Bog'liq YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik
8.5. Gidrogenlangan o’simlik moylari va hayvon yog’larini rafinatsiyalash. Ko’pchilik o’simlik moylaridan olinadigan salomaslarni rafinatsiyalash
odatda ayrim qiyinchiliklarni tug’dirmaydi. Lekin, gidrogenlangan kit yog’i, raps
moyi va ayrim boshqa yog’lar o’zlarini gidrogenlanmagan yog’larga nisbatan
boshqacha tutadilar.Masalan, xom kit yog’i emulsiya hosil qilmay oson
rafinatsiyalanadi. Gidrogenlangan yog’ aksincha sovun hosil bo’lish normal
strukturasidan chetlashib, yuqori emulsiyalash xossasiga ega bo’ladi. hattoki, ayrim
gidrogenlangan moylar shunday sovun strukturalarini beradilarki, ular dastlabki
moylarni rafinatsiyasida olinadigan sovunning strukturalaridan farklanadilar. Linol
va linolen kislotalari selektiv gidrogenlanganda oson izomerlanib, salomasda
20%gacha,ayrim hollarda 40-45%gacha izoolein kislotasini to’planishiga olib
keladi.
To’yinmagan yog’ kislotalarini to’yingan kislotalarga o’tishi sovun
plyonkalarini zich ( konsentrlangan ) holda hosil bo’lishiga va bir vaqtning o’zida
ularning qovushqoqligini oshishiga olib keladi. Izoolein kislotalarining bo’lishi
ikkinchi gidrofil guruhning saqlanishi hisobiga emulsiyalashni ta’minlaydi.
Kungaboqar moyi yoki kit yog’i va salomaslarni rafinatsiyalashdan hosil bo’ladigan
turli qovushqoqlik va suvlda erish xususiyatiga ega bo’ladilar.
Yog’larni gidrogenlash jarayonida karotin va karatinoidlarning
to’yinmagan bog’larini vodorod bilan to’yinishi natijasida ular rangining turlicha
109
o’zgarishi ro’y beradi, ya’ni qisman yoki to’liq rangi yo’qoladi. Xlorofill va uning
hosilalari sezilarli parchalanib ketadi.
Shunday qilib, salomasni rafinatsiyasida chuqur o’zgargan bo’yovchi
moddalarga duch kelamiz, shuning uchun ularni ajratish va salomasni yanada
rangini oqartirishda yuqori konsentrasiyali ishqor eritmasi ham, aktivlangan
oqlovchi tuproqlar bilan qayta ishlash ham samara bermaydi.