|
Toshkent Kimyo texnologiyaga inistuti shaxrisabiz filiali Oziq ovqat texnologiyasi mahsulot turlari bo’yicha yo’nalishi
|
bet | 2/6 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #254086 |
Bog'liq S-10 guruh talabasi Jalolova Ra’noning “O’ta o’tkazuvchanlik” mavzusida slaydiMazkur hodisani tajribada kuzatish imkoniyati faqatgina 1908 yilda paydo bo‘ldi. Ya`ni, o‘ta o‘tkazuvchanlik hodisasining kashf etilishi inert geliy gazining suyultirilishi bilan chambarchas bog`liq, ushbu yutuqqa mashhur gollandiyalik fizik, Leydendagi past haroratlar fizikasi laboratoriyasining asoschisi va rahbari Gayk Kamerling Onnes 1908 yilda erishdi, ya`ni u havo tarkibida juda oz miqdorda bo‘lgan inert geliy gazini suyuq holatga aylantirishga erishdi, harorati 4,2 K) bo‘lgan suyuqlik olindi. Kamerling Onnes 1908-yilning oktyabr oyida, past haroratlar fizikasi sohasida olib borgan tadqiqotlari va erishgan yutuqlari haqida Parijda o‘tkazilgan past haroratlar fizikasi yo‘nalishidagi birinchi xalqaro kongressda ma`ruza qildi. Suyultirilgan geliyning olinishi, olimlar uchun, absolyut nolga yaqin bo‘lgan (110 K) haroratlarda ham ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uhun imkoniyat yaratdi. Ma`lumki, geliy gazining suyultiririlishi bu vodoroddan keyingi o‘rinda turuvchi inert gazning suyultirilishidir. Gazlarning suyulish haroratini aniq tasavvur etish maqsadida 2-jadvalda keltirilgan ma`lumotlarga e`tiborni qaratamiz. Unda moddalarning qaynash (Tqay) va erish (Terish) haroratlari keltirilgan. Ushbu jadvalda keltirilgan past haroratlarning olinishi, metallar elektr qarshiligining haroratga bog`lanishini ifodolovchi qonuniyatni tajribda aniqlash uchun juda qo‘l keldi. Ilk marotaba bunday tajribalarni amalga oshirish imkoniyatiga Kamerling Onnes ega bo‘ldi. Agar qarshilik xuddi shunday chiziqli kamaya boshlasa harorat nolga yetganda uning qiymati manfiy bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Ushbu izlanishlarning natijalari tadqiqotchini metallar elektr qarshiligining haroratga bog`liqligini quyidagi uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin degan xulosaga olib keldi: harorat kamayishi bilan metallning elektr qarshiligi nolga intiladi (1(a)-rasm); qarshilik o‘zgarmas Ro qiymatga intiladi (1(b)-rasm); qarshilik kamayib ma`lum bir qiymatga erishgandan so‘ng cheksiz katta qiymatga intiladi (1(c)-rasm. Ushbu mulohazalarni amalda tekshirib ko‘rish uchun toza metallar platina va oltindan foydalanildi. Mazkur o‘tkazgichlar uchun haroratning kamayishi bilan ularning qarshiligini o‘zgarmas qiymatga intilishi va hatto juda kichik, ya`ni kuzatilishi qiyin, hattoki o‘lchab bo‘lmaydigan darajada kichrayishini tajribada kuzatganligi haqida Onnes qator ilmiy anjumanlarda ma`lumot berdi va ma`ruza qildi. Uning olgan natijalari o‘sha davrning jadal sur`atlar bilan rivojlanayotgan kvant nazariyasiga zid emas edi. A.Eynshteyn*) juda past haroratlarda atomlarning tebranish energiyasini eksponentsial kamayishini ifodalovchi qattiq jismlar modelini yaratdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent Kimyo texnologiyaga inistuti shaxrisabiz filiali Oziq ovqat texnologiyasi mahsulot turlari bo’yicha yo’nalishi
|