|
Toshkent Kimyo texnologiyaga inistuti shaxrisabiz filiali Oziq ovqat texnologiyasi mahsulot turlari bo’yicha yo’nalishi
|
bet | 3/6 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #254086 |
Bog'liq S-10 guruh talabasi Jalolova Ra’noning “O’ta o’tkazuvchanlik” mavzusida slaydiAgar qarshilik xuddi shunday chiziqli kamaya boshlasa harorat nolga yetganda uning qiymati manfiy bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Ushbu izlanishlarning natijalari tadqiqotchini metallar elektr qarshiligining haroratga bog`liqligini quyidagi uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin degan xulosaga olib keldi: harorat kamayishi bilan metallning elektr qarshiligi nolga intiladi (1(a)-rasm); qarshilik o‘zgarmas Ro qiymatga intiladi (1(b)-rasm); qarshilik kamayib ma`lum bir qiymatga erishgandan so‘ng cheksiz katta qiymatga intiladi (1(c)-rasm. Ushbu mulohazalarni amalda tekshirib ko‘rish uchun toza metallar platina va oltindan foydalanildi. Mazkur o‘tkazgichlar uchun haroratning kamayishi bilan ularning qarshiligini o‘zgarmas qiymatga intilishi va hatto juda kichik, ya`ni kuzatilishi qiyin, hattoki o‘lchab bo‘lmaydigan darajada kichrayishini tajribada kuzatganligi haqida Onnes qator ilmiy anjumanlarda ma`lumot berdi va ma`ruza qildi. Uning olgan natijalari o‘sha davrning jadal sur`atlar bilan rivojlanayotgan kvant nazariyasiga zid emas edi. A.Eynshteyn*) juda past haroratlarda atomlarning tebranish energiyasini eksponentsial kamayishini ifodalovchi qattiq jismlar modelini yaratdi. Onnesning fikricha juda sof moddalarning qarshiligi ularning kristall panjaralardagi atomlarning tebranishi orqali aniqlanishi kerak edi. Keyingi olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari bu fikrning haqiqatga yaqin ekanligini tasdiqladi. Onnes o‘z ilmiy mulohazalarini tasdiqlash maqsadida, o‘sha vaqtning toza**) metali hisoblangan simobdan ilmiy tadqiqot ob`ekti sifatida foydalandi. Simob moddasi elektr qarshiligining haroratga bog`lanishi o‘rganilayotganda, uning qarshiligi harorat 4,2 K ga yaqinlashgach to‘satdan keskin kamayishi kuzatildi. Qarshilik shunchalik kichik qiymatgacha kamaydiki, uni o‘lchash mumkin bo‘lmay qoldi. Onnesning fikricha juda sof moddalarning qarshiligi ularning kristall panjaralardagi atomlarning tebranishi orqali aniqlanishi kerak edi. Keyingi olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari bu fikrning haqiqatga yaqin ekanligini tasdiqladi. Onnes o‘z ilmiy mulohazalarini tasdiqlash maqsadida, o‘sha vaqtning toza**) metali hisoblangan simobdan ilmiy tadqiqot ob`ekti sifatida foydalandi. Simob moddasi elektr qarshiligining haroratga bog`lanishi o‘rganilayotganda, uning qarshiligi harorat 4,2 K ga yaqinlashgach to‘satdan keskin kamayishi kuzatildi. Qarshilik shunchalik kichik qiymatgacha kamaydiki, uni o‘lchash mumkin bo‘lmay qoldi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent Kimyo texnologiyaga inistuti shaxrisabiz filiali Oziq ovqat texnologiyasi mahsulot turlari bo’yicha yo’nalishi
|