|
Azot-fosforli o’g’itlarining ishlab chiqarilishi
|
bet | 4/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 37,88 Kb. | | #228715 |
Bog'liq 4 Mineral o’g’itlar va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati Azot-fosforli o’g’itlarining ishlab chiqarilishi
Fosforli mineral o’g’itlar – bu fosfat kislota tuzlarini turli miqdorda saqlagan o’g’itlardir. Kaliyli va azotli o’g’itlardan farqli tomoni shundaki, turlicha eruvchanlik xususiyatiga ega bu tuzlarning tabiatiga bog’liq. Eruvchanligiga qarab fosforli o’g’itlar quyidagi turlarga bo’linadi:
Suvda eruvchan;
Organik erituvchilarda eriydigan;
Erimaydigan yoki kuchli mineral kislotalardagina eriydigan;
Fosforli o’g’itlar tarkibida elementlarni saqlashiga qarab,
Konsentrlangan (30% dan ko’p P2O5);
Konsentrlanmagan (30% dan kam P2O5);
Quyidagi jadvalda fosforli o’g’itlarning xarakteristikalari berilgan:
Navoiazot AJda 2009- yilda AFO` (azot-fosforli o`g`it) ishlab chiqarish texnologiyasi tajriba qilib ko`rildi.Tajriba yaxshi natija bergach yiliga 20 ming tonna AFO` ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. 2010-yildan boshlab 2-navbat boshminorada AFO` ishlab chiqarish boshlandi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 18 ming tonnaga teng bo’lgan 3-sex asosan ammiakli selitra va AFO` ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.
Zavodning 3-sexidagi AFO` ishlab chiqarish quyidagi bo`limlardan tashkil topgan:
Neytrallash va bug`latish bo`limi
AFO` donadorlash bo`limi Kombinatsiyalangan qo`shimcha tayyorlash qurilmasi AFO` qiya galereya AFO` tayyor mahsulotlar ombori va qadoqlash bo`limi
Temir yo`l ramasi Navoiazot AJda AFO` ishlab chiqarish asosan quyidagi jarayonlardan iborat:
Ammiak va nitrat kislotaning neytrallanishi
Eritmani bosqichli bug`latish
Qayta bug`latish Fosforliun aralashtirish Donalash Qadoqlash
Mineral o’g’tlarning ishlab chiqarishning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Mineral o’g’itlarning xalq -xo’jaligidagi ishlatilishi va ahamiyati
Yer yuzasining 10% ga yaqin qismiga qishloq xo’jalik ekinlari ekiladi. Ekin maydonlarini bundan kengaytirishning iloji yo’q. Ammo, o’sib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun hosildorlikni oshirish zarur. Bunga faqatgina ekin maydonlari hosildorligini oshirish bilan erishiladi. Hosildorlik esa mineral o’g’itlar yordamida oshiriladi. O’g’it - bu o’simliklar oziqlanishini yaxshilashga va tuproq unumdorligini oshirishga mo’ljallangan modda.
Mineral o’g’it deb, tarkibida o’simlikni rivojlanishi va tuproq unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan element saqlovchi, barqaror va yuqori hosil olish maqsadida foydalanadigan tuzlar va boshqa anorganik, sanoat va qazilma mahsulotlarga aytiladi.
O’simlik to’qimalarining hosil bo’lishi, uning o’sishi va rivojlanishida 70 dan ortiq kimyoviy element ishtirok etadi. Ulardan eng asosiylari kislorod, uglerod, vodorod bo’lib, o’simlik quruq massasining 90% ini tashkil etadi. 8-9% o’simlik massasini azot va fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, natriy, kalsiy tashkil etadi. Bu o’nta element makroelementlar deyiladi. Qolgan 1-2 %i bor, temir, mis, marganes, rux, molibden, kobaltdan iborat. Bular o’simliklarga juda kam miqdorda (0,001- 0,0001%) kerak bo’ladi. Shuning uchun ularni mikroelementlar deyiladi. O’simliklar bu elementlardan uglerod va vodorodning ko’p qismini havo va suvdan olsa, qolganlarini tuproqdan oladi. O’simlik olgan elementlarining ko’pgina qismi tuproqqa qaytmaydi, hosil bilan olib chiqib ketiladi. Masalan: 1 tonna makkajo’xori 14 kg azot, 2,5 kg fosfor, 3,5 kg kaliy, 1,5 kg oltingugurtni tuproqdan o’zi bilan birga olib ketadi. Bundan tashqari elementlarning ancha qismi suv bilan yuvilib ketadi va tuproq komponentlari bilan o’zaro ta’sirlashib o’simlik o’zlashtira olmaydigan holatga keladi. Natijada ekiladigan yerlarda o’simlik ozuqasi taqchilligi paydo bo’ladi, tuproq unumdorligi kamayib ketadi. Agar ana shu yo’qotilgan elementlar o’rni tuproqqa o’g’it solish bilan to’dirib turilmasa, hosildorlik keskin kamayib ketadi. Shuning uchun ham o’g’it ishlab chiqarishga katta e’tibor beriladi. O’g’it ishlatish orqali hosildorlikni 50-60% gacha oshirish mumkin. Sayyoramizda olinadigan oziq-ovqatning taxminan chorak qismi, paxtaning esa teng yarmi faqat o’g’itlar evaziga olinmoqda. O’g’itlar tarkibidagi oziqa elementlari, ayniqsa, azot, o’simliklarni fotosintez jarayonini amalgam oshiradigan modda- xlorofill tarkibida ham kiradi. O’simliklar uning yordamida anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlaydi.
Fosfor o’simliklarning nafas olishi va ko’payishida katta rol o’ynaydi. U o’simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan moddalar (fermentlar, vitaminlar va boshqalar) tarkibiga kiradi. Ayniqsa, u urug’larda uchrovchi murakkab oqsil-nukleoproteidlar tarkibiga kiradi. Nasliy belgilarni saqlovchi va nasldan-naslga o’tkazuvchi xromosomalar nukleoproteidlardan tashkil topgan bo’ladi. Fosfor donli ekinlarning don miqdorining ko’p bo’lishida asosiy rol o’ynaydi. U o’simliklarni sovuqqa, qurg’oqchilikka chidamliligini oshiradi va asosiy moddalarni ko’payishiga ijobiy ta’sir qiladi. Masalan, kartoshkada kraxmalni, qand lavlagisida saxarozani ortishiga olib keladi.
Kaliy o’simliklarda kechadigan hayotiy jarayonlarni tog’rilab turishda muhim rol o’ynaydi. U o’simlikda suv rejimini yaxshilaydi, uglevodlar hosil bo’lishi va moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Quruq o’simlik poyasi tarkibida 4-5% gacha, barglarni yonishidan qolgan kul tarkibida 30-60% gacha kaliy bo’ladi.
Mineral o’g’itlar asosan qishloq xo’jaligida, hosildorlikni oshirish maqsadida ekinzorlariga solish uchun ishlatiladi. O’g’it ishlatiladigan ikkinchi asosiy soha bu kimyo sanoatidir. Ayniqsa, natriy va kaliy tuzlari, masalan, xlor, kaliy xloridlar. Soda, xlorid kislota, potash, o’yuvchi kaliy ishlab chiqarish uchun xomashyodir. Na2SO4 esa shisha, natriy sulfide, ftorid, kaliy va natriy dixromat, natriy fosfat ishlab chiqarishda xomashyo hisoblanadi. Metallurgiya sanoatida o’g’itlar rudalarni boyitishda, metallarni suyuqlantirishda, elektroliz yo’li bilan metallar olishda, metal yuzasiga ishlov berishda, metal va qotishmalarni payvandlashda ishlatiladi. Ayniqsa, natriy sulfat shisha olishda asosiy xom ashyo hisoblanadi.
Mineral o’g’itlarning sinflarga bo’linishi: o’g’itlar kelib chiqishi, qo’llanilish sohalari, tarkibi, xossalari va olinish usullariga qarab sinflarga ajratiladi. Barcha o’g’itlar ikkiga: 1. bevosita (o’simlikni oziqlanishi uchun ishlatiladi);bilvosita (tuproqni kimyoviy melioratsiyasi,pH ni to’g’rilash uchun ishlatiladi) o’g’itlarga bo’linadi. O’g’itlar kelib chiqishiga qarab, mineral, organik, organo- mineral va bacterial o’g’itlarga bo’linadi. Mineral o’g’itlar asosan mineral tuzlardir (ammo unga organic modda karbamidni ham kiritadilar). Organik o’g’itlarga go’ng, torf, yashil o’simliklar, compost, najas va boshqalar kiradi. Bacterial o’g’itlar tarkibida tuproqda o’simlik o’zlashtira oladigan oziqa elementlarini to’plovchi mikroorganizmlar ushlaydi. Masalan, tuganak bakteriyalarni nitrogenaza fermenti atmosfera azotini birikma holga o’tkazib to’playdi yoki organik birikmalarni parchalovchi fosfobakteriyalar organik birikmalar tarkibidagi fosforni o’simlik o’zlashtira oladigan holatga keltiradi.
Mineral o’g’itlar tarkibga qarab fosforli, azotli, kaliyli, magniyli, borli va boshqa o’g’itlarga bo’linadi. Tarkibidagi oziqa elementining soniga qarab, ikkiga: oddiy yoki komponentli (tarkibida o’simlik o’zlashtiradigan bitta element ushlashdi) va kompleks (tarkibida ikkita va undan ortiq element ushlaydi) o’g’itlarga bo’linadi.
Kompleks o’g’itlar murakkab va aralsh o’g’itlarga bo’linadi. Murakkab o’g’itlar bitta kimyoviy birikma bo’lib, tarkibida kamida ikkita va undan ortiq o’simlik o’zlashtira oladigan element saqlaydi. Aralash o’g’it esa oddiy yoki murakkab o’g’itlarni bir-biriga mexanik aralashtirish yo’li bilan olinadi. O’g’itlar tarkibida 33% dan ortiq ta’sir etuvchi modda saqlasa konsentrlangan, 60% dan ortiq saqlasa yuqori konsentrlangan deyiladi.
Tarkibida mikroelementlar saqlovchi o’g’itlarni mikroo’gitlar deyilib, alohida guruhlarga ajratadilar. Mikroo’g’itlar o’simliklarning hosildorligini oshirish bilan birga ularni kasalliklarga chidamliligini ham oshiradi. Mikroo’g’itlar o’simlik organizmidagi biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi, fermentlar faolligini oshiradi. Oqsil va nuklein kislotalar sintezi, vitaminlar, qand moddalari va kraxmal sintezini ko’paytiradi. Mikroo’g’itlar har bir gektar yerga 1 kg gacha solinadi. Agregat holatiga qarab o’g’itlar qattiq, suyuq (masalan, ammiakning suvdagi eritmasi va suspenziyasi) va gazsimon (masalan, karbonat angidrid) o’g’itlarga bo’linadi.
|
| |