54
Soapstok bilan neytral yog’ning chiqindisi miqdorini sezilarli kamaytiradigan
ishqoriy rafinatsiyaning original usuli A.A. Shmidt tomonidan ishlab chiqilgan.
Uning prinsipi shundan iboratki, yog’ orqali o’tayotgan
ishqor eritmasi
tomchilari yuzasidagi plyonkadan hosil bo’lgan sovun xaltachalarining uzilishi, bir-
biri bilan birlashishi va natijada soapstokning kompakt massasi hosil bo’lishini oldi
olinadi. Neytral yog’ning yo’qotilishi kamayadi. Bunga erishish uchun neytralizator
tubida osh tuzining kuchsiz eritmasi quyiladi va unga sovunning cho’kayotgan
plyonkalari (xaltachalar) tushadi. Bunday eritmada xaltachalar devorlarini tashkil
qilgan
sovun eriydi, xaltachalar plyonkasi buziladi va ulardan yog’ ozod bo’ladi.
Sovunlanishga ulgurmagan yog’ yuqoriga qalqib chiqib rafinatsiyalangan yog’ning
asosiy massasiga qo’shiladi. Shunday qilib, rafinatsiyalangan yog’ning
chiqishi
(unumi), soapstok bilan, xaltachalar (plyonkalar) ichidagi va bir-biriga yopishgan
plyonkalar orasidagi, yog’ yo’qolishining qisqarishi hisobiga oshadi.
Rafinatsiya jarayoniga turli omillarning ta’siri. Harorat. Harorat
ko‘tarilishi bilan rafinatsiya tezligi oshadi va shu bilan birga neytral yog‘ning
sovunlanishi ham ortadi. Jarayonning harorati ishqor eritmasi konsentratsiyasiga
bog‘liq. Ishqor konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, jarayon harorati shuncha past
bo‘lishi kerak. Odatda harorat 20-25
0
C (paxta yog‘i uchun) va 80-85
0
C
(kungaboqar moyi uchun) oralig‘ida bo‘ladi.
Ishqor
konsentratsiyasi:
Ishqor
konsentratsiyasini
oshishi
bilan
neytralizatsiya tezligi va neytral yog‘ning sovunlanishi ham oshadi.
Yuqori
konsentratsiyali ishqor bo‘yovchi moddalarga ta’sir etib, uning ajralishiga yordam
beradi. Ishqor konsentratsiyasi yog‘ turi va kislota soniga bog‘liq. Kerakli ishqor
konsentratsiyasi odatda tajriba orqali aniqlanadi, chunki tozalangan yog‘ning
chiqishi (unumi) va uning sifati ishqor eritmasining konsentratsiyasiga bog‘liq.
Aralashtirish: Bu omil ishqor konsentratsiyasiga va kontakt vaqtiga bog‘liq.
Ishqorning yuqori konsentratsiyasida kontakt vaqti qisqa bo‘lib,
juda tez
aralashtiriladi. Konsentrlangan eritmalar bilan ishlash vaqtida intensiv aralashtirish,
jarayonni tezlatib, neytral yog‘ni sovunlanishini kamaytiradi.
Ishqorning mayda
55
tomchilari yog‘ kislotalari bilan katta kontakt yuzasiga ega va hosil bo‘lgan sovunli
pardaga esa bo‘yovchi moddalar adsorbsiyalanib, yog‘ rangi tiniqlashadi.