-rasm. O’simlik moylarini uzluksiz usulda rafinatsiyalash texnologik sxemasi




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/105
Sana19.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#123471
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105
Bog'liq
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

5.3-rasm. O’simlik moylarini uzluksiz usulda rafinatsiyalash texnologik sxemasi 


Hosil bo’lgan aralashma nasos (10) bilan isitgich (11) (u yerda 65-70
0
C gacha 
soapstokning qovushqoqligini kamaytirish uchun qizdiriladi) orqali fazalarga ajratish 
uchun separatorga-ajratgich (12) apparatiga keladi. Yog’ uzluksiz ravishda bak(14)ka 
quyilib turadi, u yerda qo’shimcha tindiriladi. Bak(14)da ajralgan soapstok, asosiy 
ajralgan soapstok bilan birga qayta ishlash uchun yuboriladi. Agar kerak bo’lsa, 
separator-ajratgich apparatiga tushishdan oldin, aralashma suv bilan aralashtirgichda 
(72) aralashtiriladi. Yog’ bak(14)dan nasos (16) bilan uzluksiz ravishda yuvish uchun, 
isitkich (17) orqali (85-90 
0
Cgacha qizdiriladi) pichoqli aralashtirgichga (19) yuboriladi 
va bir vaqtning o’zida suv ham beriladi. Aralashma ajratgich(20)da ajratiladi. Yog’ 
isitgich (21) orqali nasos bilan ikkinchi marta yuvish uchun pichoqli 
aralashtirgich(22)ga yuborilib, ajratgich (23)da ajratiladi. Ajratgichlardan chiqqan 
yuvindi suv yog’-tutgichga (24) keladi. Bu yerda ajralgan yog’ nasos orqali bak (25) ga 
yuboriladi, suv esa nasos (28) bilan tozalash sistemasiga beriladi. Yog’ isitgich (34)ga 
kelib, keyin vakuum-quritish apparatiga (35) yuboriladi. Quritishdan oldin yog’ 
bak(31)da tayyorlangan limon kislotasi eritmasi bilan aralashtiriladi. 
Quritilgan moy nasos(36) yordamida sovutkich(27) va filtrpress(38)dan o’tib moy 
yig’gich(39)ga yig’iladi. Nasos(42) orqali tayyor moy realizasiyaga yoki boshqa 
maqsadlarda qo’llash uchun yuboriladi. 
 
Moylarni ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyisini takomillashtirishga 
oid tadqiqot ishlarining tahlili 
Taran A.A. va b. [4] xom moylarni rafinatsiya qilish va ishlatilganlarini 
regenirasiya qilishda moy massasiga nisbatan 4-40% olingan 3-5% konsentrasiyali 
natriy sulfat eritmasi ishtirokida gazsimon ammiak ishlatish texnologiyasini 
yaratishgan. Bu usul olinadigan mahsulot sifati, erkin yog’ kislotalari va oksidlangan 
mahsulotlar ko’proq chiqarib yuborilishi hisobiga, oshishiga sabab bo’ladi. Undan 
tashqari moyni yo’qotishlari kamayib oksidlanishga chidamliligi oshadi. 
Koyfman T.Sh. [5] o’simlik moylarini moy massasiga nisbatan 3-20% 
miqdorida olingan karbon kislotalarini 5-30% li eritmasi bilan ishlov berishni 
nazarda tutuvchi rafinatsiya turini ishlab chiqqan. Rafinatsiyalangan moy chiqishi 
va glisiridlar sovunlanishi kamayishi hisobiga sifati oshishiga asos bo’ladi. 


64 
Arutyunyan N.S., Tarabicheva L.A. va Kornena Y.P. lar tomonidan rangi 
yaxshi moylarni 1,0-10% li fosfor kislotasining suvli eritmasi bilan moy massasiga 
nisbatan 0,2-2,5% miqdorda qo’shib, 25-30
0
C haroratda gidratasiya qilib, keyin 
gidratasiyalangan moyni zichligi 1200-1600 kg/m3 bo’lgan natriy silikati bilan 
rafinatsiya qilish usuli ishlab chiqilgan [6]. Qo’shiladigan natriy silikatning miqdori 
moy massasiga nisbatan 0,3-2,0% ni tashkil qiladi. Moy tarkibidagi yo’ldosh 
moddalar kamayishi hisobiga sifati oshib, chiqishi ko’payadi. 
A.A.Shmidt ekstraksiya usulida olingan moyni suyultirilgan tuzli eritmalar va 
5-10% konsentrasiyali ishqoriy metallar bilan gidratasiya qilib yaxshi natijaga 
erishgan [7]. Gidratasiya qilingan moy konsentrasiyasi 200-250 g/l bo’lgan ishqor 
eritmasi bilan neytrallangan. Bunda rafinatsiya qilingan moyni sifati oshishiga 
erishiladi, chiqishi ko’payadi va ekstraksiyalangan moydan fosfatidlar nisbatan to’la 
ajratiladi. 
V.V.Beloborodov va boshqalar moylarni rafinatsiya qilishda ishqoriy agent 
sifatida moy massasiga nisbatan 0,25-3,0% ishqoriy sellyuloza ishlatish 
mumkinligini aniqlashgan. Bu usulda rafinatsiyadan oldin moyni natriy xlorning 
4,5-5,0% konsentrasiyali suvli eritmasidan moy massasiga nisbatan 1,0-1,1% 
miqdorida qo’shib namlanadi. Aniqlanishicha bu usulda rafinatsiyalangan moy 
tarkibidan sovunni to’laroq chiqarib yuborishga erishiladi [8]. 
O’simlik moylarini rafinatsiya qilishda ishqoriy metallarning borogidridlari 
ishlatilganda hidi, mazasi, rangi yaxshilanishi aniqlangan. Borogidridlar miqdori 
moy massasiga nisbatan 0,005-0,2% ni tashkil etadi [9]. 
Moylarni rafinatsiya qilishni binar muhitda amalga oshirishni nazarda 
tutadigan usul ishlab chiqilgan [10]. Binar sistemadagi erituvchilar turli qutbga ega 
bo’lib, erituvchi va moy nisbati 4:1-5:1 ga yetadi. Qutbli erituvchi sifatida ishqoriy 
metallar gidrookisining bir yoki ikki atomli alifatik spirtdagi eritmasi, qutbsiz 
erituvchi sifatida esa benzin, kerosin kabilar ishlatiladi. Qutbli va qutbsiz 
erituvchilar nisbati 1:1 ni tashkil qilgan. Ishlov berish 5-10 minut davom ettirilgan. 
Moy rangi sezilarli darajada yaxshilanishiga erishilgan. 
Konsentrasiyasi 125-400 g/l bo’lgan ishqor eritmasi bilan ortiqcha ishqor 


65 
miqdori 0,2-0,8% bo’lganda rafinatsiyalash o’rganilgan [11]. Aniqlanishicha harorat 
40-45°S bo’lganda reaksion aralashmani moy massasiga nisbatan 7% miqdorida suv 
bilan namlanganda fazalarni samarali ajralishi kuzatilgan. Neytrallangan moy 
tarkibidan qoldiq sovunni chiqarish uchun limon kislotasi eritmasi bilan rafinatsiya 
qilish tavsiya qilingan. 
A.K.Mosyan va boshqalar moylarni sovun-ishqor muhitida rafinatsiya 
qilganda nordon sovun hosil bo’lishi jarayonini o’rganishgan [12]. Izlanishlar 
natijasida rafinatsiya jarayonida vujudga keladigan nordon sovun o’zgaruvchan 
xarakterga ega bo’lib, faqatgina erkin ishqor bo’lmagandagina kimyoviy mustahkam 
degan xulosaga kelingan. 
Keyingi vaqtlarda moylarni rafinatsiyalashning tejamkor texnologiyalarni 
ishlab chiqishga katta ahamiyat berilmoqda [13]. Erkin yog’ kislotalarini natriy 
silikat bilan neytrallash usuli ma’lum. Bu neytrallash past haroratda (20
0
C) borishi, 
neytrallangan moyning yuvish quritish zarur emasligi bilan ahamiyatli. Ushbu 
texnologiyani o’ziga xosligi natriy silikatning sarfi yuqori, uni ortiqcha miqdori 30% 
dan kam emasligidir. Neytrallovchi agentning sarfini kamaytirish va neytrallash 
jarayonini jadallashtirish maqsadida neytrallovchi agentni elektromagnitli qayta 
ishlash bo’yicha ilmiy tadqiqot ishi olib borilgan. Tadqiqot obyekti sifatida 
gidratlangan kungaboqar, raps va soya moylari olingan. Neytrallovchi agentni 
induksiyasi 0,6 Tl bo’lgan o’zgaruvchan E.M.M. da qayta ishlash erkin yog’ 
kislotalarini neytrallash jarayonini jadallashtiradi. 
Xamroqulova M.X., Qodirov Y. va boshqalar[14] “O’zbekiston” va
“O’zbekiston yog’i” moylarini ko’rsatkichlariga ishqor konsentrasiyasining ta’siri 
o’rganishdi. Rafinatsiyalash uchun ishqorning tozaligi 46,7% dan kam bo’lmaganda 
konsentrasiyasi 556 va 508 g/l bo’lgan va tozaligi 92% dan kam bo’lmaganda esa, 
konsentrasiyasi 508 va 400 g/l bo’lgan eritmalardan foydalanish zarurligi aniqlandi. 
Tozaligi 46,7% dan kam bo’lmagan kaustik soda uchun rafinatsiyalangan moyning 
chiqishi ishqor konsentrasiyasi 556 g/l bo’lganda 508 g/l dagiga nisbatan kamroq va 
tozaligi 92% dan kam bo’lmagan kaustik soda uchun konsentrasiyasi 400 g/l dan 
ko’ra 508 g/l bo’lganda yuqoriligi aniqlandi. Rafinatsiyalash uchun tozaligi 92% dan 


66 
kam bo’lmagan kaustik soda qo’llanganda ishqor konsentrasiyasi kamayishi bilan 
soapstok chiqishi ortadi. 
O’simlik yog’larida doimo ma’lum miqdorda erkin yog’ kislotalari bo’lib, 
bular yog’ning va moyli xom ashyoning sifatiga bog’liq. Yetilmagan urug’, uning 
yuqori nuqsondorligi va boshqa omillar moyning yuqori kislota soniga ega 
bo’lishiga olib keladi. Erkin yog’ kislotalarining bo’lishi yog’ sifatini 
yomonlashtiradi, oziqaviy qiymatini kamaytiradi. Yuqori haroratda erkin yog’ 
kislotalari apparatlarning korroziyalanishiga olib keladi. Oziq-ovqat uchun 
ishlatiladigan yog’larning kislota soni 0,2-0,3 mg KON dan oshmasligi kerak. 
Bundan esa erkin yog’ kislotalarini yo’qotish zarurligi kelib chiqadi. 
Sanoatda quyidagi usullar bilan yog’ kislotalari yo’qotiladi. 
1. Erkin yog’ kislotalarini ishqor bilan neytrallash (ishqorli rafinatsiya). 
2. Yuqori haroratda va vakuum ostida erkin yog’ kislotalarini yo’qotish 
(distillyasiyali rafinatsiya).
3. Erkin yog’ kislotalarini yog’dan selektiv erituvchilar yordamida ajratib 
olish (ekstraksiyali rafinatsiya) 
Sanoatda asosan ishqorli rafinatsiya va oxirgi yillarda distillyasiyali 
rafinatsiya ko’proq ishlatilmoqda. Selektiv erituvchilar yordamida rafinatsiyalash 
hali amaliy jihatdan yog’-moy korxonalarida ishlatilgani yo’q.
Lojenin neytrallash jarayonida yog’ni sovunlanishini oldini olish yo’li bilan 
neytral moy yo’qolishini kamaytirish usulini taklif etgan. Ishqorning suvli eritmasini 
tayyorlashda elektroliz yo’li bilan aktivlashtirilgan pH>7 bo’lgan suv qo’llaniladi. 
Yog’ va moylarni yuvishda eritma sifatida kislotaligi pH>7 bo’lgan aktivlangan suv 
qo’llaniladi. Bunda yog’ va moylar dastlab pH >7 bo’lgan suv bilan yuviladi. 
Fosfatid miqdori 0,1% dan ko’p bo’lgan moylar pH >7 bo’lgan aktivlangan suv bilan 
ishlov beriladi. 
Ovcharenko V.Ye. trinatriy fosfatni qo’shimcha reagent sifatida qo’llash 
moyni ishqoriy neytrallash usuliningg samaradorligini oshirishini aniqlagan. Taklif 
etilgan usulga ko’ra neytrallangan moyni yuvishda tarkibida ishqor va ishqoriy 
metallarni mineral kislotalar bilan hosil qilgan o’rta tuzlari bo’lgan yuvindi eritma 


67 
qo’llaniladi. Eritmadagi sovunning miqdori 8-10% ni tashkil etadi. Neytrallangan 
moydagi sovunni yo’qotishda ortofosfat kislota yoki natriy digidrofosfat kabi 
reagentlarni qo’llab sovunni ajratish usuli qo’llaniladi. Reagentning kerakli miqdori 
hosil bo’lgan natriy monogidrofosfatni hisoblash bilan aniqlanadi [15]. 
Dementiy V.P. va Gladkaya R.F. ishqorli modda sifatida moy massasiga 
nisbatan 0,25-3% miqdorida ishqoriy sellyulozani qo’llab yog’ va moylarni 
neytrallash usulini o’rgangan. Bunda jarayon 20-45 
0
C haroratda olib borilgan va 
neytrallashdan oldin moy 1-1,1% miqdoridagi konsentrasiyasi 3,5-5% bo’lgan osh 
tuzi eritmasi bilan yuvilgan [16]. 
Gidratlangan moyni ishqoriy reagent bilan neytrallash, olingna aralashmani 
neytrallangan moy va soapstokka ajratish va neytrallangan moyni yuvish 
jarayonlaridan iborat qiyin rafinatsiyalanadigan o’simlik moylarini rafinatsiyalash 
usuli mavjud[17]. Gidratlanga moyni neytrallash va oqlash 55-65 
0
C da 200-245 g/l 
konsentrasiyali natriy silikatning suvli eritmasi bilan bir vaqtda olib boriladi. Erkin 
yog’ kislotalarini to’liq neytrallash uchun natriy silikat eritmasi 5-10% ortiqcha 
miqdorda olinadi. Bunda neytrallangan moy va soapstok aralashmasi 55-65 
0
Sda 
0,2-0,4 Tl magnit induksiyali o’zgaruvchan aylanma elektromagnit maydon 
ta’siridagi zonada qayta ishlanadi. Neytrallangan moy va soapstok aralashmasini 
ajratish oqim tezligi 4-6 m/s bo’lganda 20-25 mm li yupqa qatlamda olib boriladi. 
Ushbu ixtiro rafinatsiyalangan moy sifati va unumini oshirish imkonini beradi. 
Mualliflar[18] moyni birlamchi gidratlash bilan ishqoriy rafinatsiyalash 
usuliga patent olishgan. Moyga ortofosfor kislotasi bilan ishlov berish, ishqoriy 
neytrallash, soapstokni ajratish, filtlash shunisi bilan farq qiladi, gidratlashda moy 
60 
0
С gacha qizdiriladi, ortofosfor kislotasi 1 t moyga 0,8 kg miqdorida ishlatiladi, 
neytrallangan moydagi soapstok ajratilishidan oldin esa unga 4% li FL45C 
polikationit eritmasi qo’shiladi. Bunda eritmani sarfi 1 moyga 50 g bo’lib, atmosfera 
bosimida 15-20 minut davomida aralashtiriladi. 
Tadqiqot ishi[19]da kislotaliligi turli xil bo’lgan moylarni rafinatsiyalashda 
neytrallash bosqichining matematik modelini parametrlari aniqlangan. Neytrallash 
samaradorligiga ishqor eritmasi konsentrasiyasining ta’siri, neytrallangan moydagi 


68 
natriy tuzlari miqdori va soapstokning texnologik xarakteristikalari tadqiq qilingan. 
Gidrotrop qo’shimchalarni yog’larni ishqoriy rafinatsiyalash samaradorligiga ta’siri 
o’rganilgan va optimal miqdori aniqlangan. Rafinatsiyalash jarayoninii 
optimallashtirish uchun hisoblashlarda qo’llash mumkin bo’lgan moyni yuvishning 
tipik sxemasi ishlab chiqilgan. 
O’simlik moylarini rafinatsiya qilishni jadallashtiruvchi, rafinatsiyalangan 
moyni sifatini yaxshilovchi turli usullar ustida ko’plab izlanishlar olib borilgan. 
Jumladan, aralashtirish jarayonida elektromagnit maydonini ta’sir ettirish va doimiy 
elektromagnit maydonida fazalarni (soapstok va moy) ajratishdan oldin ishqor bilan 
ishlov berish mualliflar fikriga ko’ra maqsadli mahsulot chiqishi va sifatini 
oshishiga olib keladi [99]. 
Ilmiy tadqiqot ishi [100] da moydan fosfolipidlar, pigmentlar, erkin yog’ 
kislotalarini oson yo’qotish va tayyor mahsulotlarni keyingi bosqich tozalash 
jarayoniga tayyorlash uchun membranalar qo’llanildi. Sirt aktiv moddalar 
ishtirokida teshiklari diametri 0,05 va 0,01 mkm bo’lgan membranalarda missellani 
(25-30% moy, 70-75% geksan) dastlabki tozalash earayoni o’tkazildi. Bunda, 
tegishli ravishda 93,30% va 96,09 % fosfolipidlar yo’qotildi. 
Yuqori kritik gazlar bilan ishlov berish orqali o’simlik moylari va yog’larni 
rafinatsiyalash usuli ishlab chiqilgan. Bunda yog’ yoki moydan trigliserid, erkin 
yog’ kislotalari, ta’m va hid beruvchi moddalar ajratib olinadi, gazli muhitda esa 
shilimshiq moddalar va iflosliklar qoladi. Mualliflar, qurilmada 130 
0
C harorat va 
150 bar bosimda kelayotgan propan oqimida xom raps moyini qayta ishlashgan. 
Berilgan moydan 80,6% moy erkin yog’ kislotalari, hid va ta’m beruvchi moddalar 
bilan birgalikda ekstraksiyalangan. So’ng moy fraksiyalarga ajratilgan. Ekstraktni 
yuqori kritik gaz fazasidan separatlash 7,4 bar bosim va 40 
0
C haroratda amalga 
oshirilgan. Ajratilgan moy rangi jigarrangda tillarang-sariq rangga o’zgargan. Gaz 
fazada tarkibida neytral moy, shilimshiq moddalar va iflosliklar bo’lgan 19,4% 
modda qolgan. Ushbu usul barcha turdosh moylarni hamda texnik o’simlik 
moylarini qayta ishlash uchun samaralidir. Yuqori kritik gaz sifatida inson sog’ligi 
uchun xavfsiz bo’lgan CO
2
, C
2
H
6
, C
3
H
8
kabi gazlar qo’llaniladi [101]. 


69 
O’simlik moylari va yog’larni ishqor eritmasi bilan aralashtirish, kislotali 
eritma qo’shish, erimaydigan moddalarni ajratish va kerak bo’lganda bug’ bilan 
haydashga asoslangan yangi rafinatsiya usuli ishlab chiqilgan. Ushbu usulga ko’ra, 
aralashtirgan holda 35 
0
C haroratda kislota soni 1,08 mg KOH bo’lgan 1 kg maxsar 
moyini 0,025% miqdorida 85% fosfor kislotasi qo’shiladi. 250 ayl/min tezlikda 2 
soat davomida aralashtiriladi. So’ng kerakli miqdorda NaOH qo’shib yana 2 soat 
aralashtiriladi. 70 
0
C gacha qizdiriladi va erimaydigan cho’kma ajratiladi. 99,5% 
unum bilan kislota soni 1,12 mg KOH bo’lgan 995 g rafinatsiyalangan moy olinadi 
[102]. 
Gidrotop modda sifatida ishqordan foydalanib rafinatsiyalangan moyni 
yuvish jarayoni tadqiq qilingan. Moyni ishqorning suvli eritmasi bilan yuvishning 
afzalliklaridan biri rafinatsiyalangan moyni kislota sonini kamaytirishdir. 
Separatordan foydalanilgan holda moyni yuvishning birinchi bosqichida suvga 
uzluksiz ravishda ishqor dozalab beriladi. Bunda eritmaning konsentrasiyasi 0,05% 
dan oshmaydi. Neytral moyni sovun-ishqor muhitida yuvilganda yuvindi suv 
miqdorini qisqartirish va moyni yo’qolishini kamaytirish imkoniyati mavjud bo’ladi 
[103]. 
Arutyunyan N.S. va Nazaryan R.V. moyni kuchlanish 40000-24000 A
0
va 
aylanish chastotasi 8-50 1/s bo’lgan elektromagnit maydoni ta’siridagi zonada 
neytrallash usulini taklif etishgan. Kislota soni 2,85 mg KOH bo’lgan gidratlangan 
soya moyi 85 
0
C da bevosita aylanish chastotasi 8 1/s va kuchlanish 40000 a/m 
bo’lgan elektromagnit maydon ta’siridagi zonada ishqorning suvli eritmasi bilan 
neytrallangan. So’ng 3000 ayl/min tezlikda 5 minut davomida sentrifugalangan. 
Taklif etilayotgan texnologiya bo’yicha neytrallash jarayonini olib borish 
neytrallangan moyning chiqish unumini oshishiga olib kelgan [104].
So’ngi 
vaqtlarda 
moylarni 
rafinatsiyalashning 
resurstejamkor 
texnologiyalarini ishlab chiqishga katta e’tibor berilmoqda. Erkin yog’ kislotalarini 
natriy silikat bilan neytrallash usuli mavjud. Jarayonning past harorat(20 
0
C)da 
borishi, neytrallangan moyni yuvish va quritish jarayonlariga zaruriyatni yo’qligi 
ushbu neytrallash usulining afzalligi hisoblanadi. Bu texnologiyaning asosiy 


70 
xususiyati natriy silikat sarfining ko’pligi bo’lib, bunda uning ortiqcha miqdori 
30%dan kam emasdir. Neytrallovchi agent sarfini kamaytirish maqsadida unga 
elektromagnit ishlovi berish yo’li bilan neytrallash jarayonini jadallashtirish 
mumkinligi tadqiq qilingan[105]. Tadqiqot obyekti sifatida gidratlangan soya, 
kungaboqar va raps moylari qo’llanilgan. Neytrallovchi agent(natriy silikat)ga 0,6 
Tl induksiyali elektromagnit maydonida ishlov berish erkin yog’ kislotalarini 
neytrallash jarayonini sezilarli darajada jadallashtirishi aniqlangan. 

Download 3,92 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. O’simlik moylarini uzluksiz usulda rafinatsiyalash texnologik sxemasi

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish