• (NH4)2 SO4·NH4Cl
  • O’g’itlar erish darajasiga




    Download 37,88 Kb.
    bet5/6
    Sana13.05.2024
    Hajmi37,88 Kb.
    #228715
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4 Mineral o’g’itlar va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati

    O’g’itlar erish darajasiga qarab, suvda eruvchi va tuproq kislotalarida eruvchi o’g’itlarga bo’linadi.barcha azotli va kaliyli o’g’itlar suvda eruvchi o’g’itlarga kiradi. O’simliklar ularni tez o’zlashtiradi. Ammo, ular tez tuproq suvlarida erib, yuvilib ketadi. Tuproq kislotalarida eruvchi o’g’itlarga ko’pchilik fosfatlar kiradi. Ular sekinlik bilan eriydigan holatlarga o’tadilar, biroq tuproqda uzoq muddat saqlanadilar.
    O’g’itlar solish nafaqat tuproqda o’simlik o’zlashtiradigan oziq moddalarni ko’paytiradi, balki uning fizik-kimyoviy va biologik xossalariga ham ta’sir etadi, tuproqning unumdorligini oshiradi. Solinadigan o’g’itning kislotali yoki ishqoriyligi tuproq muhitiga ta’sir etadi. Masalan, tuproqqa sistemali ravishda (NH4)2 SO4·NH4Cl kabi o’g’itlar solinsa, tuproq reaksiyasini kislotali qilib qo’yadi. Chunki, o’simlik kationlarni o’zlashtiradi. Natijada uning o’rniga vodorod ionlari ko’payadi (tuproq tarkibidagi suv hisobiga)va tuproqda erkin kislotalar (xlorid va sulfat kislotalari) to’planadi. Tuproqning pH i o’zgaradi. Aksincha natriy nitrat kabi o’g’itlar solinsa, tuproqda OH ionlari to’planadi. Tuproq reaksiyasi ishqorli bo’lib qoladi.
    Shuning uchun ham faqat kimyoviy jihatdangina tavsif berish yetarli emas. Ular fiziologik xossalari bilan ham ya’ni kation va anionlar bir xil darajada foydalanmasliklari bilan ham faqr qilishi kerak. Mana shu belgilarga qarab o’g’itlar fiziologik kislotali, fiziologik ishqoriy va fiziologik neytral o’g’itlarga bo’linadi. Keyingisi tuproq reaksiyasini o’zgartirmaydi.
    Mineral o’g’it saqlanganda bir-biriga yopishib toshga aylanib qolmasligi kerak, namni o’ziga tortib olmasligi kam gidroskopik bo’lishi, tuproqqa solinganda sochilib ketish xossasiga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun ham qattiq o’g’itlar uch xilda: kukunsimon (zarrachalarning kattaligi 1 mmdan kichik), kristall (kristallarning kattaligi 1 mm dan katta), donador – sharcha shaklida (sharchalarning kattaligi 1 mm dan katta) ishlab chiqiladi.
    Keyingi yillarda o’g’itlarning tarkibidagi o’simlik o’zlashtiradigan oziqa elementlari tuproqda erib o’tish tezligini to’g’rilash, yani uzoq vaqt mobaynida oziqa elementlarini bir meyorda tuproqda o’tib turishini ta’minlash hamda uni ta’sir samarasini oshirish muammosiga katta e’tibor berilmoqda. Masalan, 1985 yildan boshlab, Rossiyada yangi tur konsentrlangan o’g’it Rost-1 ishlab chiqarilmoqda. Uning tarkibi azot, fosfor, kaliy, magniy (1:1:1:0,1) nisbatda makro- va bor, rux, molibden, mis mikroelementlaridan iboratdir.



    Download 37,88 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 37,88 Kb.