaktida
solyubilizasiya (moyning sovunda erishi) ham sodir bo’lishi mumkin. U
qo’llanilayotgan ishqor konsentrasiyasi va jarayon harorati oshgan sari oshib boradi.
Natriy karbonat eritmasi bilan neytrallash
Yog’ kislotalarini natriy katbonat bilan neytrallash ikki ketma-ket fazalarda
ro’y beradi:
RCOOH + Na
2
CO
3
RCOONa + NaHCO
3
RCOOH + NaHCO
3
RCOONa + CO
2
+ H
2
O
Bunda ajralayotgan mayda pufakchalar ko’rinishidagi karbonat angidrid gazi
umumiy yuzani tashkil qilib, uning o’lchami gazning miqdori, uning
pufakchalarining dispersligi va ularning mustahkamligiga bog’liq. Bu bilan, gaz
pufakchalarining umumiy yuzasi va ularning ko’tarish kuchi aniqlanadi.
Neytrallanish harorati, soda eritmasini quyish tezligi, shuningdek, uning
konsentrasiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, jarayon tezligi shuncha katta bo’ladi.
Pufakchalarning ko’tarish kuchi, plyonkalar yuzasidagi o’zgarishlarni hisobga olgan
holda, quyidagi formuladan aniqlanadi:
V
F = --------
W
bu yerda: F – pufakchaning 1 sm
3
hajmiga ta’sir qiluvchi ko’tarish kuchi;
V – pufakchalar ko’tarilishining tezligi;
W – pufakcha hajmi.