Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/105
Sana19.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#123471
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Bog'liq
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Tayanch so’z va iboralar: rafinatsiya, gidromexanik, massa almashuvchi, 
fiz-kimyoviy, tindirish, sentrifugalash, filtrlash, neytrallash, oqlash, xidsizlantirish, 
sulfat kislota, sorbent, cho’ktirish, gidrotasiya, emulsiya, immobilizasiya 
Takrorlash uchun savollar 
1. Rafinatsiyani qanday usullari mavjud? 
2. Kislotali rafinatsiyaning mohiyatini tushuntirib bering 
3. Yog’larni gidratlash jarayoninii tushuntirib bering. 
4. Moylardagi mumsimon moddalar qanday ajratib olinadi? 
 


49 
5§. Erkin yog’ kislotalarini yo’qotish 
O’simlik yog’larida ma’lum miqdorda erkin yog’ kislotalari bo’ladi, ularni 
miqdori yog’ning sifatiga bog’liq. Erkin yog’ kislotalarining bo’lishi yog’ sifatini 
yomonlashtiradi ozuqaviy qimmatini kamaytiradi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan 
yog’ning kislota soni 0.2-0.3 mg KOH dan oshmasligi kerak. Bundan esa erkin yog’ 
kislotalarini yuqotish zarurligi kelib chiqadi. 
Sanoatda quyidagi usullar ishlatiladi. 
1. Erkin yog’ kislotalarini ishqor bilan neytrallash (ishqorli rafinatsiya). 
2. Yuqori temperaturada va vakuum ostida erkin yog’ kislotalarini 
yukotish (distillyasiyali rafinatsiya). 
Ishqorli rafinatsiya keng tarkalgandir. Bu usulda yog’ kislotalarini yog’da 
erimaydigan tuzi ya’ni sovun hosil bo’ladi. 
RCOOH + NaOH RCOONa + H
2

Uning suvli eritmasi katta zichlik xisobiga yog’dan ajraladi. Ajralgan 
sovunli massa soapstok deyiladi. 
Sovun, uzining yuqori absorbsion xususiyatiga ko’ra yog’dan quyidagi 
aralashmalarni ajratib oladi: fosfatidlar, oksillar, shilimshik moddalar, bo’yovchi 
moddalar va x.k. Shuningdek sovun parchalari mexanik aralashmalarni ham ushlab 
qoladi. 
Ishqor ma’lum miqdorda neytral yog’ (trigliserid)ni sovunlaydi. Ayrim 
vaqtda yog’ni okartirish uchun ishqorni ko’p miqdorda qo’shiladi. 

Download 3,92 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish