Oqlovchi tuproqning adsorbsion tavsifi




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/105
Sana19.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#123471
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105
Bog'liq
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Oqlovchi tuproqning adsorbsion tavsifi. Uning tarkibi boshlang’ich 
bentonit tuprog’ining xossalari, kislotali aktivlash darajasi, tayyorlovchini mahorati 
va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Shularni hisobga olib va iste’molchilar talabiga 
qarab oqlovchi tuproqni tayyorlovchi firmalar umumiy foydalanishga, bir guruh 
yog’larga va ma’lum filtrlash uskunalariga mo’ljalangan bir necha xil adsorbentlarni 
taklif etishdi. 


94 
Yog’-moy korxonalarida Grace (AQSh) firmasining mahsuloti “Trisil – 300” 
adsorbenti tekshirib ko’rilganda samarali natija berdi. Olingan natijalar shuni 
ko’rsatdiki, bu adsorbent yuqori oqlash qobiliyatiga ega bo’lish bilan birga oqlangan 
yog’da metall kationlari, shuningdek og’ir metallar miqdori DST talabi darajasidan 
kam bo’ladi, sovun qoldiqlaridan to’liq tozalanadi va yog’ning oksidlanishga 
chidamliligi ortadi. 
Bu adsorbent yuqori sorbsion faollikni, ayniqsa, xlorofill guruhi 
pigmentlariga nisbatan namoyon qiladi. “Trisil – 300” yuqori drenaj xususiyatiga 
ega bo’lganligi uchun filtrlash jarayonining tezligini oshishini ta’minlaydi. Sorbent 
sarfi va moy sig’imini kamligi oqlovchi tuproq bilan yog’ni yo’qotishni kamaytiradi.
“Trisil – 300” adsorbentini tavsifi: hajmiy massasi 0,55 g/sm
3
, H
2
SO
4
ga 
nisbatan hisoblangan erkin kislotani massa ulushi 0,26%, suvli suspenziyaning rNi 
3,3; moy sig’imi 50...55 %. 
Gollandiyaning Engelhard korporasiyasi ko’p turdagi oqlovchi aktivlangan 
tuproqlarni “Filtrol” nomli seriyasida tavsiya etadi. Bu oqlovchi tuproqlarni 
ko’pchiligi ishqorli rafinatsiya qilingan, sifati har xil bo’lgan yog’larni adsorbsion 
tozalash, pigmentlarni, gidratlangan yog’lardagi fosfolipidlarni, fizik rafinatsiya 
yoki dezodorasiyaga yuborilayotgan yog’larni adsorbsiyalash uchun mo’ljallangan. 
Oqlash jarayonida qisman izomerlanish va tarkibida tutash qo’shbog’li yog’ 
kislotalari bo’lgan trigliseridlar hosil bo’lishi kuzatiladi. Bu sifatni pasayishiga va 
oqlangan yog’larni saqlash muddatini kamayishiga olib keladi. Yuqorida 
ko’rsatilganlar, hamda yog’ sig’imi yuqori bo’lganligi iloji boricha oqlovchi 
tuproqning sarfini kamaytirish zaruriyatini tug’diradi. Oqlash jarayonining 
davomiyligi 10...30 min dan oshmasligi lozim, aks holda yog’ oksidlanishi va 
yog’dan yer ta’mi kelib qoladi. 
Oqlash uchun gidratlangan, neytrallangan, yuvilgan va quritilgan yog’lar 
tavsiya etiladi. Oqlash jarayonida oksidlanishni kamaytirish maqsadida jarayon 
vakuum ostida olib boriladi. 


95 
Oxirgi yillarda MDHda va chet ellarda har xil konstruksiyaga ega bo’lgan, 
cho’kmani mexanik usulda tushiradigan germetik filtrlar o’rnatilgan va uzluksiz 
oqlash usullari yo’lga quyildi. 
Hamma usullar uchun oqlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: 
- adsorbentning yog’li suspenziyasini tayyorlash; 
- deaerasiya, oqlash jarayoni; 
- adsorbentni filtr yordamida ajratib olish; 
Oqlash jarayonida harorat 75-80
0
C, oqlash apparatidagi qoldiq bosim 4 kPa 
(30mm. sim. ust. atrofida) bo’ladi. 
Oxirgi vaqtda MDXda va chet ellarda yog’larni oqlashda turli qurilmalar (De-
Smet, Alfa-Laval, Speyshim, Okrim va x.k.) ishlatilmoqda. 
Adsorbsiyalash xususiyati va yutish tezligi adsorbentdagi kichik g’ovaklar 
saqlamiga bog’liq bo’ladi. Aktivlantirilgan ko’mirlar yuzasi mikro-, o’tuvchan-, va 
makroporalardan iborat bo’ladi. Ko’mirlardagi adsorbsiya asosan ta’sirlashish 
dispers kuchlari bilan aniqanadi. Zarrachalar o’lchami va tuzilishiga ko’ra 
aktivlantirilgan ko’mir gazlarga, rekuperasiyaga va yoritish uchun mo’ljallangan 
bo’lishi mumkin. Aktivlantirilgan ko’mirlarni qattiq yoqilg’i, yog’och terichilik 
sanoati chiqindilari va suyaklarni, kokos yong’og’i po’chog’i, shuningdek 
mevalarning danaklaridan olinadi [29]. 
Ishlab chiqarishda regulyar tuzilishga ega tuproqsimon adsorbentlar keng 
qo’llaniladi. Tuproqsimon minerallar asosiy uch guruhga ajratiladi [30]: murakkab 
minerallar – kengayuvchan to’rli, qatlamsimon – tasmali materiallar. Montmorillanit 
minerali bentonit va oqlovchi tuproqlardagi (gumbrin, askanit) asosiy mineraldir. 
Kremniytuproqli guruhga – diatolitlar, trepela, opokalar kiradi. 
Suyuq muhitda rang beruvchi moddalarni ajratish bilan kechadigan 
qo’shimchalarni ajratishda tuproqsimon materiallar ishlatiladi. «Oqlovchi tuproq» 
degan nomlanish shundan kelib chiqadi. Oqlovchi tuproqlar neftni qayta ishlash 
sanoatida surtma, transformator va shunga o’xshash moylarni tozalash, regenerasiya 
qilish va rafinatsiyalangan moylarni yoritishda ishlatiladi [31]. 
1970 – yillar oxirlarigacha ozuqa moylarini oqlovchi tuproq bilan rafinatsiya 


96 
qilishni asosiy maqsadi rang beruvchi moddalarni yo’qotish deb qaralar edi. Hozirgi 
vaqtda adsorbentlar bilan fosfatidlar, erkin yog’ kislotalari, pestisidlar, metallar 
oksidlari va oksidlanish hosilalarini chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. 
Aktivlantirilgan tuproqni o’simlik moylaridagi β-karotinni chiqarib 
yuborishga ta’siri o’rganilgan [32]. Tuproq montmorillanitdan olinib
konsentrlangan sulfat kislotasi bilan aktivlantirilgan. Aniqlanishicha, β-karotinni 
adsorbsiya qilish kimyoviy jarayon bo’lib adsorbent β-karotinga oksidlanish 
katalizatori sifatida ta’sir qiladi.
Ishlatilgan oqlovchi tuproqni regenerasiya qilishni turli xil usullari 
o’rganilgan: organik erituvchilar bilan yuvish [33]; 0,5 MPa bosimli kislorod bilan 
200
0
S da havo oqimida avtoklavda regenerasiya qilish va 170-270 
0
S haroratda suv 
bilan ishlov berish [34].
Hozirgi vaqtda adsorbsion rafinatsiya o’simlik moylarini chuqur tozalashda 
nafaqat yo’ldosh mahsulotlar bilan, balki atrof muhit ta’siridagi moddalardan, 
jumladan, pestisidlardan ham tozalashda qo’llanilmoqda. 
Yuqoridagi taxlil natijasi shuni ko’rsatadiki, o’simlik moylarini ana’naviy 
kimyoviy neytrallab tozalash jarayoninig samarasini oshirish bo’yicha tadqiqotlar 
davom etmoqda. Bu jarayonni turli fizik va fizik-kimyoviy ta’sirlar yordamida 
amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganishga yo’naltirilgan tadqiqotlar dolzarb 
bo’lib kelmoqda.
Ushbu o’rganilgan tadqiqot ishida [35] paxta moyini ishqor-karbamid 
muxitida aktivlangan ko’mir bilan adsorbsiyali tozalash texnologiyasi o’rganib 
chiqilgan. Bunda, paxta moyini sifatini oshirish va yo’qotishlarni kamaytirishning 
ilmiy-amaliy tavsiyasi bayon qilingan. Tavsiya qilingan texnologiya paxta moyini 
zaxarli moddalar (gossipol, pestisidlar, va og’ir metal tuzlari)dan juda yaxshi 
tozalashni va rafinatsiyalash texnologiyasi davomida, ya’ni neytrallangan moyni 
yuvish va quritish jarayonlarida yo’qotishlar miqdorini kamaytirishni o’z ichiga 
oladi. 
Oqlash jarayoniga faqat moylarni rangsizlantirish deb qarash juda to’g’ri 
hisoblanmaydi. Samarali adsorbsion oqlashda, moylardagi pigmentlardan tashqari 


97 
fosfolipidlar, ishqoriy rafinatsiya va yog’larni qisman gidrolizlanishi mahsulotlari 
(sovun, yog’ kislotalari), birlamchi oksidlanish mahsulotlari (xlorofillar, metall 
yuqlari, gidroperekis va ularni parchalanishi mahsulotlari), ikkilamchi oksidlanish 
mahsulotlari shuningdek mexanik aralashmalar miqdori kamayadi. Shunday qilib, 
adsorbsion texnologiya rafinatsiyadan keyin moylarda qolgan begona moddalar 
miqdorini ma’lum darajada kamaytira oladi, tayyor mahsulotni saqlash muddatiga, 
sifatiga va keyingi bosqichlarda boradigan rafinatsiya va gidrogenizasiya 
jarayonlariga ta’sir etish darajasi bo’yicha kompleks rafinatsiya bosqichlarining 
ichida eng katta patensialga ega. 
Moylarni oqlash mexanizmi begona aralashmalarni mahsus adsorbentlar 
yuzasiga adsorbsiyalanishiga so’ngra ularni filtrlash yo’li bilan ajratib olishga 
asoslangan. Bu yerda asosiy omil-qo’llaniladigan adsorbentdir. Yog’-moy sanoatida 
eng ko’p tarqalgani bentonitli tuproq (montmorillonitli yoki oqlovchi tuproqlar ) 
hisoblanadi. Ular kislota bilan aktivlashtirilgandan keyin fosfor tutuvchi moddalar, 
ishqoriy va og’ir metallar sovunlari va yog’larni oksidlanishi mahsulotlariga 
nisbatan yuqori adsorbsion xususiyatga ega bo’ladi. 
Hozirda mavjud bo’lgan adsorbentlarni shartli ravishda guruhlarga ajratish 
mumkin. 1-guruhga sifati va narhi ancha yuqori bo’lgan, utkazib beruvchilarning 
hizmat darajasi yuqori bo’lgan yuqori samarali import adsorbentlar (Amerika va 
Germaniyada ishlab chiqarilgan) kiradi. 2-guruh adsorbentlariga Rossiyada ishlab 
chiqarilgan oqlash kaeffisiyenti 1-guruhga nisbatan 1,5-2 marta kam, moy yutish 
sig’imi katta, adsorbentni sarfi va moyning yo’qotilishi ham katta bo’lgan 
adsorbentlar kiradi. Yog’-moy korxonalariga Tayvanda ishlab chiqarilgan past 
sifatli adsorbentlar keltirilgani qayd qilingan, biroq granulometrik tarkibining 
ko’rsatkichlari va oqlash xususiyatlari muhim emasligi sababli bu adsorbentlar 
sanoatda keng tarqalmadi. 
Ushbu ilmiy ish[36]da paxta moyini ochartirishdan keyingi o’zgarishlari 
tadqiqot qilingan. Paxta moyini tozalashda vakuum xolatida oqlovchi tuproqni 
qo’llab, paxta moyidan perikislarni tozalashni samarali ekanligi o’rganilgan. 
Ochartirish davomiyligini ortishi perekis soni va qurumlarni hosil bo’lish haroratini 


98 
tushiradi, paxta moyini sariq ranggini oshiradi, ko’k va pushti ranglar esa ko’proq 
uchinchi ochartirishdan keyin ko’rina boshlaydi. Paxta moyini ochartirish bo’yicha 
yaxshi natijalar oqlovchi tuproqdan foydalanib, ikki bosqichli ochartirishda olingan, 
bunda, birinchi va ikkinchi bosqich texnologik operasiyalarida 3 va 2 % miqdorda 
oqlovchi tuproq bilan ishlov berilgan.
Mualliflar tomonidan [37] paxta moyini adsorbsion tozalashgacha, ishqoriy 
rafinatsiyalashda moy tarkibidan pestisidlarni yo’qotib, ranggini yaxshilash bilan bir 
qatorda, uni ozuqa moyi kabi sifatini ko’tarishga erishish o’rganib chiqilgan. 
Ishlatilgan polifazali sorbentni UJF asosida paxta moyidan ekstraktlab olingan 
pestisidlar tarkibini analitik nazorat qilish uchun muvaffaqiyatli raviщda qo’llash 
mumkin bo’ladi. 
O’simlik moylarini rafinatsiyalash bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari bilan 
tanishish va ularni tahlil qilishdan ma’lum bo’lishicha russ, xorij va mahalliy tillarda 
yozilgan adabiyot manbalarida kungaboqar, soya va boshqa och rangli o’simlik 
moylarini ishqoriy va adsorbsiyali rafinatsiyalash bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari 
mavjud ekanligi bilan tanishdik. Respublikamizda paxta moyi va och rangli 
moylarni ishqoriy rafinatsiyalash usuli rasional usul hisoblanadi. Biroq yeryong’oq 
moyini Respublikamizda sanoat miqyosida katta miqyosda ishlab chiqarilmaganligi 
bois uni ishqoriy rafinatsiyalashning optimal texnologik ko’rsatkichlari yaxshi 
o’rganilmagan. 

Download 3,92 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish